137
3.Lingvistik tahlilga asoslangan mashina tarjimasi algoritmi.
Matnning morfologik, sintaktik, semantik tahlili. Tarjima qilinayotgan
tilda matn sintezi: matning semantik ko‗rinishi, sintaktik strukturalar
qurilmasi, morfologik sintez.
4.Avtomatik tarjimaning struktural tizimi. Mashina tarjimasining
lingvistik bilimlar bazasi strukturasi: lingvistik ma‘lumotlar bazasi va
lingvistik protsessor. Lingvistik ma‘lumotlar bazasi komponentlari.
Lingvistik protsessor strukturasi (tuzilishi).
5.Tarjima xotirasi. Misollarga asoslangan mashina tarjimasi tizimlari.
Tarjima xotirasi tizimi uchun matnlar korpusi (to‗plami)
qurilmasini
shakllantirish prinsiplari. Tizim strukturasi (tuzilishi) va ishlash algoritmi.
Tarjima xotirasining qo‗llanish sohalari. Mashina tarjimasi tizimlarida
tarjima xotirasining qo‗llanish sohalari .
6.Avtomatik tarjimaning boshqa bilim sohalari bilan bog‗liqligi.
Sun‘iy intellekt tadqiqida mashina tarjimasi va kompyuter lingvistikasi.
Mashina tarjimasining matematik lingvistika va psixolingvistika bilan
bog‗liqligi.
7.Avtomatik tarjimaning lingvistik muammolari. Morfologik va
semantik doiradagi muammolar. O‗zakdosh va o‗zakdosh bo‗lmagan
tillarning formal va mazmuniy nomutanosibligi. Muammolar yechimi
yo‗llari. Mashina tarjimasining semantik va pragmatik muammolari.
Polisemiya masalasini hal qilishda kontekst va ekstralingvistik faktlarni
hisobga olish. Avtomatik tarjima sifatini oshirishda va semantik tahlil
borasida qiyinchiliklarni hal etish yo‗llari.
Avtomatik
tarjima
―Kompyuter
lingvistikasi‖,
―Kvantitativ
lingvistika‖, ―Bilim injeneriyasi‖, tabiiy tilning avtomatik ishlab chiqilishi,
sun‘iy intellekt muammolari bilan bog‗liq. Bu sohalarning kompleks rivoji
sun‘iy intellekt taraqqiyoti haqida to‗liq tasavvur hosil qilishga yordam
beradi.
Avtomatik tarjima til o‗rgatishning zamonaviy yo‗nalishlari va
lingvistik tahlilni informatsion texnologiyalar
yordamida algoritmlash,
bilimlarni tatbiq qilish, bilimlar bazasi, lingvistik bilimlarni yaratish
prinsiplari bilan chuqurroq tanishishga imkon yaratadi.
Avtomatik tarjima Yevropada alohida fan sifatida o‗qitiladi.
Avtomatik tarjima bo‗yicha dastlabki g‗oyalar ingliz olimi Charlz
Bebbidj tomonidan 1836-1848 yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha,
mexanik-elektron mashinalar kodlashtirilgan avtomatik tarjimani amalga
oshirishi mumkin bo‗ladi. Uning loyihasi bo‗yicha 50mingta so‗z xotira
kuchiga ega bo‗lgan elektron mashinalar 100000 ta so‗zni
avtomatik
138
ravishda tarjima qilishi zarur bo‗ladi.
1
Bebbidj g‗oyalari 100 yildan keyin
amalga oshdi.
1949-yilda Ch.Bebbidjing g‗oyalaridan ta‘sirlangan amerikalik olim
Uorren Uiver mashina tarjimasi tizimini yaratishning nazariy asoslarini
ishlab chiqdi hamda lingvistika, deshifrovka, programmalashtirish
nazariyasi bo‗yicha mutaxassislarni hamkorlikka chorladi.
2
Shundan so‗ng AQSHda MT bo‗yicha laboratoriyalar, hamkorlik
loyihalari yaratildi. Mashina tarjimasi bo‗yicha
birinchi xalqaro
konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya institutida o‗tkazildi.
1954-yilda AQShdagi Jorjtaun universitetida dunyoda birinchi marta
avtomatik tarjima amalga oshirildi. U GAT tizimi (inglizcha
«Georgetown
Automatic Translation»
birikmasining qisqartmasi) deb ataldi. Bu
tajribalar IBM-701 kompyuterida o‗tkazildi. Bu tajribaning bazasi
algoritmlardan iborat bo‗lib, 50 000 ta so‗z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz
tiliga tarjima qildi.
3
XX asrning 70-yillarida LIFER (Language Interface Facility wich
Elipsis and Recursion) ingliz tilidagi dastlabki ma‘lumotlar bazasi
yaratildi. Undan keyin kompyuter bozorida qayta ishlangan tabiiy tilga
asoslanuvchi tizimlar yuzaga keldi. XX asrning 80-yillarida AQShda
tabiiy til interfeysiga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish va sotish bilan
shug‗ullanuvchi bir qator kompaniyalar shakllandi. 1985-yilda
«Semantek» korporatsiyasi, «Karnegi Gruppa» paketlari yaratildi.
Avtomatik tarjima tizimini yaratish bo‗yicha faol ish olib borildi.
Yevropada kompyuter tarjima tizimini
yaratish Европейский
информационный сеть (EURONET DIANA)ning yuzaga kelishi bilan
me‘yoriy tarzda amalga oshirila boshladi.
Hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan jahon tillari uchun avtomatik
tarjima dasturlari ishlab chiqilgan. Jumladan, ruschadan inglizchaga,
inglizchadan ruschaga, ruschdan fransuzchaga yoki aksincha tarzdagi
dasturlar yaratilgan.
Bugungi kunda avtomatik tarjimaning quyidagi sistemalari mavjud:
SYSTRAN avtomatik tarjima sistemasi– AQSH harbiy havo kuchlari
buyurtmasi bo‗yicha D.Tom rahbarligida ishlab chiqilgan. 1974–
1975 yillarda bu tizimdan NASA aerokosmik assotsiatsiyasi tomonidan
1
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. – T., 2007. -B.52.
2
Баранов А.Н.
Введение в прикладную лингвистику. - М.: Эдиториал УРСС, 2001.-С.89.
Qarang:
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007.
Rahimov A.
Kompyuter
lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
3
Убин И.И.
Современные средства автоматизации перевода: надежды,
разочарования и
реальность // Перевод в современном мире. - М.: ВЦП, 2001. -С.60-69.
139
Apollo – Soyuz loyihasi hujjatlarini tarjima qilishda foydalanildi. Mazkur
tizim yordamida bir yilda 2,5 mln sahifa matn ingliz tilidan nemis, fransuz,
ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz tilidan ingliz, ispan, italyan
tillariga tarjima qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: