Gidrosferaning chuchuk suvlari
1.2-jadval
Gidrosfera qismlari
CHuchuk suv
xajmi, km
3
Gidrosferaning
berilgan
qismidan %
CHuchuk suvning
umumiy xajmidan
%
Muzliklar
24000000
100
85
Yer osti suvlari
4000000
6.7
14
Ko‗llar va suv omborlari
155000
55
0.8
Tuproqning namligi
83000
98
0.3
Atmosfera bug‗lari
14000
100
0.06
Daryo suvlari
1200
100
0.004
Jami
28253200
-
100
Insoning xo‗jalik faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda «suv
resurslari» tushunchasidan foydalaniladi. Bunda tuproq va atmosfera havosi
namliklarini ham hisobga olgan holda yer usti suvlari zahiralaridan xo‗jalik uchun
foydalanishga yarokli bo‗lgan qismi tushuniladi. Yer usti suvlari resurslari asosan
suvlilik sharoiti bo‗yicha o‗rtacha hisoblangan yilning umumiy okimi bilan
belgilanadi. Yer usti suv resurslari planeta va alohida mintaqalar bo‗ylab notekis
taksimlangan va notekis foydalaniladi. MDH davlatlari dunyodagi ulkan suv
resurslariga ega. MDH suv resurslari daryo oqimining o‗rtacha yillik qiymati
bo‗yicha dunyoda 2-o‗rinni (Braziliyadan keyin) egallaydi. Yer osti suvlarining
potensiali ham kattadir. Ammo bu resurslar MDX davlatlari bo‗ylab o‗ta notekis
tarqalgan. Bunday holat alohida mintaqalarning geografik, iqlim, geologik va
gidrogeologik sharoitlari bilan xarakterlanadi.
MDH bo‗yicha yer usti suvlari okimining umumiy o‗rtacha yillik miqdori
deyarli 4,7 ming kub km. ni tashkil etadi. Bunda uning katta kismi Rossiya
Federatsiyasiga to‗g‗ri keladi - 4,27 ming kub km (90%). Oqimning notekis
tarqalishi MDH davlatlarining suv resurslari bilan turlicha taminlanganligi
sharoitini ham belgilaydi. Agar MDH davlatlari uchun solishtirma suv bilan
taminlanganlik yiliga bir km
2
ga 210 ming km
3
bo‗lsa, eng yuqori darajadagi
ta‘minlanganlik Gruziya va Tojikistonga to‗g‗ri keladi va mos ravishda bir km
2
ga
877 va 667 ming km
3
ni tashkil etadi. Suv bilan ta‘minlanganlik darajasining eng
past qiymatlari Turkmaniston va Kozogistonga to‗g‗ri keladi hamda mos ravishda
yiliga bir km
2
ga 145 va da 46 ming km
3
ni tashkil etadi.
Quruqlik yuzasiga har yili o‗rtacha 800 mm yog‗in yog‗adi, 485 mm
bug‗lanadi, dunyo okeani yuzasiga esa 1270 mm yog‗in yog‗adi va 1400 mm
bug‗lanadi, okeanga kuruklikdan keladigan oqim yiliga 315 mm ni tashkil etadi.
Yer planetasi bo‗yicha yog‗inlarning umumiy miqdori bug‗lanayotgan suv
mikdoriga teng. Yerning suv balansi ko‗rsatishicha suvning aylanma harakatida
gidrosferaning juda kichik qismigina qatnashadi. Bu dunyo suv resurslarining 0,04
% nigina tashkil etadi, ammo ular insoniyatni chuchuk suv bilan taminlaydi.
Chuchuk suv yer sharida o‗ta notekis tarqalgan. Okeaniya orollari va Janubiy
Amerika suv bilan eng yaxshi taminlangan hududlardir. Yangi Zelandiya, Yangi
Gveneya, Tasmaniyada xar yili o‗rtacha 3 metrli yog‗inlar qatlami yog‗adi va xar
bir km
2
kuruklik yuzasidan sekundiga 50 l gacha suv oqimi shakllanadi. Janubiy
Amerika qit‘asiga yiliga 1,5 m yog‗in yog‗adi. Har km
2
quruqlik yuzasidan
o‗rtacha shakllanadigan oqim sekundiga 21 l. ni tashkil etadi. Lekin Avstraliyada
chuchuk suv juda kam: uning xududining 2/3 qismini saxro va yarimsaxro
egallaydi, ularning yuzasiga yiliga 300 mm yog‗in yog‗adi. Bu qitadagi jami oqim
300 km
3
ni tashkil etadi (Volga daryosining oqimidan biroz ko‗p).
Bu hududda har
kvadrat metrdan okeanga sekundiga bir litrdan ortiq suv tushmaydi. Afrika ham
chuchuk suv zaxiralariga boy bo‗lmagan, nam tropik o‗rmonlar va keng qaynoq
cho‗llar qit‘asi bo‗lib, u bilan qo‗shni bo‗lgan hududlarda ba‘zan halokatli va ko‗p
yillik qurg‗oqchilikni keltirib chiqaradi.
Boshqa qit‘alardan ajralib turuvchi «muzli kit‘a» Antarktida oqim umuman
yo‗k. Antarktida doimiy daryolarga ega emas, faqat yoz davrida muz bilan
siqilgan tekisliklarda 30-40 km uzunlikdagi yerigan suvlarning vaqtinchalik oqimi
hosil bo‗ladi. SHunga qaramay, Antarktida o‗z qa‘rida –hududining deyarli to‗liq
holda 1,5 km, ayrim joylarda esa 4,2 km qalinlikdagi muz katlamiga ega bo‗lib, yer
kurrasidagi barcha chuchuk suv zaxiralarining 62%ni saqlaydi. Agar
planetamizning bu ulkan chuchuk suv zaxirasi erib ketganda dunyo okeanining
sathi 60 m ga ko‗tarilgan bo‗lar edi. Yaxshiyamki, bu kit‘aning o‗rtacha yillik
harorati -50° darajadan pastda turadi, va uning muz koplami juda sekinlik bilan
dunyo okeaniga erib tushib, ulkan muz qoyalar-aysberglar ko‗rinishida suzib
yuradi.
Shunday qilib, cho‗llarning kam aholi yashaydigan xududlaridan tashqari,
planetamiz aholisini chuchuk suvning yo‗qligi emas, balki uning «fazoda va
vaktda» nomaqbul tarqalganligi xavotirga solishi kerak. Shunga qaramay, XX
asrning ikkinchi yarmida suv resurslari muammosi iqtisodiyotning eng birinchi
navbatdagi muammolaridan biri aylanib ulgurdi. XX asrning 80-yillarida insoniyat
o‗z extiyojlari uchun yiliga 3000 mlrd. m
3
chuchuk suv sarflagan, bu barcha
daryolar umumiy yillik oqimining 7% ni tashkil etadi. Ammo suv iste‘moli uchun
suv sarflari kun sayin emas, soat sayin ortib bormoqda. Amerika gidrotexniklari
AQSHda suv iste‘moli soatiga 5,7 ming m
3
tezlikda ortib borayotganligini
hisobladilar. Yer yuzida chuchuk suv sarfi keskin ortishi kutilmoqda. Suv asosan
sanoat, issiklik energetikasi, qishloq xo‗jaligi, muntazam o‗sib borayotgan
shaharlarning kommunal xo‗jaliklari extiyojlariga sarflanadi. Foydalanish
jarayonida suvlarning asosiy qismi yo‗kolib ketmay, suv aylanmasiga qaytsa-da,
u, amalda, ifloslangan xolda qaytadi («suvning katta qismini iste‘mol qilmaydilar,
undan foydalanadilar» va natijada undan qayta foydalanish uchun qimmatbaho
tozalash tadbirlariga zaruriyat tug‗iladi. U yoki bu qit‘aning yoki xatto
mamlakatning suv bilan ta‘minlanganligi xaqidagi ijobiy o‗rtacha statistik
ma‘lumotlarga qarshi o‗laroq, sanoati rivojlangan davlatlar va aloxida industrial
rayonlarda (AQSHning shimol sanoat xududi, Evropaning qator xududlari, MDH
va b.) deyarli nafaqat daryolar resurslarini, balki yer osti suvlarini ham sarflab
bo‗lishganligiga xayron qolmasa xam bo‗ladi. Shu bilan birga Braziliyaning kam
aholili tropik o‗rmonlaridan oqib o‗tadigan Amazonkaning suv resurslari yoki
buyuk Sibir daryolarning ulkan suv resurslaridan deyarli foydalanilmaydi.
Shubxasiz, keyinchalik daryo oqimidan oqilona foydalanish va uni vaktda va
makonda boshqarish insoniyatni suv bilan ta‘minlanishining eng muxim
resurslaridan bo‗lib qoladi. Muzliklardagi chuchuk suvlardan foydalanish yoki
dengiz suvlarini chuchuklashtirish hozirgi kunda nisbatan ancha katta
masshtablarda amalga oshiriladi. Ammo bir zaruriyat borki, bu ham bo‗lsa
insoniyat xozirning o‗zida, iqtisodiyotning xar qaysi sohasida, har bir mintaqa,
mamlakat, qit‘a chegarasida suv resurslaridan foydalanishda tejamkorlik
zaruriyatidir. Suv resurslarini har erda tejash, suvni sarflashning yopiq sikllariga
o‗tish, kamroq suv sarflaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish va, nixoyat, suvni
ifloslanishdan saqlash va barcha oqava suvlarini tozalash barqaror taraqqiyotning
zaruriy shartidir.
Chuchuk suvlar umumiy xajmining faqat 0,01 % gina suyuq xolatda
daryolarda va 1,47% ko‗llarda to‗plangan. Mazkur suvlarni yig‗ish va ular bilan
iste‘molchilarni muntazam ta‘minlash, shuningdek suv toshqinlarining oldini olish
hamda elektr energiyasini ishlab chikarish uchun ko‗p daryolarda tug‗onlar
qurilgan.
Suvning eng ko‗p oqimiga, binobarin, eng katta energetik potensialga
Janubiy Amerikadagi Amazonka, Afrikadagi Kongo (Zoir) Janubiy Osiyodagi
Gang va Braxmaputra, Xitoydagi Yanszi, Rossiyadagi Enisey, AQSHda Missisipi
va Missuri daryolari egadir.
125 ming km
3
suvni o‗zida jamlagan chuchuk suvli ko‗llar daryo va sun‘iy
suv omborlari insonlar bilan bir qatorda jonivorlar uchun muxim manba
xisoblanadi. Ulardan shuningdek, qishloq xo‗jaligi yerlari, navigatsiya, rekreatsiya,
baliqchilik va afsuski, maishiy va sanoat chiqindilarini tashlash uchun ham
foydalaniladi. Ba‘zan, asta-sekin cho‗kindilar bilan to‗lishi yoki sho‗rlanishi
oqibatida ko‗llar quriydi, ammo gidrosfera evolyusiyasi jarayonida ba‘zi joylarda
yangi ko‗llar xosil bo‗ladi. Hatto «sog‗lom» ko‗llarda xam suv sathi ulardan
chiquvchi daryo va irmoqlar harakati, tuproqqa singish va bug‗lanish tufayli
pasayadi. Ularning tiklanishi yog‗inlar va ularga quyiladigan daryo va
irmoqlarning, shuningdek, buloqlarning quyilishi xisobiga yuz beradi. Ammo,
bug‗lanish natijasida hamda daryo oqimi bilan birga keladigan tuzlar hisobiga
sho‗rlanish jarayoni ham davom etadi. SHuning uchun ming yillar o‗tib ko‗llar o‗ta
sho‗r va ko‗p mikroorganizmlar hayoti uchun yaroqsiz bo‗lib qolishi mumkin.
Chuchuk suvlarning taxminan 37,5 mln. km
3
, yoki 98% suyuk xolatdagi
yer osti suvlaridan iboratdir. Ularning taxminan 50%, 800m dan katta bo‗lmagan
chukurliklarda joylashgan. Ammo, olinishi mumkin bo‗lgan yer osti suvlari xajmi
suvli qatlamlar va suvni tortib chiqaruvchi nasoslar quvvati (imkoniyati) bilan
belgilanadi. Saxara (Saxroi kabir) cho‗lidagi yer osti suvlarining zaxirasi taxminan
625 ming km
3
ni tashkil etadi. Hozirgi sharoitlarda ular yer usti suvlari xisobiga
to‗ldirilmaydi, tortib olinganda esa qurib qoladi. Ba‘zi katta chukurlikda
joylashgan yer osti suvlari suvlarning aylanma harakatida umuman ishtirok
etmaydi va faqat faol vulqonli hududlarda bunday suvlar bug‗ shaklida ko‗tariladi.
Ammo yer osti suvlarining sezilarli qismi baribir yer ustiga chiqadi. Og‗irlik
kuchi ta‘siri ostida bu suvlar tog‗ jinslarining qiya joylashgan suv o‗tkazmaydigan
qatlamlari bo‗ylab xarakatlanib, tog‗ yon bag‗rlari va etaklaridan buloq va irmoq
ko‗rinishlarida oqib chiqadi. Bundan tashkari, ular nasoslar bilan tortiladi,
shuningdek, o‗simliklar ildizlari bo‗ylab ko‗tarilib keyin transpiratsiya jarayonida
atmosferaga chiqadi. Sizot suvlari sathi, yer osti suvlarining etish mumkin bo‗lgan
yuqori chegarasidir. Nishabliklar mavjud bo‗lgan xolatlarda sizot suvlari satxi yer
sathi bilan kesishadi va buloq xosil bo‗ladi. Agar yer osti suvlari katta gidrostatik
bosim ostida bo‗lsa, unda uning yuqoriga chiqish joylarida artezian manbalar
shakllanadi. Quvvatli nasoslar yaratilishi va zamonaviy parmalash texnikalarining
rivojlanishi bilan yer osti suvlarini chiqarish osonlashdi. Suvli qatlamlariga
joylashtirilgan kichik quduqlar yordamida suv olishni ta‘minlash uchun
nasoslardan foydalaniladi. Ammo bosimli artezian suvlari sathigacha bo‗lgan katta
chukurlikda qazilgan quduqlarda artezian suvlari ko‗tariladi va yuqorida
joylashgan sizot suvlarini to‗yintiradi, ba‘zan esa yuzaga chiqadi. Yer osti suvlari
asta, bir sutkada yoki bir yilda bir necha metr siljiydi. Quduq qazish joyini to‗g‗ri
tanlash uchun odatda, xududning geologik tuzilishi haqidagi ma‘lumotlar talab
etiladi.
Yer sharining ba‘zi joylarida yer osti suvlari iste‘molining ortib borishi
jiddiy oqibatlarga olib keldi. Yer osti suvlarini, ularning tabiiy tiklanishi
imkoniyatlaridan taqqoslab bo‗lmas darajada ortiq tarzda va katta xajmda
chiqarilishi namlik etishmovchiligiga olib keladi. Bu esa yer osti suvlari sathining
pasayishiga hamda ularni chiqarish uchun sarflanadigan qimmatbaxo elektr
energiyasiga bo‗lgan talabni ortishiga olib keladi. Suvli qatlamlar qurib bitgan
joylarda yer satxi cho‗ka boshlaydi va u yerda suv resurslarining tabiiy yo‗l bilan
tiklanishi qiyinlashadi.
Qirg‗ok yaqinidagi xududlarda yer osti suvlarining xaddan ortiq olinishi
qatlamlarni dengizning sho‗r suvi to‗yinishiga olib keladi, va shu tarzda chuchuk
suvning maxalliy manbalari degradatsiyasi yuzaga keladi. Tuzlarning asta-sekin
to‗planishi oqibatida yer osti suvlari sifatining yomonlashuvi yanada xavfliroq
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tuz manbalari tabiiy (masalan grunt tarkibidagi
tuzlarning yerishi va chiqishi) bo‗lishi bilan birga antropogen (o‗g‗it solish yoki
sho‗r suvlarni sug‗orish maqsadida haddan ortiq ishlatish) bo‗lishi xam mumkin.
Tog‗ muzliklaridan to‗yinadigan daryolar suvi tarkibida, odatda, 1g/l dan
ko‗p bo‗lmagan miqdorda tuz bo‗ladi, ammo ba‘zi daryolar suvlarining
minerallashganligi 9 g/l gacha bo‗lishi mumkin. Bu ularning katta uzunlikda tuzli
jinslardan tarkib topgan xududlarni drenajlashi oqibatida yuzaga keladi. Zaxarli
kimyoviy moddalarning tartibsiz tashlanishi yoki ko‗milishi natijasida ular
ichimlik yoki irrigatsiya suvlari manbasi xisoblangan suvli qatlamlarga sizib kirishi
yuz beradi. Qator xolatlarda zararli kimyoviy moddalar yer osti suvlariga sizib
kirishi va u yerda sezilarli mikdorda to‗planishi uchun bir necha yoki bir necha o‗n
yil ketadi. Birok, suv keltiruvchi qatlam agar bir marta ifloslangan bo‗lsa, uning
tabiiy ravishda o‗z-o‗zini tozalashi uchun 200 dan 10000 yilgacha muddat kerak
bo‗ladi.
Chuchuk suvlar insonga gidrologik siklda yoki tabiatdagi suvning aylanma
harakati natijasida etib keladi.
Xar yili suvning bug‗lanishi yoki yomg‗ir va qor ko‗rinishida yog‗inlarning
yog‗ishi oqibatidagi suvning aylanma harakatida taxminan 500000 km
3
suv
ishtirok etadi. Nazariy xisoblarga ko‗ra foydalanish mumkin bo‗lgan chuchuk
suvlarning maksimal xajmi yiliga 41 000 km
3
ni tashkil etadi. Chuchuk suvlardan
foydalanishda ularni ko‗p marta ishlatish va qaytmas sarflar hajmini oshishi
nazarda tutiladi.
Suvdan ko‗p marta foydalanish navigatsiya, baliqchilik va gidroelektr
energiyasi olish kabi misollarda ta‘riflanishi mumkin. Qaytmas suv iste‘moliga u
iste‘mol qilingandan keyin bug‗lanish oqibatida yo‗qotilgan (shu jumladan,
o‗simlik barglaridan) chuchuk suv; shuningdek, oziq-ovkat maxsulotlari
tarkibidagi suv va dengizning sho‗r suviga qo‗shilib ketgan oqim suvlari kiradi.
Butun jaxondagi chuchuk suvning kaytmas sarfi yiliga 2500 dan 3000 km
3
gacha
bo‗ladi, bunda bu mikdorning taxminan 10% maishiy maqsadlarda, 8% sanoatda,
eng katta qismi (82%) esa irrigatsiya va qishloq xo‗jaligi uchun sarflangan
suvlarga to‗g‗ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |