Suv resurslarini boshqarish


B) Suv resurslarining sifat tavsiflari va ularning evolyusiyasi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana25.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#581417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
suv

B) Suv resurslarining sifat tavsiflari va ularning evolyusiyasi 
Xozirgi davrda suv ob‘ektlarining (daryo, dengiz, yer osti suvlari va b.) 
ifloslanishi eng dolzarb muammolardan biri xisoblanadi, chunki «suv-bu xayot» 
ta‘rifi xammaga ma‘lum. Suvsiz inson 3 sutkadan ortiq yashay olmaydi, ammo 
suvning o‗z hayotidagi muhim o‗rnini anglab turib xam, ularning tabiiy tartibini 
chiqindi va axlatlar tashlash bilan o‗zgartirib, suv ob‘ektlarini ayamay 
ekspluatatsiya kilishni davom ettiradi. Tirik organizmlar xujayralarining 70% 
suvdan iborat, va shuning uchun Vernadskiy V.I. xayotni tirik suvga qiyoslagan. 
Yer yuzida suv ko‗p, ammo uning 98% yaqini -bu okean va dengizlarning sho‗r 
suvlari va 2% ga yaqinigina chuchuk suvlardan iborat. Chuchuk suvlarning 
to‗rtdan uch qismi tirik organizmlarga etib kelmaydi, chunki bu suvlar tog‗ 
muzliklari va qutb muz qoplamlari ostida joylashgan (Arktika va Antarktika 
muzliklari). Bular chuchuk suvlar rezervidir. Tirik organizmlar etishi mumkin 
bo‗lgan suvning asosiy qismi ularning to‗qimalarida to‗plangan.
Shunday qilib, suv resurslarining asosiy qismi okean va dengizlarda 
to‗plangan. Ularning yuzasidan bug‗lanadigan suv quruqlikning tabiiy va sun‘iy 
ekotizimlariga hayotbaxsh namlik beradi. Hudud qanchaliek okeanga yakin bo‗lsa, 
u yerda shunchalik ko‗p yog‗in yog‗adi. Quruqlik doimo suvni okeanga qaytaradi, 


suvning bir qismi bug‗lanadi, ayniksa o‗rmonlar uni ko‗p bug‗lantiradi, bir kismi 
esa yomg‗ir va qor suvlari tushadigan daryolarda oqim sifatida shakllanadi. Okean 
va quruqlik o‗rtasida namlik almashinuvi o‗ta katta miqdorida energiya talab etadi: 
bunga Yer Kuyoshdan oladigan energiyaning 1/3 qismi sarflanadi.
Biosferadagi suvlarning sikli insoniyat sivilizatsiyasidan avval muvozanatga 
kelgan, okean bug‗lanishga qancha suv sarflagan bo‗lsa daryolardan shuncha suv 
olgan. Iqlim o‗zgarmasa, daryolar suvi kamaymagan va ko‗llardagi suv satxi 
pasaymagan. Insoniyat sivilizatsiya bilan birga bu sikl buzila boshladi, qishloq 
xo‗jalik ekinlarini sug‗orish natijasida quruqlikdan suv bug‗lanishi ko‗paydi. Janub 
daryolari sayozlandi, okeanlarning ifloslanishi va ularning yuzasida neft 
plenkasining hosil bo‗lishi okean bug‗lantiradigan suv mikdorini kamaytirdi. 
Bularning xammasi biosferaning suv ta‘minotini qiyinlashtiradi. Qurg‗oqchiliklar 
ko‗paydi, ekologik halokatlar o‗choklari paydo bo‗lyapti.
Bundan tashqari, okean va quruqlikning boshqa suv xavzalariga qaytayotgan 
chuchuk suvlar ko‗pincha ifloslangan. Rossiyaning ko‗p daryolari shuningdek
O‗zbekistondagi aksariyat daryolardagi (Amudaryo va Zarafshon daryolarining 
quyi oqimlari, Salar kanali va boshqalar) suvlari ichish uchun deyarli yaroqsiz 
axvolga kelgan. Eng avvalo, tuganmaydigan resurs-toza chuchuk suv-tugaydigan 
xolga kelib qoldi. Bugungi kunda ichish uchun, sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishi uchun yaroqli suv dunyoning ko‗plab xududlarida etishmayapti. Xozirgi 
vaktda bu muammoga e‘tibor qilmaslikning iloji yuk, chunki suvning antropogen 
ifloslanishining ta‘siri tobora kuchayib bormoqda.
Xozirning o‗zidayoq suv xavzalarining dioksinli ifloslanishi tufayli xar yili 
20 mingta inson xayotdan ko‗z yumadi. Taxminan yana shuncha odam 
stratosferadagi ozon qatlamining buzilishi natijasida teri raki kasalligi bilan 
kasallanadi. Xavfli zaxarlangan yashash muxitida xayot kechirish oqibatida rak va 
xar xil organlarning ekologiyaga bog‗liq bo‗lgan turli kasalliklari tarqaladi. Ona 
qornida shakllanishning belgilangan bosqichida hatto sezilarsiz ravishda 
qo‗shimcha nurlanish olgan chaqaloqlarning yarmida aqliy rivojlanishning oqsashi 


qayd etiladi. Binobarin, bu muammoni imkoni boricha tezroq xal etish va oqava 
suvlarni tozalash muammosini tubdan qayta ko‗rib chiqish kerak.
Insonning va jonivorlarning bir yil ichida suvga bo‗lgan biologik extiyoji 
ularning o‗z og‗irliklaridan 10 barobar ortiq. Insonning maishiy, sanoat va qishloq 
xo‗jalik extiyojlari undan-da ortiq. SHuning uchun, «bir tonna sovun ishlab 
chikarish uchun 2 tonna suv, shakar uchun - 9, paxtadan ishlangan maxsulotlar 
uchun - 200, po‗lat uchun - 250, azotli o‗g‗itlar uchun 600, don uchun-1000, 
qog‗oz uchun - 1000, sun‘iy kauchuk uchun - 2500 tonna suv kerak bo‗ladi».
Inson foydalangan suvning asosiy qismi oxir-oqibat tabiiy muhitga qaytadi. 
Ammo, u endi toza suv sifatida emas, balki maishiy, sanoat va qishloq xo‗jalik 
maqsadlarida foydalanilgan tozalanmagan yoki etarli darajada tozalanmagan oqava 
suvlari sifatida qaytadi. SHunday qilib, chuchuk suvlari xavzalarining (daryo, 
ko‗l), quruqlik va dengizlarning qirg‗oq bo‗yi hududlarining ifloslanishi ro‗y 
beradi.
Suvni tozalashning zamonaviy - mexanik va biologik usullari 
mukammallikdan ancha yiroq. Hatto eng ilg‗or sanaladigan biologik tozalashdan 
keyin xam oqava suvlarda 10 % organik va 60-90% noorganik moddalar, shu 
jumladan 60% gacha azot, 70%-fosfor, 80%-kaliy va deyarli 100% og‗ir zaxarli 
metallarning tuzlari qoladi.
Suv resurslarining ifloslanishi 3 turga bo‗linadi (biologik, kimyoviy va 
fizik). Biologik ifloslanish mikroorganizmlar, shu jumladan kasallik qo‗zg‗atuvchi 
va tashuvchi mikroorganizmlar, shuningdek, achishga moyil organik moddalar 
tomonidan hosil qilinadi. Quruqlikdagi va qirg‗oq bo‗yi dengiz suvlari biologik 
ifloslanishining asosiy manbalari – tarkibida najas, oziq-ovqat chiqindilari bo‗lgan 
maishiy oqava suvlar, oziq-ovqat sanoatining oqava suvlari (qushxona va go‗sht 
kombinatlari, sut va pishloq tayyorlash kombinatlari, shakar zavodlari va 
boshqalar) sellyuloza-qog‗oz va kimyo sanoati oqava suvlari, qishloq xo‗jaligida 
esa yirik chorvachilik komplekslari oqavalari hisoblanadi. Biologik ifloslanish 
vabo, ich terlama, paratif va boshqa ichak infeksiyalari va turli virusli infeksiyalar, 
masalan, gepatit kabi kasalliklarning sababchisi bo‗lishi mumkin. 


Kimyoviy ifloslanish turli zaxarli moddalarning suvga tushishi oqibatida 
kelib chiqadi. Kimyoviy ifloslanishning asosiy manbalari - domna va po‗lat quyish 
korxonalari ishlab chiqarishi, rangli metallurgiya, tog‗-kon va kimyo sanoati va 
ko‗p xolatlarda ekstensiv qishloq xo‗jaligi hisoblanadi. Kimyoviy ifloslanishning 
manbalari sifatida oqava suvlarning suv xavzalariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqarilishi 
va yer usti oqimidan tashkari suv yuzasiga xavodan ifloslantiruvchi moddalarning 
tushishini xam e‘tiborga olish kerak.
So‗nggi yillarda azotli o‗g‗itlarning noratsional qo‗llanilishi, shuningdek, 
avtomobillarning ishlangan gazlarining atmosferaga chiqarishi oqibatida 
quruqlikdagi yer usti suvlariga nitratlarning tushishi ko‗paydi. Xuddi shu hol 
fosfatlarda xam kuzatilmokda, ular o‗g‗itlardan tashqari kir yuvish vositalari 
tarkibida xam bor. Xavfli kimyoviy ifloslantirishning manbalari uglevodorodlar-
neft va uning ishlangan maxsulotlari bo‗lib, ular daryo va ko‗llarga sanoat 
chiqindilaridan tashkari yana neftni transportirovka qilish, tuproqning yuvilishidan 
va atmosferadan tushadi.
Oqava suvlarni u yoki bu darajadagi maqsadlarga yaroqli xolga keltirish 
uchun ularga ko‗p hajmdagi toza suv bilan bir necha marotaba aralashtiriladi. 
Ammo, turli maqsadlar uchun, shu jumladan ichish uchun xam foydalanilishi 
mumkin bo‗lgan tabiiy toza suvlar zararsizlantirilishi zarur. Oqava suvlarga suv 
aralashtirilishi tabiiy suv xavzalaridagi suv sifatini pasaytiradi, ammo, o‗zining 
asosiy maqsadiga yerisholmaydi - inson salomatligi uchun zarar etkazilishining 
oldini ololmaydi. Gap shundaki, suv tarkibida kam mikdorda mavjud bo‗lgan 
zararli aralashmalar odamlar oziq-ovqat sifatida iste‘mol qiladigan ba‘zi 
mahsulotlarda (organizmlarda) yig‗iladi. Avval zaxarli moddalar mayda plankton 
organizmlar xujayralariga (mollyuskalar, suv bulutlari va b.) tushadi, keyin ular 
nafas olish va ovqatlanish jarayonida katta miqdordagi suvni filtrlaydi va oxir-
oqibat xuddi ozuka zanjiridagi kabi baliqlar xujayralarida yig‗iladi. Natijada 
baliqlar xujayralaridagi zahar konsentratsiyalari suvdagidan yuz va xatto ming 
barobar ortishi mumkin.
Sanoat oqava suvlaridagi va qishloq xo‗jalik dalalaridan chiqadigan 


o‗g‗itlar va pestitsidlar aralashmasi tabiiy suv xavzalarining o‗zidayok tez-tez 
aralashib turadi. Agar suv xavzasi oqmaydigan yoki kam oqadigan bo‗lsa, unda 
suvga organik moddalarning va o‗g‗itlarning tushishi ozuqaviy moddalarning 
ko‗payib ketishi va suv xavzasini o‗t bosishiga olib keladi. Avval bunday suv 
xavzasida ozukaviy moddalar to‗planadi va keyin suv o‗tlari tez rivojlanadi. Ular
chirib bitgach, suv tubiga cho‗kadi, u yerda katta mikdorda kislorod iste‘mol 
qilgan holda uning minerallashuvi ruy beradi. Bunday suv xavzalari sharoitlari 
kislorodga muxtoj baliqlar va boshka organizmlarning xayot faoliyati uchun 
yaroqsiz bo‗lib qoladi.
Kislorod tugagach, metan va vodorod sulfid ajralishi bilan birga kislorodsiz 
achish jarayoni boshlanadi. Shunda butun suv xavzasining zaxarlanishi va barcha 
tirik organizmlarning halok bo‗lishi yuz beradi (ba‘zi bakteriyalardan tashqari).
Bunday havas qilib bo‗lmaydigan taqdir faqat sanoat va maishiy chiqindilar 
tashlanadigan ko‗llargagina emas, balki ba‘zi yopiq va yarim yopiq dengizlarga 
xam xavf soladi.
Suvning fizik ifloslanishi ularga issiklik yoki radioaktiv moddalarning 
tushishidan yuzaga keladi. Issiklik bilan ifloslanish asosan issiklik va atom 
elektrostansiyalarida (1/3 va 1/2) sovitish uchun qo‗llaniladigan suv shu suv 
xavzasining o‗ziga tashlanishi bilan boglik. Issiklikdan ifloslanishga ba‘zi sanoat 
korxonalari xam hissa qushadi.
Kuchli issiklik ifloslanishida baliq xavo ololmaydi va xalok bo‗ladi, chunki 
uning kislorodga bo‗lgan extiyoji ortadi, kislorodning eruvchanligi esa kamayadi. 
Suvdagi kislorod mikdori yana shuning uchun kamayadiki, bunda issiklik 
ifloslanishida bir xujayrali suv o‗tlarining barq urib rivojlanishi ro‗y beradi: suv 
ko‗karib ketadi, keyin quriyotgan o‗simlik massasining chirishi boshlanadi. 
Bundan tashqari, issiqlik ifloslanishi ko‗pgina kimyoviy ifloslantiruvchilar, 
qisman, og‗ir metallarning zaxarliligini oshiradi
.
Okean va dengizlarning ifloslanishi daryo oqimi bilan ifloslantiruvchi 
moddalarning oqib kelishi, ularning atmosferadan yog‗ishi va oxir-oqibat 
insonning dengiz va okeanlardagi bevosita xo‗jalik faoliyati tufayli yuzaga keladi.


Xajmi 36-38 km
3
ni tashkil etuvchi daryo okimi bilan okean va dengizlarga 
muallak va aralashma ko‗rinishida katta mikdordagi ifloslantiruvchi moddalar oqib 
keladi. Ba‘zi fikrlarga ko‗ra, shu yo‗l bilan okeanga xar yili 200 ming tonna 
qo‗rg‗oshin, 110 million tonna oltingugurt, 20 ming tonnagacha kadmiy, 5 dan 8 
ming tonnagacha simob, 6,5 million tonna fosfor, yuzlab million tonna organik 
ifloslantiruvchi moddalar oqib keladi. Okeanning neft va neft maxsulotlari bilan 
ifloslanishi aloxida o‗rin tutadi. Tabiiy ifloslanish neftning neft joylashgan 
qatlamlardan, asosan shelflarda sizib chiqishi oqibatida paydo bo‗ladi.
Okeanning neft bilan ifloslanishida neftni dengiz orqali tashish ishlari katta 
hissa qo‗shadi. Xozirgi kunda qazib olinayotgan 3 mlrd tonna neftdan taxminan 2 
mlrd tonnasi dengiz orqali tashiladi. Xatto avariyasiz transportda tashilgan xollarda 
xam neftni yuklash va tushirishda, okeanga yuvish va ballast suvlarini tashlashda 
(neftni tushirgach, tankerni suv bilan to‗ldiriladi, shuningdek, xar qanday 
kemaning mashina bo‗limida polda to‗planib koladigan suvlarning okeanga 
tashlanishi natijasida xam neft suvga tushadi. Lekin biosfera va atrof-muxitga eng 
katta zararni to‗satdan sodir bo‗lgan tankerlar avariyasida katta miqdordagi 
neftning suvga tushishi keltiradi, garchi bunday xolatlar jami neft bilan 
ifloslanishning 5-6%ni tashkil etadi.
Ochiq okeanda neft asosan neftning og‗ir fraksiyalaridan hosil bo‗ladigan 
yupka plenka(minimal qalinligi 0,15 mikrometr) va mumli qumoqchalar 
ko‗rinishida uchraydi. Agar mumli qumoqchalar eng avvalo o‗simlik va jonli 
dengiz organizmlariga ta‘sir ko‗rsatsa, neft plenkasi bundan tashqari, ―okean-
atmosfera‖ va ularga yondosh qatlamlarda yuz beradigan ko‗plab kimyoviy va 
fizik jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadi: 
- eng avvalo, neft plenkasi okean yuzasidan qaytadigan quyosh energiyasi 
ulushini ko‗paytiradi va yutiladigan energiya miqdorini kamaytiradi. Bu bilan neft 
plenkasi okeanda issiklik to‗planishi jarayonlariga ta‘sir o‗tkazadi. Kelayotgan 
issiqlik miqdorining kamayishiga qaramay, yuqoridagi harorat neft plenkasi 
mavjudligida yana ham ortiqroq ko‗tariladi.
- okean qitalarning namlanish darajasiga bog‗liq bo‗lgan atmosfera 


namligining asosiy etkazib beruvchisi xisoblanadi. neft plenkasi namlikning 
bug‗lanishini qiyinlashtiradi, anchagina qalin qatlam holatida esa bug‗lanishni 
nolga teng qilib qo‗yadi (400 mkm).
- atmosferada o‗ta mayda tuz zarralari suv bug‗lanayotgan paytda 
qoldiradigan suv sachratqilari hosil bo‗lishiga to‗sqinlik qilib va shamol 
tebranishlarini kamaytirib, neft plenkasi okean va atmosfera o‗rtasidagi tuz 
almashinuvini o‗zgartiradi. Bu shuningdek, okean ustidagi va kitalar ustidagi 
atmosfera yog‗inlari mikdoriga xam tasir ko‗rsatishi mumkin, chunki tuz zarralari 
yomg‗ir xosil bo‗lishi uchun zarur bo‗lgan kondensatsiya yadrolarining anchagina 
qismini tashkil etadi.
Dengizga chiqadigan ko‗p mamalakatlar turli materiallar va moddalarning, 
shu jumladan, o‗zanni chukurlashtirish ishlarida chiqarilgan gruntni, parmalangan 
shlaklarni, sanoat chiqindilarini, qurilish chiqindilarini, qattiq chiqindilarni, 
portlatish va kimyoviy moddalarni dengizga ko‗mish (Damping) ishlarini amalga 
oshiradilar. 
Ko‗milgan chiqindilar hajmi Dunyo okeaniga tushadigan 
ifloslantiruvchi moddalarning umumiy mikdorining 10%ni tashkil etadi. Damping 
uchun dengizda dengiz muxitining katta miqdordagi organik va noorganik 
moddalarni suvga katta zarar etkazmasdan qayta ishlash imkoniyati asos bo‗lib 
xizmat qiladi. Ammo bu qobiliyat chegarasiz emas.
Materialning suv qatlamiga chiqarilishi va undan o‗tishi vaqtida 
ifloslantiruvchi moddalarning bir qismi eritmaga aylanib suv sifatini o‗zgartiradi, 
boshqa qismi esa muallaq zarralar tomonidan singdirib olinadi va suv tubida 
chukindiga aylanadi. SHu bilan bir vaqtda suv loyqaligi ortadi. Organik 
moddalarning mavjudligi ko‗pincha suvdagi kislorodning tez sarf bo‗lishiga va 
bazi xollarda uning umuman yo‗qolishiga olib keladi. SHu bilan bir vaqtda u 
muallak zarralarning erishi, metallarning eritma xolida to‗planishi va vodorod 
sulfid xosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi.
Dengizga chiqindilar tashlash ishlari ustida nazorat tizimini tashkil etishda 
damping rayonlarini, dengiz suvi ifloslanishi dinamikasini va dengiz tubi 
chukindilarini aniqlash hal qiluvchi axamiyatga ega. Dengizga tashlanadigan 


chiqindilarning extimoliy xajmlarini aniqlash uchun material chiqaruv tarkibidagi 
ifloslantiruvchi barcha moddalarning xisoblarini olish zarur.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish