Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

DIAFRAGMA KASALLIKLARI 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Diafragma (diaphragma – yunoncha «to’siq») yoki to’sh-qorin to’sig’i, 
ko’krak bo’shlig’i a’zolarini qorin a’zolaridan ajratib turadi. U yassi yupqa 
mushakdan iborat bo’lib, uning tolalari ko’krak qafasining pastki gumbaz 
qismining butun doirasi bo’yicha boshlanib, yuqoriga boradi va radial holda pay 
tizmasiga o’tib, o’ng va chap tomondan ko’krak bo’shlig’iga chiqib turadigan 
gumbazsimon qabariqlar hosil qiladi. Shunga muvofiq holda diafragmada ikkita 
qism farq qilinadi: markaziy pay qismi va chekka-mushak qismi. Keyingisi yana 
uch qismga: to’sh, qovurg’a va bel qismlariga bo’linadi. 
Diafragmaning ko’krak qismi biroz nozikroq ifodalangan bo’lib, ba’zi 
hollarda esa, hatto bo’lmasligi mumkin. Odatda u to’sh-xanjarsimon o’sig’ining 
ichki yuzasi va qorin to’g’ri mushaklari qinining orqa varag’idan boshlanadigan 
bir necha kalta tutamlardan iborat bo’ladi. Diafragmaning bu qismi kletchatka 
bilan to’lgan kichkina va tor uchburchak yoriq – ko’krak-qovurg’a bo’shlig’i 
yoki Larrey uchburchagi bilan qovurg’a bo’limidan ajralgan bo’ladi. 
57-rasm. Diafragma (ko’krak qafasi tomonidan ko’rinishi): 


237 
1 – ko’krak qismi; 2 – qovurg’a qismi; 3 – bel qismi; 4 – aorta; 5 – ko’krak limfatik yo’li; 6 
– qizilo’ngach; 7 – adashgan nervlar; 8 – pastki kovak vena; 9 – qorin nervlari, 
simpatik tutamlar; 10 

Larrey-Morgani yorig’i; 11
-
Boxdalek yorig’i. 
Qovurg’a qismi VII-XII qovurg’alar tog’aylarining ichki yuzasidan 
ko’ndalang qorin mushagi o’siqlari bilan navbatlashadigan alohida mushak 
tutamlaridan boshlanadi, so’ngra yuqoriga ko’tarilib pay markaziga o’tadi va 
diafragma gumbazlarining kattagina qismini hosil qiladi. 
Qovurg’a qismi, Boxdalek uchburchagi nomini olgan boshqa, huddi 
shunday uchburchak yoriq vositasida diafragmaning kuchliroq ifodalangan bel 
qismidan ajratilgan. 
Diafragmaning bel qismi har tomonlama uchta mushak “oyoqcha”lar: 
tashqi, oraliq va ichki “oyoqcha”lardan tashkil topgan bo’ladi. Diafragmaning 
qizilo’ngach teshigi ko’pchilik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga binoan uning 
asosan o’ng ichki “oyoqcha”si hisobiga hosil bo’ladi. Qizilo’ngach teshigi 
barcha tomoni berk tog’orasimon shaklga ega bo’lib, XI ko’krak umurtqasi 
sathida, aksariyat o’rta chiziqdan birmuncha chap tomonda joylashadi. 
Diafragma qizilo’ngach teshigining eni normada 1,0 sm dan 3 sm gacha 
bo’lib, uzunligi esa 3,5 dan 6 sm gacha kattalikka ega bo’ladi. Diafragmaning 
qizilo’ngach teshigi orqali qizilo’ngachdan tashqari, chap va o’ng adashgan 
nervlari o’tadi. 
Diafragma o’pka bilan tutashgan joylarda va diafragmal-mediastinal, 
hamda diafragmal-qovurg’a sinuslar sohasida plevra bilan qoplangan bo’lib, 
uning payidan, qorin ichi fastsiyasining bir qismi hisoblangan biriktiruvchi 
to’qima plastinkasi boshlangan bo’ladi. 
Diafragmani juft mushak – diafragmal arteriya (a. musculophrenica) lar va 
aortaning juft tarmoqlari: yuqorigi diafragmal arteriya va oltita pastki 
qovurg’alararo arteriyalar orqali qon bilan ta’minlanadi. Diafragmaning asosiy 
arteriyalari o’ng va chap pastki diafragmal arteriyalar bo’lib, ular aslini olganda 
butun diafragmani u yopishgan chiziq bo’ylab vaskulyarizatsiya qiladi. 


238 
Ko’p sonli limfatik tomirlar diafragma qatlamlariga muvofiq joylashgan 
to’rlar hosil qiladi. Diafragmadan limfa oqishi, uning mushak-pay elementlari 
qisqarishi tufayli, ko’p sonli limfatik tugunlar vositasida ruy beradi. 
Diafragma ikkita diafragmal nervlar (nn. phrenici), ikkala tomondagi oltita 
pastki qovurg’alararo nervlar (n. intercostalis) tarmoqlaridan innervatsiya 
qilinadi, shuningdek o’ng va chap diafragmal chigallaridan nerv tolalarini oladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish