Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston
Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar organlari Yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan
takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 23 maydagi PQ-2992-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat Yong‘in xavfsizligi xizmatining tizimini,
asosiy
vazifalarini, funksiyalarini, huquqlari va mas’uliyatini, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat Yong‘in xizmati bo‘linmalarini tashkil
etish va moliyaviy ta’minlash tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat Yong‘in
xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda Yong‘in xavfsizligi xizmati deb ataladi) odamlarning
haYoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni
Yong‘inlardan
himoya qilish, aholi punktlarida, boshqa hududlar va ob’ektlarda Yong‘in
xavfsizligini talab darajasida saqlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida davlat Yong‘in
nazoratini tashkil etish va amalga oshirish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan
boshqaruv organlari, kuch va vositalari majmuidir.
3. Yong‘in xavfsizligi xizmatining faoliyati qonuniylik, birdamlik,
fuqarolarning huquq,
erkinlik va qonuniy manfaatlariga rioya etish, hurmat va himoya qilish, ochiqlik va shaffoflik,
yakkaboshchilik, Yong‘inlarga qarshi tezkor va o‘z vaqtida chora ko‘rish tamoyillariga muvofiq
amalga oshiriladi.
4.
Yong‘in
xavfsizligi
xizmati
o‘z
faoliyatida
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal
qiladi.
5. Yong‘in xavfsizligi xizmati tizimi quyidagi asosiy bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in
xavfsizligi bosh
boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi deb ataladi);
Yong‘in xavfsizligi xizmatining tezkor-xizmat faoliyatini ta’minlovchi, bevosita Yong‘in
xavfsizligi bosh boshqarmasiga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar (Yong‘inni o‘chirish kuch va
vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va aloqa,
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlash, boshlang‘ich tayYorgarlik va malaka oshirish
markazlari, murakkab Yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadi,
Navoiy KMK Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, xo‘jalik ta’minoti bo‘limi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar
Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, viloyatlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi
o‘rinlarda hududiy Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari deb ataladi) va alohida muhim ob’ektlardagi
(keyingi o‘rinlarda ob’ektlardagi Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari);
hududiy bo‘linmalarning tezkor-xizmat faoliyatini ta’minlovchi bevosita hududiy Yong‘in
xavfsizligi boshqarmalariga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar (Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini
boshqarish va muvofiqlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa, Yong‘in
xavfsizligi targ‘ibot markazlari, Yong‘in-texnik laboratoriyalari, texnik-xizmat otryad (qism)lari);
tuman (shahar) Yong‘in xavfsizligi bo‘lim (bo‘linma)lari (keyingi o‘rinlarda hududiy
Yong‘in xavfsizligi bo‘lim (bo‘linma)lari deb ataladi) va alohida muhim ob’ektlaridagi Yong‘in
xavfsizligi bo‘lim (bo‘linma)lar (keyingi o‘rinlarda ob’ektdagi Yong‘in xavfsizligi bo‘lim
(bo‘linma)lari deb ataladi), ushbu bo‘lim (bo‘linma)lar tarkibiga quyidagilar:
Yong‘inlarning oldini olish va nazorat qilish bo‘linma (guruh)lari;
tuman (shahar), aholi yashash punktlarida va alohida muhim ob’ektlarda Yong‘inni
o‘chirishni ta’minlovchi harbiylashtirilgan va professional qismlar kiradi.
6. Yong‘in xavfsizligi xizmati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vaziri
tomonidan tasdiqlanadigan Yong‘in xavfsizligi xizmati faoliyati hususiyatini aks ettiruvchi ramziy
belgiga ega bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: