Xirurgik kasalliklar


Oyoqlardagi surunkali limfostaz (filoyoq kasalligi)



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Oyoqlardagi surunkali limfostaz (filoyoq kasalligi)


234 
Teri, teri osti kletchatkasi va fastsiyada limfa hosil bo’lishining buzilishi, 
shuningdek limfa oqimining buzilishi bilan bog’liq. Ko’proq ayollarda uchraydi. 
Limfostazning tug’ma va orttirilgan formalari farq qilinadi. Limfostazning 
tug’ma formalari limfatik sistemaning o’sib etilmaganligi bilan
 
bog’liq bo’lgan 
filsimon kasallikning irsiy shakllari ma’lum. 
Orttirilgan yoki ikkilamchi limfostaz rivojlanishiga oyoqlardan limfa oqib 
ketishini qiyinlashtiradigan omillar sabab bo’ladi: jarrohlik amaliyotidan keyin 
qolgan chandiqlar, yumshoq to’qimalarning o’smalari, limfatik tomirlar olib 
tashlangandan keyin uning zonasidagi o’zgarishlar, nur bilan davolash, teridagi, 
teri osti kletchatkasidagi limfatik tomir va tugunlardagi shikastlanishlar, saramas 
yallig’lanishi, limfangoit va limfadenitlar shular qatoriga kiradi. 
Klinikasi va diagnostikasi. Kasallik kechishida ikkita bosqich farq qilinadi. 
Birinchi bosqich – limfedema bosqichi barmoqlar asosida, oyoq panjasi 
orqasida, boldir-tovon bo’g’imi sohasida shishlar paydo bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Shish yumshoq, og’rimaydi, ertalab dam olib turilgandan keyin 
yo’qoladi. Shishgan to’qimalar ustidagi teri osongina burmalar hosil qilib 
yig’iladi. 
Ikkinchi bosqichi – fibredema bosqichi bir necha yildan keyin yuz beradi. 
Shish oyoqning proksimal bo’limlariga tarqaladi, zich va doimiy bo’lib qoladi, 
uzoq vaqt gorizontal holatda bo’lishda ham yo’qolmaydi; terini burma qilib 
yig’ib bo’lmaydi. Oyoq hajmi kattalashadi, shakli o’zgarib qoladi, ish qobiliyati 
pasayib ketadi. Terida giperkeratoz va giperpigmentatsiya rivojlanadi. 
So’galsimon o’sib qalin tortgan tuzilmalar hosil bo’ladi. Filoyoq kasalligi 
yoriqlar va yaralar bilan zararlanganda mo’l limforeya kuzatiladi. Zararlangan 
oyoq aylanasi sog’lom oyoqdan 30-40 sm ga oshgan bo’ladi. 
Bevosita limfografiya – limfogrammalar asosida uzil-kesil tashxis 
qo’yishga imkon beradi, zararlangan oyoqda limfa oqadigan yo’llar ko’riladi, 
limfostazning ikkilamchi formalarida to’siq borligi va darajasi aniqlanadi. 
Davolash. Konservativ davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1) oyoqni elastik bintlar bilan bintlash, elastik paypoqlar kiyish; 


235 
2) to’qimalar trofikasini (vitamin B
1
, C, riboflavin), qon aylanishini 
(galidor, no-shpa), mikrotsirkulyatsiyani (trental, nikotin kislotasi, komplamin) 
yaxshilaydigan preparatlar; 
3) desensibilizatsiya qiladigan vositalar (suprastin, tavegil, dimedrol); 
4) yallig’lanishga qarshi davolash (nimesil, dikloberl, reopirin); 
5) gialuronidaza ta’siri bor preparatlar (lidaza) va biologik stimulyatorlar 
(shishasimon tana), hamda fermentlar (vobenzim, flobenzim); 
6) davolash jismoniy tarbiyasi, fizioterapevtik va balneologik davolash. 
Konservativ davolash vaqtincha naf beradi. Filsimon kasallikni davo 
qilishning ishonchli usuli jarrohlik usuli hisoblanadi. 
Zararlangan tomondagi sklerotik o’zgargan teri osti yog’ to’qimasi va 
fastsiyasini qisqa kesib qilinadigan plastik jarrohlik amaliyotlari qo’llaniladi. 
Biroq bu jarrohlik amaliyoti shikastlantiruvchi, unda yog’ emboliyasi 
rivojlanishi, teri laxtagi jonsizlanishi va kasallikning qaytalanish xavfi bo’ladi. 
Jarrohlik amaliyotlarining ikkinchi guruhi yuzaki limfatik tomirlar va teri 
osti venalari tarmoqlari o’rtasida skarp uchburchagi sohasida yoki taqim 
chuqurchasi sohasida mikrojarrohlik usulida limfo-venoz anastomozlar 
qo’yishdan iborat. 
Odatda 6-10 ta limfo-venoz anastomozlar qo’yiladi. Bu jarrohlik amaliyoti 
patogenetik jihatdan asoslangan va zararlangan oyoqdan limfa oqib ketishini 
yaxshilashga qaratilgan. Bunday amaliyotga mikrojarrohlik va limfografiyani 
joriy qilinishi tufayli muvaffaq bo’lindi. 


236 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish