Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Vakuum filtrlar.
Ta’mirlash va montaj qilish texnologiyasini belgilab 
beruvchi vakuum filtrning konstruksiyasi filtrlash chegaralari harakati va 
taqsimlovchi mexanizm qurilmasi xarakteriga bog‘liq. 
Barabanli vakuum-filtrni kontrol yig‘ishdan sо‘ng, rostlangandan sо‘ng 
va sinovdan о‘tgandan sо‘ng tayyorlovchi korxona tomonidan keltiriladi. 
Filtrlarni montaj qilishni filtr qobig‘ining quyi koritosini fundamentga 
о‘rnatishdan boshlanadi, u barabandan tushayotgan barcha yuklamani qabul 
qiladi. Koritosini chekka devorlaridan stropovka qilinadi va traversaga osib 
qо‘yiladi, sо‘ng uning ajratkichi tekisligiga qarab qat’iy gorizontalligini 
tekshiramiz. Oxirgi tekshirish boltlarini mahkamlangandan sо‘ng amalga 
oshiriladi. 
Barcha detal va qismlarning ishqalanuvchi yuzalarini konservatsion 
(muhofazalovchi) maydon tozalanib, kerosin bilan yuvilib sо‘ngra quritiladi. 
Koritoning har ikki tomonidan fundamentga yokm ramaga chiqib turadigan 
podshipniklar joylashtiriladi, ularni shunday joylashtiriladiki, ularga baraban 
о‘rnatilgandan sо‘ng barabaning, qobiqning va podshipnik quymalarining 
о‘qdoshligi qat’iy saqlangan bо‘lsin. Yuritma tomonidan chervyakli reduktor 


146 
о‘rnatiladi, uning qobig‘iga barabanning uchlariga chervyakli xalqa ilingan 
sapfasi kirib turishi kerak. 
Chervyakli g‘ildirak va chervyak ilashishi sifatini tekshirilgandan sо‘ng 
reduktor oxirgi marta mahkamlanadi. 
Baraban о‘qi qiyshayib ketishi va boshqa shikastlanishlarni oldini olish 
maqsadida barabanni faqatgina traversa yordamida kо‘tariladi. Podshipniklarga 
о‘rnatishda baraban massasi va gabarit о‘lchamlari kattaligini hisobga olgan 
holda zarbalarga duch kelishini oldini olish zarur. Sistema zichligi qobiqdan 
sapfalar chiqishidagi salniklarni yig‘ish aniqligiga bog‘liq. Shuning uchun 
salnik qobig‘ini koritoga boltlar yordamida baraban о‘qini natijaviy 
tekshiruvidan sо‘ng va tepkili tо‘lqinlanishini bartaraf qilingandan sо‘ng 
qotiriladi. 
Taqsimlovchi qurilmani zonalarni taqsimlash sxemasiga mos hollarda 
rostlash va kо‘rish juda katta aniqlikni talab qiladi. Taqsimlovchi kallak 
toretsini sapfa diskiga siqib buruvchi prujinalar bir tekisda tortilgan bо‘lishi 
kerak. Bu qiyshayishni oldini oladi va suyuqlik kirib qolishi va havo surilishini 
oldini olish imkonini beradi. 
Baraban yuritmasini (reduktorli yoki variatorli elektr yuritkich) va 
shikni,
filtr qobig‘i qopqog‘ini shuningdek, truba quvurlarni yig‘ish о‘rnatilgan 
tartibda о‘sha brigadaning о‘zi amalga oshiriladi. 
Chо‘kmani ajratib olish uchun pichoqni ajratib olinadigan qatlam butun 
uzunlik bо‘ylab bir xil qalinlikda bо‘ladigan qilib о‘rnatiladi. 
Barabanni filtrlovchi mato bilan ustidan tortish – filtrni ekspluatatsiyaga 
tushirishda eng oxirgi operatsiya hisoblanadi. Bu operatsiyani kо‘pincha 
ekspluatatsiya va ta’mirlash vaqtida bajarishga tо‘g‘ri keladi. 
Baraban yuzasini ikki qavat setka: avval legirlangan pо‘lat simdan 
yasalgan yirikroq setka, sо‘ng fosforsimon-bronzali simdan tо‘qilgan mayda 
setka tortib yopiladi. Birinchi setka filtratni yoki yuvuvchi suyuqlikni surib 
olish uchun, shuningdek, inert gazni uzatish uchun ishlatiladi, ikkinchi setka 
esa, asos hisoblanib, unga filtrlovchi material qoplanadi. Filtrlovchi mato 
barabanga tortib yopiladi, hamda baraban yuzasidagi bо‘ylama va chetki 
pazlarda mahkamlanadi, bu pazlar «qaldirg‘och dumi» shaklida yasalgandir. 
Pazlarga mato alyuminiyli yoki qо‘rg‘oshinli simlar yordamida chekanka qilib 
mahkamlanadi. Mato baraban yuzasiga zich yotishi uchun uni baraban 
setkasiga diametri 2 mm bо‘lgan berilliy-bronzadan yasalgan sim bilan siqiladi, 
bu simlar baraban uzunligi bо‘ylab spiralsimon о‘ralgandir. Yetarli darajada 
chо‘zilishi mumkin bо‘lgan simni bir tekis tushashga erishish uchun maxsus 
о‘rash qurilmasi qо‘llaniladi, u vinti yordamida filtrning aylanayotgan barabani 
bо‘ylab siljiydi, bu vint yuritmaning о‘z holicha harakatlanishidan siljiy 
boshlaydi. 
Ta’mirlashni boshlashdan oldin mahsulotdan va yuvilgan filtr (korito 
bilan birgalikda) inert gaz yordamida obdon puflab tozalanadi. 
Sapfa orqali о‘tadigan vestovaya trubasidan suyuqlikning oqib 
chiqishini, baraban qobig‘i va ichki birlashtiruvchi trubalar payvandlarining 
buzilganligidan darak beradi. Defektlarni aniqlash uchun va ularni bartaraf 


147 
qilish uchun qobiq ochiladi va avval baraban sо‘ngra komunikatsiyalar 
gidravlik sinaladi. 
Nuqsonlarni oson aniqlash uchun barabanning havo bilan gidravlik sinov 
qilinayotgan maxsus uchastkalari aylanayotgan holida suvga tushiriladi. Suv 
ichki koritoga tо‘ldirilgan bо‘ladi. Ichki kо‘rik va barabanning toretslarida 
ta’mirlash ishlari olib borish uchun lyuk-lazlar ochiladi. Quyidagi ta’mirlash 
ishlari keng tarqalgan: 
Sim о‘ramlarini tortish; qobiq toretslaridagi salnik tiqinlari va filtrlovchi 
matoning buzilgan chekanka uchastkalarini qayta tiklash, moy uzatkichlarni
shnek podshipniklarini va reduktorlarni ta’mirlash. Taqsimlagich qurilma 
zolotnigini planshaybaga zichlab yotkizilishini ta’minlash uchun shabrovkaga 
murojaat qilinadi. Yig‘ilgandan sо‘ng prujinalanuvchi qisqichlarning 
stakanlarini yengil aylanishi va tebranishi mavjud emasligi tekshiriladi. 
Montajdan sо‘ng,shuningdek podshipniklarni, reduktorlarni va ba’zi bir 
boshqa qismlarni ta’mirlab bо‘lgandan sо‘ng filtrlarni yо‘riqnomaga muvofiq 
avval yuksiz holatda , sо‘ngra yuklama ostida chiniqtiriladi. 
Filtrlаsh prоsessi dаvriy vа uzluksiz ishlаydigаn filtrlаrdа оlib bоrilаdi. 
Neftni qаytа ishlаsh sаnоаtidа аsоsаn rаmаli filtrpresslаr, bаrаbаnli vаkuumfiltr 
vа filtrlаr ishlаtilаdi. 
1.Qo’zg’аlmаs plitа; 
2.Rаmа; 
3.Qo’zg’аluvchаn plitа; 
4.Vаl; 
 
5.Tаyanchli оyoqlаr; 
6.Gidrаvlik press. 
Filtrpress rаmа vа 
plitаlаrdаn ibоrаt bo’lib, 
ulаr ketmа-ket qilib vаlgа 
o’rnаtilаdi. Rаmа bilаn 
plitаning оrаsigа filtr to’qimаlаr quyilаdi. Rаmа bilаn plitаlаrning sоni 22 tаdаn 
46 tаgаchа bo’lаdi. Filtrаsiya prоsessi quyidаgi bоsqichlаrdаn ibоrаt bo’lаdi. 
1. 
Filtrlаsh; 
2. 
Cho’kmаning hоsil bo’lishi; 
3. 
Cho’kmаni аjrаtish; 
4. 
Cho’kmаni vа filtr to’qimаlаrini quritish. 
Kаmchiligi - ko’p qo’l meхnаti sаrf bo’lаdi. 


148 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish