9 – amaliy mashg’ulot: Paxta tolasidan namuna tanlab olish usullari
Darsning maqsadi:
talabalarga paxta tolasidan namuna olish tartibi va namunani
o’lchashga tayyorlash, namuna olish usullari haqida ko’nikma hosil qilish.
Nuqtadan olingan namuna
– toylanmagan tola yoki toyning ma’lum joyidan bir
paytda olingan paxta tolasi miqdori.
Birlashtirilgan namuna
– nuqtadan olingan namunalarning yig’indisi.
Sinash uchun namuna
– nuqtadan olingan va belgilangan usulga oid sinash o’tkazish
uchun tayyorlangan paxta tolasining miqdori.
Nuqtadan olingan va birlashtirilgan namunalarni tanlab olish.
Toylanmagan paxta tolasining nuqtasidan olinadigan namunalarni paxta zavodlarida
qo’l yoki namuna olgich bilan kondensor lotogidan tola qatlamining xar xil qalinlikdagi
joylaridan toylanguncha yoki tolani toylash jarayonida olinadi. Nuqtadan olingan
namunaning massasi 100…150 gr atrofida bo’ladi. Olingan paxta tolasining namunalari
namligi saqlanadigan qilib, qopqog’i zich berkitiladigan idishlarga solinadi.
Agar paxta tolasining namligini aniqlash mo’ljallanmagan bo’lsa, nuqtadan
olinadigan namunalar boshqa qopqoqsiz idishlarga xam solinsa bo’ladi.
Toylangan paxta tolasidan namuna olish.
Toyning markalangan qismini buzmagan
xolda qavariq tomonidagi ikki tasma oralig’idan o’rama mato kamida 20…25 sm uzunlikda
qirqiladi. Agar muayyan sharoitda mumkin bo’lsa, va ruxsat etilsa, namuna oson olinishi
uchun bir yoki bir nechta tasma yechiladi. Paxta tolasining yuqori qatlamidan 1…2 sm olib
tashlanadi. Qo’l yordamida yengil o’rilib, massasi 100 gr bo’lgan, kengligi 10…12 sm.li
qatlam ko’rinishida nuqtadan olinadigan namuna olinadi. Nuqtadan olingan namuna
orasiga zavod kodi (lozim bo’lsa), to’da va toyning tartib raqami ko’rsatilgan yorliq
qo’yiladi. Xar xil toylarning nuqtalaridan olingan namunalar qatorlatib, o’rov qog’ozga bir
qavat qilib qo’yiladi va xammasi bir o’ramga o’ralib, ustiga zavod kodi va to’da tartib
raqami yoziladi.
Namlikni aniqlash uchun nuqtadan olinadigan namunalar qopqog’i zich bekitiladigan
idishlarga solinadi.
Paxta zavodlarida nuqtadan olinadigan namunalarni toyning qavariq tarafining
chetidan (bo’rtgan joyidan) toylangandan so’ng olishga ruxsat etiladi. Bu xolda toyning
o’rami buzilmaydi.
– agar yetkazib berish shartining boshqa talablari aniqlanmagan bo’lsa, nuqtadan
olinadigan namunaning soni va toylar bo’yicha taxlab olish tartibi Uz RST 604 – 93 ga ko’ra
bajariladi;
– birlashtirilgan namunaning massasi 1 kg dan kam bo’lmasligi kerak. Namlikni
aniqlash uchun 200 gr.dan kam bo’lmasligi kerak. Toylangan paxta tolalarining namligini
aniqlashda kelishmovchilik kelib chiqsa, toylar to’liq ochilib ikkita birlashtirilgan namuna
olinadi.
Xar bir mo’ljallangan toylarning o’rtasidan: birinchi - yuqori qavati olingandan so’ng,
3…5 sm chuqurlikda toy massasining 30% dagi o’rtacha namlikni tavsiflaydigan, ikkinchisi
– 20 sm chuqurlikda toy massasining 70% dagi o’rtacha namlikni tavsiflaydigan
namunalar nuqtalardan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |