Orol dengizi havzasining suv resurslari (o‘rtacha yillik oqim km
3
/yil)
1.4-jadval
Mamlakat
Daryo havzasi, km
3
Orol dengizi havzasi jami
Sirdaryo Amudaryo
km
3
%
Qozog‗iston
2,516
—
2,516
2,2
Qirg‗iziston
27,542
1,654
29,196
25,2
Tojikiston
1,005
58,732
59,737
51,5
Turkmaniston
—
1,405
1,405
1,2
O‗zbekiston
5,562
6,791
12,353
10,6
Afgoniston va Eron
—
10,814
10,814
9,3
Orol
dengizi
havzasi
bo‗yicha jami
36,625
79,396
116,021
100
Ikki daryo bo‗ylab joylashgan yirik va ko‗p sonli suv olish inshoatlari
muntazam ravishda oqim xajmini va Orol dengiziga uning quyilishini qisqartiradi.
Daryo oqimi kamaydi, kolgan suv resurslarining sifati esa drenaj tizimlariga
yuvilib chiqadigan va daryo suvi bilan qo‗shilib ketadigan agroximikatlar
qoldiqlari va sug‗oriladigan maaydonlardan chiqadigan sho‗rlangan va ifloslangan
suvlarning chiqishi oqibatida keskin yomonlashdi. Tuzlar va agroximik
qoldiqlardan iborat bo‗lgan qishloq xo‗jaligidan chiquvchi tarqalma (nuqtali
bo‗lmagan) ifloslantiruvchi moddalardan tashkari sanoat va kommunal-ro‗zg‗or
sohasidan chiqariladigan oqava suvlarning ta‘siri katta bo‗lmoqda. Daryo suvi
sifatida salbiy tendensiyalar kuzatilmokda. Suvning minerallashuv darajasi daryo
uzunligi bo‗ylab, ayniqsa daryoning o‗rta va quyi oqimlari xududlarida ortmokda.
XX-asrning 60 yillari so‗ngida suvning minerallashganligi hatto quyi oqimda
xududlarida ham 1,0 g/l dan ortmagan. Xozirgi vaktda suvning mineralashganligi
daryoning yuqori oqimi hududlarida 0,3-0,5 g/l bo‗lgani holda, daryoning quyi
oqimi xududlarida 1,7- 2,0 g/l gacha etmoqda. Suvning minerallashganlik darajasi
bo‗yicha eng yukori ko‗rsatkichlar yuqori oqim hududlarida mart va aprel oylarida
hamda quyi oqim hududlarida aprel oyining oxirida kuzatiladi. Bunda
sug‗oriladigan maydonlardagi shur yuvish ishlari ta‘siri judda katta bo‗ladi.
Suvning minerallashganlik darajasidan (g/l) tashkari uning kimyoviy tarkibi
xam daryo suvining sug‗orish uchun yaroqliligini belgilab beruvchi asosiy
omillardan hisoblanadi. Ishqorlilikning rivojlanishi xavfini aniklash uchun mg/l
1/2
da ifodalanadigan natriyni yutish omili qo‗llaniladi (NYUO). Mavjud ma‘lumotlari
taxlili shuni ko‗rsatiki NYUO ko‗p gidropostlarda odatda 0,5-7 mg/l
1/2
chegarasida
o‗zgaradi. Bu ko‗rsatkichlar umuman suv sug‗orish uchun yarokli ekanini
bildiradi. Aytish kerakki oxirgi bir necha yil ichida daryo suvining sifati okava
suvlar chikarish qisqargani xisobiga bir oz stabillashdi.
Mustakillik yillarida davlatlar o‗rtasida suv taksimotining qat‘iy limitlanishi
amalga oshirildi va ekologik jihatlarga ko‗proq e‘tibor qaratildi. Bu suv sifatining
biroz yaxshilanishiga olib keldi. Rasmdan ko‗rinib turibdiki, Amudaryoning quyi
oqimi hududida suv minerallashishi bir muncha kamaygan.
1.1-rasm. Amudaryo bo‗yicha suvning minerallashuvi o‗zgarishlari dinamikasi
Markaziy Osiyoning tog‗li hududlarida va jarliklarida tabiiy xosil bo‗lgan
ko‗llar ko‗p. Tog‗ ko‗llari turli genetik turlarga taaluklidir. Yirik ko‗llarning
ko‗pchiligi kelib chiqishi tektonik bo‗lgan chukurliklarni egallagan. (Issk-Ko‗l,
Cheter-Kel, Qorako‗l, Sarichelak va b.). Shunday ko‗llardan Pomirdagi Yashinko‗l
va Sarez ko‗li mavjud. Ko‗p sonli ko‗llarning kelib chiqishi muzliklar bilan
bog‗liq. Eng yirik ko‗llardan biri Sharqiy Pomirda 4125 metr balandlikda
joylashgan Zorkul ko‗lidir. Bundan tashqari karstli ko‗llar xam mavjud.
Ko‗llardagi suv odatda chuchuk yoki oqim sifatiga bog‗liq ravishda biroz sho‗r
bo‗ladi. Ko‗llar tartibi ularni to‗laroq o‗rganish uchun tadkikotlarni talab etadi.
Pastliklardagi ko‗llarning ko‗pchiligi o‗z kelib chiqishiga ko‗ra arid iqlim
sharoitlarida daryolarning erozion – akkumulyativ faoliyati bilan bog‗liqdir.
Odatda ular kichik, qirg‗oqlari past, qamishlar o‗sib ketgan va ko‗pincha sho‗rxok
tuproq va qum bilan o‗ralgan. Yog‗inlar etarli miqdorda bo‗lganda bu ko‗llarning
ko‗pi oqayotgan suvning yaxlit liniyasiga aylanar edi, chunki ular xozirda qurib
qolgan daryo o‗zanlariga yondoshgan. Pastlikdagi ko‗llar shur yoki chuchuk
bo‗ladi. Tog‗li huddular va pastlikdagi ko‗llarning chuchuk suv zaxirasi 60 km
3
deb belgilangan. Oqmas tovoqsoylarga drenaj suvlari chikarilishi tufayli
antropogen ko‗llar ko‗paydi. Ularning katta qismi kichik bunday turdagi
ko‗llarning eng kattalari Sariqamish (Amudaryoning quyi okimida) Arnasoy
(Sirdaryoning o‗rta oqimida). Chordaryo suv ombori (Uzbekiston va Kozogiston
chegaralarida)dan pastda, ya‘ni Sirdaryo o‗zaninnig suv o‗tkazish qobiliyati
pastligi tufayli ser suv yillarda yoki qishki mavsumda suvning ortikcha xajmlari
Arnasoy kuliga chikarilgan. So‗nggi bir necha yil mobaynida bu tajriba Norin-
Sirdaryo gidroenergetik kaskadidan energetik suv chiqarishlar oqibatida qish
davrida xam odatiy bo‗lib qolgan edi. Antropogen xosil bo‗lgan ko‗llardagi suv
xajmi 40 km
3
deb baxolangan. Ammo bu suvdardan foydalanish uchun ularni
tortib chikarish kerak. Bundan tashkari ko‗llardagi suv o‗uta minerallashgan.
Kelajakda bu suvdan baliqchilik va bioxilma-xillini saklash maqsadlarida
foydalanish mumkin.
O‗zbekiston Respublikasida qator avlodlar xarakati bilan xalq xo‗jaligining
barcha soxalariga suv etkazib berishni ta‘minlash imkonini beruvchi kuchli suv
xo‗jaligi tizimi yaratilgan va ishlamokda. Suv xo‗jaligi tizimi quyidagilarni o‗z
ichiga oladi:
-ilmiy tadqiqot va oliy ta‘lim muassasalari;
-loyixalash izlanish institutlari;
-buyutmachi xizmati;
-kurilish va maxsus montaj bo‗linmalari ;
-sanoat va industriya;
-avtotransport xizmati;
-eksplatatsion blok.
Barcha bloklarning har biri o‗zining belgilangan vazifasini bajaradi, va
shunga qaramay respublika uchun zarur bo‗lgan quyidagi ikkita muhim vazifani
bajaruvchi yaxlit suv xo‗jaligi kompleksini tashkil etadi:
-suv resurslarini boshkarish;
-sug‗oriladigan yerlarning meliorativ xolatini ta‘minlash.
O‗zbekistonda suvni etkazib berish 4235 ta suv foydalanuvchilarga, shu
jumladan 2739 ta qishloq xo‗jalik korxonalari va 1496 ta qishloq xo‗jaligiga oid
bo‗lmagan (komunal xo‗jalik, energetika, va boshqa ob‘ektlar) korxonalar uchun
amalga oshiriladi. Sug‗oriladigan yerlar meliorativ xolatini ta‘minlash bo‗yicha
ishlar 4270 ga maydonda amalga oshiriladi.
Etkazib beriladigan suv resurslarining umumiy xajmidan 87% qishloq
xo‗jaligi, 3,8% energetika, 3% sanoat, 4,2% kommunal xo‗jalik va 2% boshqa
maqsadlarga sarflanadi.
Suv resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish va nazorat qilish faoliyati
Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi markaziy apparati, respublika maxsus
birlashmalari, qishloq va suv xo‗jaligining viloyat va tuman boshqarmalari,
viloyatlararo va tumanlararo kanallar boshqarmalaridan tashkil topgan
tarmoklangan davlat xizmati tomonidan amalgan oshirildi. Umuman bu vazifalar
ma‘muriy – hududiy, havzaviy va tizimli tamoyillar bo‗yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |