9-Mavzu. Yong‘indan saqlash xizmati, uning turlari, asosiy vazifalari. Reja


-bob. Yong‘in xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari



Download 299,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.04.2022
Hajmi299,51 Kb.
#581266
1   2   3   4
Bog'liq
9-Mavzu. Yong‘indan saqlash xizmati, uning turlari, asosiy vazifalari.

2-bob. Yong‘in xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari 
7. Quyidagilar Yong‘in xavfsizligi xizmati asosiy vazifalari hisoblanadi: 
Yong‘inlar profilaktikasini tashkil etish va o‘tkazish; 
Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda aholi yashash 
punktlarida va boshqa hudud va ob’ektlarda Yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlash; 
Yong‘inlarni o‘chirishni tashkil etish, Yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik 
va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish, shuningdek atrof tabiiy muhitni Yong‘inlardan 
himoya qilish; 
Yong‘in xavfsizligi xizmati bulinmalari xodimlari malakasini oshirish, ularni tayYorlash 
va qayta tayYorlashning samarali tizimini yaratish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tartibini 
takomillashtirish. 
8. Yong‘in xavfsizligi xizmati o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi: 
a) Yong‘inlar profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi; 
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga 
oshirilishini tashkil etadi; 
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab 
chiqilishida ishtirok etadi; 
texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoida va boshqa Yong‘in xavfsizligi talablarini 
o‘z ichiga olgan normativ hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi; 
Yong‘in xavfsizligi sohasida Yong‘inga qarshi targ‘ibotni, o‘qitishni va axborot bilan 
ta’minlashni amalga oshiradi; 
Yong‘inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi; 
Yong‘in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi; 
belgilangan tartibda Yong‘in xavfsizligi sohasida litsenziyalashni amalga oshiradi va 
sertifikatlashtirishda ishtirok etadi; 
modda, materiallar, buyum va asbob-uskunalarning Yong‘in xavfsizligini hamda Yong‘in-
texnik mahsulotlarni tadqiq qilish va sinash ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi; 
b) Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish 
hamda aholi yashash punktlarida, boshqa hudud va ob’ektlarda Yong‘in xavfsizligini talab 
darajasida saqlash sohasida:
davlat Yong‘in nazoratini amalga oshiradi; 
Yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan Yoki bunday talablar 
mavjud bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa ob’ektlarni qurish, mukammal 
ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha 
hujjatlarining Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‘rib chiqadi; 
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek 
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalari 


ishida ishtirok etadi; 
ob’ektlarning qo‘riqlanishini, shu jumladan alohida muhim davlat ahamiyatiga molik Yoki 
Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda (keyingi o‘rinlarda alohida muhim ob’ektlar 
deb ataladi) belgilangan tartibda ta’minlaydi; 
v) Yong‘inlarni o‘chirishni tashkil etish, Yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda 
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish, shuningdek atrof tabiiy muhitni 
Yong‘inlardan himoya qilish sohasida:
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini Yong‘inni o‘chirish texnikasi va boshqa 
texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnik siYosatni amalga oshiradi; 
Yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, Yong‘in xavfsizligi garnizon va smena xizmatini olib 
borish me’yoriy hujjatlarini hamda Yong‘inni o‘chirish bulinmalari faoliyatini belgilovchi 
hujjatlarni ishlab chiqadi; 
Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini jalb etishning tezkor va boshqa rejalari ishlab 
chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlaydi; 
texnogen xavf, portlash va Yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan zonalar (ob’ektlar) bo‘yicha 
davlat kadastri yuritilishini amalga oshiradi; 
barcha turdagi Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining Yong‘inlarni o‘chirishga 
shayligi holati va Yong‘inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini 
amalga oshiradi; 
boshqa turdagi Yong‘indan saqlash xizmatlari, vakolatli organlar, avariya-ta’mirlash va 
boshqa shoshilinch xizmatlar bilan Yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etishni ta’minlash 
bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi; 
Yong‘in xavfsizligi xizmatining fuqaro muhofazasi, Yong‘indan saqlash xizmatining 
fuqaro muhofazasi maxsus tuzilmalarining jangovar va safarbarlik tayYorgarligi tadbirlarini 
tashkil etadi, shuningdek favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish tizimida 
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha funksiyalarni bajaradi; 
idoraviy va ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisobotini yuritadi; 
g) Yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni 
tayYorlash va qayta tayYorlashning samarali tizimini yaratish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qo‘yish tartibini takomillashtirish sohasida:
Yong‘in xavfsizligi xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalari tizimida kadrlarni 
tanlash, joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi; 
Yong‘in xavfsizligi va Yong‘indan saqlash xizmati boshqa turlarining shaxsiy tarkibining 
dastlabki kasbiy, psixologik, jismoniy tayYorgarligi va malakasi oshirilishini hamda Yong‘in 
amaliy sporti rivojlantirilishini ta’minlaydi; 
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xalqaro hamkorlik 
boshqarmasi vositachiligida Yong‘in xavfsizligi sohasi bo‘yicha, shu jumladan Yong‘in 
xavfsizligi xizmatining ofitserlar tarkibini tayYorlash va ularning malakasini oshirish masalasi 
bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliy Yong‘in-texnik ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni 
amalga oshiradi. 
Yong‘in xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi. 

Download 299,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish