3. Paxta va tolani namlash
PDI 01-2007 raqamli paxtani dastlabki ishlash muvofiqlashtirilgan texnologiyasiga
ko’ra paxta tozalash korxonalarida tolaning sifatini yaxshilash uchun uzun tolali iaxtani
6,5-7,0% namlikgacha, o’rta tolali paxtani esa 7,0-8,0
%
namlikgacha quritish kerak.
Bunday sharoitlarda olinadigan tola namligi 4,5÷5,5
%
oralig’ida bo’ladi. O’zDSt
604:2001 standarti bilan toladagi eng kam namlikning nisbiy ulushi 5,0
%
va
me’yorlashtirilgan namlikning vazniy ulushi konditsion vaznni hisoblash uchun 8,5
%
qilib
belgilangan.
Paxta tozalash korxonalarida paxta va tolani namlash uchun, asosan, nostandart
qurilmalardan foydalanilayotganini hisobga olib, korxonalarda mavjud bo’lgan arrali va
valikli tola ajratish vositalaridan unumli foydalanish maqsadida paxta va tolani optimal
namlashni tanlash uchun tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
SHuning uchun POX 125-96 va PDQI 41-2002 tavsiyanomalarida ishlab chiqarish
jarayonida tolaning I-II navlarini 7,5% gacha va III, IV, V navlarini 8,5% gacha namlashni
ko’zda tutadi.
Paxtadan tola ajratishdan avval namlash usuli tola shtapel uzunligini oshirish va tola
chiqimini ko’paytirish imkonini beradi.
Namlash natijasida tolaning egiluvchanligi va mexanik ishlov berishga moyilligi
oshadi, bog’lash belbog’lariga ta’sir etuvchi kuch kamayadi, natijada ularning uzilish
ehtimoli kamayadi, tolaning sifat ko’rsatkichi yaxshilanadi, tolada bo’lgan statik
elektrlanish neytrallanadi. Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan meьyorlargacha namlash
tolani presslash jarayonini yengillashtiradi, hajmni zichligini va toylar vaznini oshiradi,
ularning o’lchamlarini kamaytiradi, bu esa o’rash va tashish harajatlarini tejashga, sotish
narxini oshirishga imkon beradi (dunyo bozorida fizik (netto) vazni bo’yicha aniqlanadi).
Paxtani namlash arrali tola ajratuvchi korxonalarda tola ajratishdan avval, tozalash
mashinalaridan keyin amalga oshiriladi.
Valikli tola ajratgichlarga berishdan avval paxta namlanmaydi.
Tola texnologik jarayon bo’yicha bir nechta nuqtalarda namlanadi. Namlash agenti
sifatida suv bug’i va purkalgai suv ishlatiladi. SHuningdek, bug’ va purkalgan suv bilan
aralash ishlov berishga ham ruxsat beriladi. Namlash ageptini texnologik oqimda berish
nuqtasi va ishlatiladigan uskunalarni taplash, asosan, ishlab chiqilgan tavsiyalarga binoan
amalga oshiriladi.
O’rta va yuqori darajadagi bakterial kasallik, zamburug’ bilan kasallangan paxta va
tola sun’iy usulda namlanmaydi.
Issiqlik bilan oqimda quritilib, namligi 8,5% dan kam bo’lgap paxta, shuningdek,
namligi 7,5
%
bo’lgan va quritilmay tozalangan paxta namlanadi. Ko’rsatilganlardap
yuqori namlikka ega bo’lgan paxta namlanmaydi. Paxtani namlash ishlari tolani ajratish
sifati va tola tozalash samaradorligini saqlab qolish imkoniyatlariga qarab amalga
oshirilishi kerak.
Tavsiya etiladigap paxta xom ashyosi namligining ortishi 7-jadvalda keltirilgan.
7- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |