Xirurgik kasalliklar


Instrumental tekshirish usullari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Instrumental tekshirish usullari. 
O’tkir ichak tutlishi bilan bemorlarga 
tashxis qo’yishda rentgenologik tekshirish katta axamiyatga ega. Rentgenologik 
tekshirish
 
ichak tutilib qolishining xarakterini va darajasini aniqlashga imkon 
beradi. 
Ichak tutilishida rentgenologik tekshiruv asosini (kontrast moddalar 
qo’llamasdan) ichak qovuzloqlarida el va suyuqlik satxlarini (Kloyber 
kosachalari) aniqlash mumkin. Rentgenologik tekshiruvida normada qorin 
bo’shlig’i gomogen qorong’ilashgan, faqat chap diafragma ostida me’daning gaz 
pufagi va undagi suyuqlik sathini ko’rish mumkin; chambar ichakning chap 
yarmi ham odatda ozrok miqdorda gaz tutadi. Ingichka ichak qovuzloqlarida gaz 
bo’lmaydi. 
Kloyber kosachalarini aniqlash uchun bemorni vertikal holatda turganda 
tekshirish kerak. Biroq bemor ahvolining og’irligidan hamma vaqt bunga imkon 
bo’lavermaydi. Bunday hollarda tekshirishni lateropozitsiyada o’tkazish, ya’ni 
bemorni o’ng yoki chap yonboshi bilan yotgan holatida tekshirish maqsadga 
muvofiq, bunda rentgen nurlari orqa tomondan yunaltirilishi lozim. 
Kloyber kosachalarini joylashishi va shakliga qarab ichak tutilishini joyini 
aniqlash mumkin. To’siq ingichka ichakda bo’lsa Kloyber kosachalari kichik 
bo’lib, suyuqlik sathining gorizontal kengligi uning ustidagi gazning vertikal 
o’lchamidan uzun bo’ladi. Gaz fonida shilliq qavat burmalari yaxshi ko’rinadi 
(Kerkring burmalari). Ular spiral shakllga ega bo’ladi. Kloyber kosachalari 
ko’proq qorin bo’shlig’ining o’rtasida joylashgan bo’lib, soni ko’p bo’ladi. 
Yo’g’on ichak tutilishida Kloyber kosachalari qorin bo’lig’ining chetlarida 
joylashib, soni kam bo’ladi. Suyuqlik sathining gorizontal kengligi uning 
ustidagi gazning vertikal o’lchamidan qisqa. 
Dinamik ichak tutilishida gorizontal suyuqlik sathilar ham ingichka, ham 
yo’g’on ichakda bo’ladi. 


427 
92-rasm. Kloyber kosachalari 
Ayrim hollarda rentgenkontrast tekshiruv qilish lozim bo’ladi. Ularga kam 
invaziv irrigoskopiya va yarimstakanli bariy sinamasi kiradi. 
Bu tekshiruvlardan tashqari zond orqali enterografiya qilish ham mumkin. 
Bunda kontrast modda to’g’ridan-to’g’ri o’n ikki barmoqli ichakka tushadi va 
oshqozonda kontrast moddani turib qolishlardan ozod qiladi. 
Hozirgi kunda o’tkir ichak tutilishi tashxisi qo’yishda ultratovush 
tekshiruvlari (UTT) qo’llanilyapti. UTT da ichak bo’lig’ida ichak maxsuloti 
yig’ilib qolganini aniqlash mumkin. 
Qonni tahlil qilganda degidratatsiya va gemokontsentratsiya belgilarini 
aniqlash mumkin – gemoglobin va eritrotsitlar ko’pligi, gematokritni oshishi. 
Kasallikni ohirgi bosqichlarida esa leykotsitoz va EChTni oshishi kuzatiladi. 
Qonni tahlil qilganda ko’proq uning elektrolitlar miqdori axamiyatga ega. Unda 
kaliy va xloridlar miqdorini kamayib ketganligi hamda kislota-ishqoriy muxitni 
alkalozga (kasallik boshlanish davrida) yoki atsidozga (kasallik rivojlanish 
davrida) o’zgarganligi aniqlanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish