387
Kasallik differentsial diagnozi dizenteriya, proktit, Kron kasalligi bilan
o’tkaziladi.
Davolash.
Konservativ
davo oqsilga boy, uglevodlar va sutni cheklovchi
parhezdan, desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dori vositalari (dimedrol,
pipolfen, suprastin, tavegil), vitaminlar (A, E, C, K, B guruh), bakteriostatik
preparatlardan (etazol,
ftalazol, sulgin, enteroseptol) tashkil topadi. Bundan
tashqari, salazopiridazin antimikrob va desensibilizatsiyalovchi ta’sir ko’rsatib,
juda yaxshi natija beradi. Davo natijasiz bo’lgan xolatlarda davoga steroid
gormonlarni (prednizolon, deksametazon) qo’shish maqsadga muvofiqdir.
Xirurgik davo kasallik asoratlari yuzaga kelganda, ya’ni,
profuz qon
ketganda, ichak perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida qo’llaniladi. Bundan
tashqari, operativ davo kasallikning uzluksiz va retsidivlovchi shakllarida,
konservativ davo natija bermaganda, rak rivojlanganda ham qo’llaniladi. Ichak
toksik dilyatatsiyasida ileo- yoki kolostomiya amaliyoti bajariladi. Qolgan
xolatlarda zararlangan
ichak qismi rezektsiyasi, kolektomiya yoki ileostomiya
bilan yakunlanuvchi koloproktektomiya amalga oshiriladi.
Chambar ichak divertikullari va divertikulyozi
Tug’ma divertikullar embrional davrda gistogenezning buzilishi oqibatida
yuzaga keladi. Orttirilgan divertikullar esa, ichak mushak qavati defektlaridan
shilliq qavatning bo’rtib chiqishi natijasida rivojlanadi (sohta divertikul). Ichak
devorida mushak qavati uning ko’ndalang yo’nalgan
tasmalari orasida sust
rivojlanganligi tufayli shu erda paydo bo’ladi. Ayniqsa, ichak devorida qon
tomirlar kiradigan teshiklari sohasida divertikullar ko’p uchraydi. Divertikullar
kelib chiqishida ichakdagi yallig’lanish jarayoni, qabziyat muhim rol o’ynaydi.
Kasallik aksariyat 40 yoshdan oshgan odamlarda ko’p uchraydi. Divertikullar 3-
5 mm li bo’yinchasi va diametri 0,5-1,5 sm bo’lgan tanasiga ega bo’rtmalardan
iborat. Ko’pincha divertikullar sigmasimon va pastga tushuvchi chambar ichak
(68%) larda kuzatiladi. divertikul kattalashavergach, uning devori yupqalashib,
388
shilliq qavati atrofiyaga uchraydi va natijada najasning shu joylarda turib qolishi
oqibatida eroziyalar, yaralar hamda divertikulitlar rivojlanadi (83-rasm).
83-rasm. Yo’g’on ichak divertikuli endoskopik ko’rinishi.
Divertikulyoz klinik belgilarisiz kechib, yallig’lanish jaryoni
(divertikulitlar) rivojlanishi bilan qorin pastida og’riq, qabziyatning ich surishi
bilan
almashinib kelishi, ishtaha pasayishi, ko’ngil aynishi, ba’zan qayt qilish
bilan ifodalanasa, keskin yallig’lanish jarayoni
tana haroratining subfebril
bo’lishi, qorindagi og’riqlarning intensivliligining ortishi, leykotsitoz bilan
namoyon bo’ladi. Qorinni paypaslaganda zararlangan soha ustida kuchli og’riq,
mushaklar biroz tarangligi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: