6.3. Generator qurilmalarini ta’mirlash
6.2-rasmda BOSCH firmasining kompakt generatorining kons-
truktiv sxemasi keltirilgan. Bunday generatorni qismlarga ajratish
amallarining ketma-ketligi boshqa turdagi generatorlar uchun
istiqbolli bo‘lgan konstruktiv sxemasi bilan belgilanadi. Lekin
generator qurilmalarining konstruksiyasini rivojlantirishdagi
izchillik, shu tartibni an’anaviy tuzilishga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan
tok generatorlarini qismlarga ajratishda ham qo‘llash imkonini beradi.
128
Generatorni qismlarga ajratish ilgakni siqib chiqarish va
generatorning orqa qopqog‘i (
6
) ga mahkamlangan himoya g‘ilofi
(
8
) ni yechishdan boshlanadi. koy (
6
) generatora. So‘ngra
cho‘tkatut-qich (
7
) ni (integral kuchlanish rostlagichi bilan birga)
orqa qopqoqqa mahkamlovchi vinti bo‘shatilib, cho‘tkatutqich
o‘tkazilgan joyidan chiqarib olinadi va kuchlanish rostlagichining
«D» klemmasiga ulangan sim yechib olinadi.
Stator (
4
) ning faza chulg‘amini chiqish simlarini to‘g‘rilagich
bloki (
10
) ga ulovchi vintlar, xalaqit bostiruvchi kondensatorni
qopqoqqa mahkamlovchi vintlar yechib olinadi va kondensatorning
simi to‘g‘rilagich blokining «V» klemmasidan bo‘shatiladi (
10
),
faza (
4
) klemmalarini, xalaqitlarni yo‘qotish kondensator
qopqog‘ini qotirib turgan vintlar bo‘shatiladi va kondensator simi
to‘g‘rilagich blokining «V» klemmasidan ajratib olinadi.
To‘rtta tortuvchi vintlar (
5
) burab olinib, rotor bilan birgalik-
dagi qopqoq (
2
) dan stator bilan birga orqa qopqoq bo‘shatiladi.
Stator orqa qopqoqdan ajratiladi, bunda chiqarib olish moslamasi
yordamida kontakt halqalari tomondagi plastmassali stakanchaga
o‘rnatilgan podshi pnik ham yechib olinadi.
Rotorni oldingi qopqoq bilan birgalikda iskanjaga mahkamlab,
shkiv (
1
) qotirilgan gayka burab olinadi. Shkiv va tirgakli shayba
rotor qopqoqdan chiqarib olinadi.
Generatorning qismlarga ajratilgan yig‘ma birikmalari, stator
va rotor yuvilib quritilgandan keyin testerning ommetr rejimida
diagnostika qilinadi. Uyg‘otish chulg‘amining qarshiligi 2...8
Ω
chegarasida bo‘lishi kerak. Uzilish topilsa, uning joyi aniqlanadi va
bartaraf etiladi. Aksariyat hollarda uzilish uyg‘otish chulg‘amining
uchlari kontakt halqalariga qalaylangan joyda sodir bo‘ladi.
To‘g‘rilagich bloki, integral kuchlanish rostlagichi va stator-
ning faza chulg‘amlari ham testerning ommetr rejimida tekshiriladi.
O‘lchovlar statorning faza chulg‘amlari qarshiligining qiymati har
xilligini ko‘rsatsa, bu o‘ramlararo qisqa tutashuv borligini anglatadi.
Qismlarga ajratilgan mahkamlovchi detallar tegishli idishlarga
joylashtiriladi va yuvish mashinasiga jo‘natiladi. Yuvilgan va
quritilgandan keyin ular saralanadi va shikastlanmaganlari yig‘ish
ishlarida ishlatiladi.
6.3-rasmda generatorning rotorida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan nuqsonlarning joylashish sxemasi keltirilgan. Generator
qurilmasi rotorini ta’mirlashda 5 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lgan
texnologiya qo‘llaniladi:
129
1. Rezbani tiklash va kontakt halqalarini yo‘nish;
2. Rezba ochish, stanokdagi amallar va kontakt halqalarini
yo‘nish;
3. Kontakt halqalarini almashtirish, stanokdagi amallar, rezba
ochish va kontakt halqalarini yo‘nish;
4. Uyg‘otish chulg‘amini almashtirish va yuqorida keltirilgan
3 ta yo‘nalishdagi amallarni bajarish;
5. Detallarni yaroqli va yaroqsizlarga ajratish.
Statordagi nuqsonlarning 70% ga yaqini chulg‘amlarga to‘g‘ri
kelganligi sababli, ularni qayta ishlatish mumkin va ta’mirlash
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Statorlarni isitkich pechlarida
500—600°C haroratda qizdirib, simlarining izolatsiyasi kuydiriladi.
