Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
43
U sidq va safo bilan tavof qilar ekan, barcha shatrlarni bajo keltiradi. Do‘st (Alloh) uyida mehmon 
bo‘lib turar ekan, unga nima kerak bo‘lsa, mezbon xozir qildi. (Aslda) bu mehmonni o‘zi olib kelgan, 
boradigan uyigacha unga hamroh bo‘lib, yetkazib kelgan edi. Bir odamni saodatga bunchalik sarafroz 
etgan narsa fano va niyoz edi.
Kimki foniy bo‘lib, yolborsa, Tangri uni sirlarni kashf etuvchiga aylantiradi. Cho‘lni kezish boylik 
egalariga farog‘at bag‘ishlaydi, Fano ahllarining cho‘lni bosib o‘tishida boshqa bir (sirli) xol mavjud. 
Unisi nozu ne’matlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, undan ortiqrog‘iga bu rnuxtojlik bilan erishdi.
XXV
 
 
Ibrohim Adhamning Ka’baga namoz o‘qish bilan borgani va Robiyai Adviyaga esa Ka’baning 
o‘zi unga muhtoj bo‘lib kelgani
Qachonki Ibrohim Adham
77
o‘rinbosarlikdek yuqori mansabini tark etar ekan, Alloh fano tojini 
uning boshiga kiydirdi. Uning podshohligi va dabdabalarini fano yeli uchirib (Ka’baga olib boradigan) 
dashtni bosib o‘tish uchun qadam qo‘ydi. Masjidni qo‘yib o‘z xolicha namoz o‘qir, har qadamda ikki 
rak’at namozini o‘qishni qo‘ymasdi. Shu tarzda u o‘n to‘rt yil yo‘l yurdi. Uni madx etish uchun har bir 
tikan va giyohlar tilga kirdi.
Makkani tavof etish uchun u kirib kelar ekan, Baytul-haram (Ka’ba ziyoratgohi) o‘z o‘rnida yo‘q 
edi. «Bu ne xol, ey Xudo!» - deb fig‘on solar ekan, g‘oyibdan ovoz keldi: «Ey yo‘lovchilarning piri! Bir 
qariya ayol cho‘lni bosib o‘tar ekan, (Allohga bo‘lgan) shavqu muhabbat yuki og‘irligidan qaddi 
bukilibdi. Zaiflikdan u shunday kuchsizlanibdiki, (endi) Ka’ba o‘zi uni ziyorat qilishga ketdi!»
Bu voqea Adhamni hayron qoldirdi. U qarab turar ekan, Robia kelayotganini ko‘rdi. U dedi:
«Ey sayrgohing Arsh bo‘lgan zot! Ka’ba o‘zi seni tavof etish uchun yo‘lga chiqibdi! Qaraki (o‘z 
ishlaring bilan) sen dunyoga qanday ovoza solibsan!» Robia unga javob berib dedi:
-
Oshirib yuborma! Butun olamga ovoza solgan sen bo‘lasan! Dashtni bosib o‘tishuchun o‘n to‘rt 
yil yuribsan! Ibrohim dedi:
-
Ey pok qadam, sen farishtalardek, Osmonni ham kezib chiqishga qodirsen! Ammo ayt-chi, nima 
uchun men shuncha yo‘l yurib azob chekdim, azobni men chekdimu xazina senga tegdi?
Robia unga dedi:
-
Tushun! Bir necha yil cho‘lda barcha yo‘llarni bosib o‘tar ekansen, sening ishing namoz o‘qimoq 
bo‘ldi, xolos! Men esa Unga istagimni aytdim, ishva, noz qildim, yalinib-yolbordim! Namoz o‘qib, riyo 
qilib, erishgan xosiling shudir. Menga esa yalinib-yolborishim va o‘zligimdan kechganligim shu mevani 
berdi.
Ey Navoiy, noz ahliga boqma! (Alloh oldida) o‘zini muhtoj tutganlarga arzi niyoz qil! Ey soqiy, ko‘p 
noz qilma, qadahni olib kel! Boq - senga muhtojlar naqadar tashna! To‘latib ber, - uni har bir ulfat, 
xususan, ulardan eng zaifi - men ham ichaylik!

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish