Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Shaxsiy ideografik tezaurus
– katta strukturasi tilning leksik tarkibiga 
bog‗langanligiga muvofiq ravishda shakllantirilgan ideografik turlarning 
alohida ko‗rinishidir. Ideografik lug‗atning boshqa turlaridan farqli 
ravishda, shaxsiy ideografik tezaurus ilmiy taksonomiya asosida yaratilgan 
mantiqiy va qat‘iy ravishda tartibli darajalanish tuzilmasi bilan 
ifodalanadi.
Tematik tezaurus
– ideografik tezaurusning alohida ko‗rinishi bo‗lib, 
makrostrukturaning asosiy birligi, leksemalarning denotatlari darajalanishi 
asosida birlashtirilgan va ma‘lum mavzuga mos ravishdagi nuqtayi 
nazardan kelib chiqib muhokama qilinuvchi leksemalarni o‗z ichiga 
oladigan majmuadir.
Tematik tezaurusda sinoptik kartaning mavjudligi ixtiyoriydir. 
Tematik lug‗atlar, odatda, boshqa tilda gapiruvchi foydalanuvchilar 
ehtiyojini qondirish maqsadida yaratiladi, shuning uchun bunday 
lug‗atlardagi mavzular ro‗yxati ularning foydalanuvchi muloqot 
kengligidagi qiymati darajasiga qarab belgilanadi.
Sistematik tezaurus 
– bu ideografik tezaurusning alohida ko‗rinishi 
bo‗lib, uning sinfiy tuzilmasi tilning leksik birliklari o‗rtasida mavjud 
bo‗lgan haqiqiy semantik munosabatlarni ifodalashga mo‗ljallangan. 
Darajalash tuzilmasi o‗z mohiyatiga ko‗ra vokabulyarning leksik-
grammatik darajalanishini ifodalaydi, boshqacha qilib aytganda, uning 
bo‗ysunish nuqtayi nazaridan tasvirlangan paradigmatik tuzilmasini aks 
ettiradi. 
Tematik-sistematik tezaurus

ideografik lug‗atning sistematik va 
tematik lug‗atlar birikishini ifodalaydigan alohida ko‗rinishidir. 
Analogik (o‗xshatishga asoslangan) tezaurus, o‗z navbatida ikki turga 
bo‗linadi. 
1.Shaxsiy analogik tezaurus; 
2. Sinonimlar / antonimlar lug‗ati. 
Leksik-semantik guruhlarning cheklanishi berilgan so‗zning butun 
ma‘noviy hajmi yoki uning ayrim qiymatlari bo‗yicha amalga oshirilishi 
mumkin. Bir ma‘noda kesishuvchi va bir turdagi ma‘noviy munosabatda 
bo‗lgan so‗zlar, hajm jihatidan leksik-semantik guruhlardan doimiy 
ravishda kichikroq bo‗luvchi sinonimik qatorlarni tashkil etadi. 
Shunday 
qilib, 
so‗zlarning 
faqatgina 
sinonimik/antonimik 
munosabatlarini aks ettiruvchi lug‗atni analogik tezaurus (sinonimlar, 
antonimlar lug‗ati)ning alohida turi, deb hisoblash mumkin. Y.N.Karaulov 
fikriga asoslanib, assotsiativ tezaurusni ham kichik turlarga bo‗lish 
mumkin: 


116 
1. Bir ko‗rinishli assotsiativ tezaurus.
2. Shaxsiy assotsiativ tezaurus (Y.N. Karaulov termini). 
Assotsiativ tezauruslarning oddiy assotsiativ lug‗atlardan prinsipial 
farqi quyidagilardan iborat: 
a) assotsiativ lug‗atlarda rag‗batlantiruvchi omillar soni 100 - 200; 
assotsiativ tezauruslarda esa – 1000ga yaqin. 
b) oddiy assotsiativ lug‗at rag‗batlantiruvchi omillarni bir marotaba 
taqdim qilish asosida quriladi; assotsiativ tezaurusni tuzish dasturi 3 
bosqichni ko‗zda tutadi: birinchi bosqich an'anaviy assotsiativ 
tajribalardan farq qilmaydi (uning yakunida oddiy assotsiativ lug‗at hosil 
bo‗ladi); ikkinchi bosqichda rag‗batlantiruvchi omil sifatida birinchi 
bosqich jarayonlari asos bo‗ladi; uchinchi bosqich esa ikkinchi bosqich 
jarayonlaridan foydalangan holda ikkinchi bosqichni qayta takrorlash 
orqali amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichdan so‗ng assotsiativ semantik 
kenglik berkitiladi, chunki jarayonlarda yangi so‗zlar va mazmunlarning 
paydo bo‗lishi kuzatilmaydi.
Assotsiativ tezaurus shaxs (sotsium)ning tilga oid hayotini 
boshqaruvchi nisbatan yopiq leksik-semantik va grammatik kenglikdir.
So‗zlik hajmi nuqtayi nazaridan qaraganda barcha mavjud tezauruslar 
kichik lug‗atlar sirasiga kiradi, vaholanki, u yoki bu ma‘lumotnomaga 
kiritilgan leksik birliklar soni turlicha (150 ming – 800 ming atrofida). 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tematik, tematik-sistematik lug‗atlar, 
sinonimlar, antonimlar lug‗ati va assotsiativ tezauruslar, asosan, kichik 
hajmda chop etiladi.
O‗ziga xosligiga nisbatan qaraganda tezauruslar umumiy va maxsus 
tezauruslarga bo‗linadi. Umumiy tezauruslar umumadabiy til leksikasini 
ifodalaydi. Maxsus tezauruslar esa asosan, nutq uslublari leksikasini aks 
ettiradi: 
1. Adabiy til tezauruslari yozuvchi tili yoki alohida asar lug‗atlari, 
evfemizmlar lug‗ati va boshqalar bilan ifodalangan bo‗lishi mumkin. 
2. So‗zlashuv uslubi slenglar lug‗atida ifodalanadi. 
3. Hududiy tilning o‗ziga xosligi shevaga oid ideografik lug‗atlarda 
ifodalanadi. 
4. Ilmiy til esa ilmiy-texnik tezauruslar (atamalar)da ifodalanadi. 
Leksemalarni ishlab chiqish nuqtayi nazaridan qaraganda mavjud 
tezauruslar uchta asosiy darajaga bo‗linadi: 
1.Kumulyativ – ya‘ni leksemalar guruhini, ularning qiymatlarini 
ta‘riflamasdan turib ifodalaydi. 


117 
2.Definitiv – guruhdagi har bir leksik birlikning bir tildagi izohlarini 
o‗z ichiga oladi (K. Marello termini); 
3.Tarjimaga oid darajalanish – leksik birlikning mazmunini boshqa til 
yordamida ochib beradi. 
Hozircha kumulyativ tezauruslar ustunlikni saqlab turibdi. Bu, avvalo, 
ideografik tezauruslarga taalluqli, chunki lug‗atning bu turi tashuvchilar 
uchun mo‗ljallanganligi sababli tilning butun leksik ko‗rinishlarini o‗z 
ichiga olishi lozim, ammo har bir leksik birlikni ta‘riflash uni 
foydalanuvchi uchun noqulay qilib qo‗yar edi. Yangi avlod lug‗atlari 
ko‗pincha ta‘riflarni o‗z ichiga oladi va definitiv tezauruslar guruhini 
to‗ldiradi (asosan, analogik – o‗xshash tezauruslar).
Grammatik-stilistik malakaga, shuningdek, leksemalar faoliyatining 
namoyishiga nisbatan mavjud tezauruslarni to‗liq va tabaqalashtirilgan 
(differensiatsiyalangan) tezauruslarga ajratish mumkin. 
To‗liq tezauruslar mukammal qo‗shimcha semantik-funksional 
tabiatga ega va suratlar bilan bezatilgan materiallarni o‗z ichiga oladi; 
differensiatsiyalangan tezaurusda belgilar tizimi va tasviriy misollar 
nisbatan kamroqdir. 
Taqdim qilingan tillar soniga qarab tezauruslar bir va ikki tilli 
tezauruslarga bo‗linadi.
Leksemalarni semantizatsiyalash uchun ishlatiladigan semiotik turdagi 
vositalar nuqtayi nazaridan qaraganda, bosma nashrdan chiqarilgan 
an‘anaviy tezauruslar, illyustrativ (rasmli) lug‗atlar va aralash semiotik 
vositali lug‗atlar to‗g‗risida gapirish mumkin. Dunyo leksikografiyasida 
kombinatsiyalangan lug‗at yangilikdir. Uning asosiy xususiyati – bu 
leksikani tashkil qilishning bir necha turlaridan foydalanilganidir. 
So‗zlikdagi leksemalarning alfavitli tartibi, odatda, lug‗atda keltirilgan 
leksik birliklar ularning ishlatilish sohasi yoki ular izohlaydigan 
tushunchalarga qarab tezaurus-indekslar bilan muvofiqlashtiriladi. Shu 
yo‗l 
bilan 
yaratilgan 
lug‗atlar 
sifatida 
izohli-ideografik 
(kombinatsiyalangan) 
lug‗atlarni, 
izohli-analogik 
(o‗xshash) 
(kombinatsiyalashtirilgan) lug‗atlarni va (potensial) izohli-assotsiativ 
lug‗atlarni ko‗rsatish mumkin. Bir vaqtning o‗zida izohli, analogik 
lug‗atlarni 
va 
bilvosita 
bog‗lanishlar 
lug‗atini 
o‗z 
ichida 
mujassamlantiruvchi elektron kombinatsiyalashtirilgan lug‗atlar soni ortib 
bormoqda. O‗z ichida ham lingvistik, ham ensiklopedik axborotlarni 
mujassamlantiruvchi bir va ikki tilli maxsus lug‗atlar ham ommalashib 
bormoqda; shu turdagi lug‗atlar, grafik ko‗rinishning umumiyligi 
jihatidan, ya‘ni alfavit bo‗yicha, shuningdek, tematik hosilalar bilan 


118 
ta‘minlangan leksikani sistemalashtiradi. Bundan tashqari, ilovalarning 
giperizohli sistemasi tufayli foydalanuvchi denotativ bog‗langan 
leksemalar, leksema-giponimlar (giperonimlar)dan foydalanishi mumkin. 
Bunday lug‗at-tezauruslarni shartli ravishda lingvistik-ensiklopedik 
kombinatsiyalashtirilgan lug‗atlar, deb atash mumkin. Bundan tashqari, 
lug‗atlarning texnik imkoniyatlari tufayli leksemalarning qo‗shimcha 
semantik-funksional 
doirasi 
kengaymoqda; 
bunga, 
masalan, 
ovozlashtirilgan lug‗atlar, leksemalarning audioko‗rinishlarini beruvchi 
lug‗aviy maqolalar misol bo‗la oladi. 
Tezaurus – so‗zlar va ularning matndagi qo‗llanishi keltirilgan 
maksimal darajada to‗liq lug‗at hisoblanar ekan, unda bilimlar qaysi 
sohada yaratilgan bo‗lsa, shu sohaga tegishli bo‗lgan so‗zlar mavzusiga 
ko‗ra joylashtiriladi va leksik birliklar o‗rtasidagi semantik munosabatlar 
ko‗rsatiladi. Axborot-qidiruv tezauruslarida matnning leksik birliklari 
deskriptorlar bilan almashtiriladi. 
Tezaurusning lug‗at tarkibidagi muhim vazifasi tezaurus – so‗zlar va 
so‗z birikmalari o‗rtasidagi turli bog‗lanishlar (munosabatlar) haqidagi 
axborotlarni saqlovchi ma‘lumotlar bazasi ekanligidadir. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish