Oʻzbek adabiyoti
Milodiy 7 asrgacha
Avesto
„Avesto“ — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining
qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi
sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan.
Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi
va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. „Avesto“da tilga olingan joy
nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani
aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
Moniylik
tavbanomasi
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, „Xuastuanift“ („Moniylik
tavbanomasi“) uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda
qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.
Oʻrxun-Enasoy obidalari
Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik
sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida
topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan
Shimoliy dengizlargacha,
Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi.
Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida
(Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.
8-13 asrlar
Ahmad Yassaviy
Qadimgi Yodgorliklar
Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona sheʼriyat
boshlovchisi. 11 asrning soʻngida Sayram qishlogʻida
Shayx
Ibrohim
oilasida tugʻilgan.
Shayx Arslonbobdan
taʼlim olgan.
Buxoroda
Yusuf Hamadoniyga
uchinchi xalfa boʻlgan,
shayxlikni Hamadoniyning toʻrtinchi xalfasi
Abduxoliq G`ijduvoniyga
topshirib, Yassiga
qaytgan. Oltmish uch
yoshida chillaxona qazdirib, „buyuk turk piri olamdan etakni silkkan“
(
Alisher Navoiy
).
Oʻgʻuznoma
„Oʻgʻuznoma“
dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida
ikkita kitobiy doston boʻlib,
„Dada qoʻrqut kitobi“
va
„Oʻgʻuznoma“dir
.
Mahmud Qoshgʻariy
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al–Qoshgʻariy
, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining
bilimdoni.
Qoshgʻarda
tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar
davlatining poytaxti
Bolasogʻunda yashagan.
„Devonu lugʻotit-turk“
asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos
solgan. „Devon“da tilga olingan
„Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki“
(„Turkiy tillarning nahv
qoidalari“) asari bizgacha etib kelmagan.
Yusuf Xos Hojib
(Bolasogʻuniy)
Ilk
turk dostonnavisi
Bolasog`unda
tugʻilgan,
qoraxoniylar
saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462
(m.1069-70)da yozib tugallangan
„Qutadg`u bilig“
(„Saodatga boshlovchi bilim“) asari
qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch
nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib,
1923 yili
Fitrat
tomonidan qoʻlga kiritilgan, u
O`R FA ShI
da saqlanadi. 6329 baytdan iborat,
masnaviy (yaʼni aruzning „mutaqoribi musammani mahzuf“)
vaznida yozilgan
Adib Ahmad Yugnakiy
Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy
, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot
namoyandasi.
Nosiriddin Rabgʻuziy
Yirik adib va dinshunos.
Xorazmning
Raboti Oʻgʻuz
qishlogʻida tugʻilgan,
u yerda qozilik
qilgan.
Moʻgʻul
istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar
„Kisasul-Rabgʻuziy“
muallifi.
Asar moʻgʻul hukmdori
Toʻqbugʻaning
topshirigʻi bilan hijriy 710 yilda (mil. 1310 yil)
yozilgan..
(XIV Asr-XIX Asrning Birinchi Yarmi)