Sovigandan keyin chulg‘am simlari yechib olinadi, tishcha va
ariqchalarning o‘lchamlarini tiklash maqsadida statorlar pressda
kalibrovka qilinadi. So‘ngra ariqchalar izolatsiya qilinadi, faza
chulg‘amlari o‘raladi va shimdiriladi hamda quritiladi. Elektr
ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari tekshirilgan stator yig‘ish uchastkasiga
yuboriladi.
Generatorning qopqoqlari rezba, podshi pnik o‘tkaziladigan
joy va generatorni dvigatelga qotiradigan bolt teshiklarining yeyilishi
kabi nuqsonlarga ko‘ra saralangandan keyin quyidagi tarzda tiklanadi.
6.2-rasm.
BOSCH firmasining kompakt generatori:
1
—shkiv;
2, 6
—oldingi va ketingi qopqoqlar;
3
—ventilatorlar;
4
—stator
yig‘masi;
5
—tortuvchi vintlar;
7
—cho‘tkatutqich-kuchlanish rostlagichi
birlashtirilgan tugun;
8
—himoya qobig‘i;
9
—kontakt halqalar;
10
—to‘g‘rilagich bloki;
11
—mahkamlash qulog‘i;
12
—podshi pnikni
qopqoqqa o‘tkazadigan plastmassa stakan;
13
—rotor yig‘masi.
1
2
3
4
5
3
6
7
8
9
10
11
12
13
130
Rezbadagi nuqsonlar rezbani qayta ochish yo‘li bilan bartaraf
etiladi, yuritma va kontakt halqalari tomonidagi teshiklar
ta’mirlangan vtulka yoki podshi pnik o‘lchamlari bo‘yicha
ishlov beriladi. Ba’zida yeyilgan teshiklarning o‘lchami galvanik
usul bilan tiklanadi. Qopqoq oltingugurtli rux va bor kislotasi
asosidagi ma’lum konsentratsiyali elektrolitga tushiriladi.
Qopqoqqa musbat (+), elektrodga manfiy (—) potensial
uzatiladi. Tok kuchi 20—30 A bo‘lganda, 5—7 daqiqa davomida
qopqoqning yuza qatlami qalinlashadi. So‘ngra tiklangan
teshiklarga kerakli o‘lcham olinguncha, ishlov beriladi va
qopqoq yig‘ishga yuboriladi.
Tashqi ventilatorning bukilgan parraklari va saralangan
qopqoqlar gidropressda to‘g‘rilash yo‘li bilan tiklanadi. Ichki ven-
tilatorlarning bukilgan parraklari maxsus kalibrlar bo‘yicha to‘g‘-
rilanadi, bunda ularning rotorga payvandlanish sifati tekshirilishi
zarur.
Generator shkivlarining 80% ga yaqini stanokli va chilangarlik
amaliyotlarini qo‘llab tiklanadi va undan keyin albatta
muvozanatlanadi. Ko‘p jilg‘ali (poliklin) tasmalar bilan ishlatishga
mo‘ljallangan shkivlar shikastlangan yoki yeyilgan bo‘lsa,
ta’mirlanmaydi.
To‘g‘rilagich bloklari va integral kuchlanish rostlagichlarining
ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorga to‘g‘ri kelsa, yig‘ishga
yuboriladi, ishdan chiqqanlari esa yangisi bilan almashtiriladi.
6.3-rasm.
Generator qurilmasining rotorida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan nuqsonlarning joylashish sxemasi:
1
— valning yuritma tomonidagi rezbaning uzilishi, urilishi yoki yeyilishi;
2, 4
— val bo‘yinchasining yuritma va kontakt halqalari tomonlarining
yeyilishi;
3
— kontakt halqalarining yeyilishi;
5, 9
— valning kontakt halqalari
va yuritma tomonidagi ko‘ndalang yuzasi markaziy teshigining urilganligi;
6
— uyg‘otish chulg‘ami va kontakt halqalarini ulovchi simlarning uzilishi
yoki qalaylangan joyining ko‘chib qolishi;
7
— uyg‘otish chulg‘ami elektr
qarshiligining o‘zgarishi, chulg‘am izolatsiyasi yeyilib, chulg‘amning «massa»
bilan tutashib qolishi;
8
— shponka ariqchasining (mavjud bo‘lsa) yeyilishi.
9
1
2
8
7
6
3
4 5
131
Generator qurilmalarini yig‘ish, qismlarga ajratish tartibi
teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Yig‘ilgan generator maxsus
qurilmalarda sinab, ularning texnik tavsifnomalarining belgilangan
texnik shartlarga mos kelishi tekshiriladi va tamg‘alanadi.
Sinalgan generatorlar o‘raladi va tayyor mahsulotlar omboriga
jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |