175
Ma’ruza-№17,18,19,20. Separatorlar.
Reja:
1.
Separatorlarning asosiy turlari.
2.
Gaz separatorlari.
3.
Neftgaz separatorlari.
Tayanch so’zlar va iboralar:
separator, neft
gaz separator, gaz separator,
inertsion to’siq
,
filtratsion-to’rli
,
jalyuzali to’siq
,
gravitatsion sektsiya.
Kon qurilmalarida gazni tashishga tayyorlashda gazning tarkibidan har
qanday usullarda suvni va suyuqlik komponentlarini ajratib olishda
aralashmadagi komponentlarning har xil fizik xossalariga asoslangan tartibda
ta’sir etuvchi ajratgichlarning konstruksiyalari qо‘llaniladi. Gazni suyuqlik
tomchilaridan va mexanik aralashmalardan ajratishda
gravitatsiyali va inersion
prinsipli ajratgichlar kо‘proq qо‘llaniladi.
Konstruktiv jihozlanishi bо‘yicha
– ajratgichlar inersion tartibda
qо‘llanilishiga muvofiq ikki turga bо‘linadi:
jalyuzli
– gazdan suyuqlik gaz
oqimini yо‘nalishini kо‘p marta о‘zgartirish hisobiga ajraladi;
siklonli
– gazni
buralma oqimini hosil qilish orqali amalga oshiriladi.
Geometrik shakliga muvofiq
– ajratgichlar tik, yotiq va sferik kо‘rinishda
bо‘ladi. Bu konstruksiyalarning har biri ma’lum afzallik va kamchiliklarga ega.
Tik ajratgichlar
– oqimning pulsatsiyasida yaxshi ishlaydi va yengil
tozalanadi. Suyuqlik maydonining yuzasini
kichikligi boshqa turdagi
ajratgichlarga nisbatan suyuqlikni teskari bug‘lashini keskin kamaytiradi. Tik
ajratgichlarning afzalligi – suyuq fazaning chiqib ketishida sath rostlagich ishi
ishonchlidir.
Yotiq ajratgichlar
– tashishda qulayligi, katta hajmdagi gazlarni ishlashda
tejamkordir. Bir xil о‘tkazuvchanlikda yotiq ajratgichning diametri tik ajratgich
diametridan kichik bо‘ladi.
Ajratgichlar
turlariga bog‘liq bо‘lmagan holda ajratgichlarga,
koagulyatsiyali (chо‘kindi hosil qiluvchi) va yig‘ma seksiyali bо‘ladi.
Ajratuvchi seksiyali
– shartli holda birlamchi va ikkilamchi turlarga
ajratishi mumkin.
Birlamchi
seksiya gazning
tarkibidan asosiy yirik
suyuqlikning dispers massasini ajratadi. Uning ish samaradorligini oshirish
uchun kirishdagi quvurcha tangensial holda joylpashtiriladi. Bunda gaz oqimi
tо‘g‘ri kiritilganda oqimning oldiga sachratuvchi (tarqatuvchi) tо‘siq о‘rnatiladi.
Oqimning tangensial kirib kelishida suyuqlik gazdan markazdan qochma kuch
ta’sirida ajraladi va tо‘g‘ri oqim yо‘nalishini о‘zgartiradi.
Ikkilamchi ajratish yoki chо‘kma seksiya
– suyuqlikni о‘rtacha despers
qismini ajratishga mо‘ljallangan. Ajratishning ososiy
prinsipi gazning kichik
tezligida gravitatsiali chо‘ktirishga asoslangan. Gravitatsiyali chо‘ktirishda
asosiy talab oqimni turbulentligini kamaytirish uchun ajratgichlarning ba’zi bir
konstruksiyasida .oqimni tо‘g‘rilovchi maxsus moslamalar о‘rnatiladi.
176
Koagulyatsiya seksiyasi (tuman ekstratori
) - chо‘ktiruvchi seksiyalarga
chо‘kmagan juda kichik suyuqlik tomchilarni ushlab qolish uchun xizmat qiladi.
Mayda tomchilarni koagulyatsiyalash va ushlab qolishda har xil turdagi jalyuzli
nasadkalardan foydalaniladi. Ularda ajratadigan muhit bilan katta kontakt yuzasi
hosil qilinadi va inersion kuchdan foydalaniladi. Kichik о‘lchamdagi tomchilar
(diametri 100 mkm.dan kichik) jalyuz nasadkasi yordamida olib chiqib ketiladi
va simli tо‘rlardan tashkil topgan kapillyarli tuman ekskatorida ushlab qolinadi.
Yig‘ma seksiya
– ajratilgan suyuqliklarni tо‘plash va chiqarib ketish uchun
xizmat qiladi. U yetarli kattalikdagi hajmga ega bо‘ladi va qulay
joylashtirilishi, ajratgich tо‘xtovsiz oqimda normal
ishlashi hamda ajratilgan
suyuqlik gazning oqimiga ta’sir qilmasligi kerak. Tomchilarni koagulyatsiya
jarayoni nobarqaror bо‘lib, uning barqarorlashishi uchun aniq vaqt talab
qilinadi. Tomchilarning о‘lchami 10
-5
sm.gacha bо‘lganda
Broun
harakatiga
ega bо‘ladi, undan yuqorida esa – turbulent oqim bо‘ladi. Ma’lumki, gazning
zichligi suvning zichligidan juda ham kichik bо‘lganligi uchun gaz oqimining
turbulentligida tomchilarning о‘lchami 10
-4
sm.dan katta bо‘lganda inersion
kuchlar katta ta’sir kо‘rsatadi va tomchilarning mustahkamlanishi asosan
turbulentli koogulyatsiya natijasida boradi. Tomchilarning о‘sishi
turbulent
pulsatsiya ta’sirida parchalanguncha davom etadi. Shu paytdan boshlab gazning
oqimida tomchilarni yiriklashishi va parchalanish muvozanati о‘rnatiladi. Gaz
suyuqlik tizimida oqim mustahkamligining umumiy nazariyasidan ma’lumki,
suyuqlik tomchisi pardali oqim sirtidan uzilganda az va suyuqlikning tezligini
maksimal qiymati gorizontal quvurlar orqali birgalikda harakatlanganda sodir
bо‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, eng yaxshi gaz
suyuqlik ajratgich – gorizontal quvurning bir qismi bо‘lib,
mualloq tomchini
pardali holatga о‘tkazishini ta’minlashda uning kirish qismiga maxsus qurilma
о‘rnatiladi. Bunday qurilmalarga har xil turdagi buralmalar, qanotchalar,
shneklar va boshqalar kiradi.
Gravitatsion gaz separatorlar gaz-suyuqlik oqimida gazni tomchili,,
aerazol, mayda dispersli va mexanik qо‘shimchalardan tozalash uchun
mо‘ljallangan bо‘lib, yopiqtizimda ishlash uchun mо‘ljallangan xamda о‘zaro
ishqalanib va aylanma xarakatdagi detallarga ega emas.
Separatorlar shartli ravishda qо‘llanilish sohasiga kо‘ra
neftgaz va gaz
separatorlariga bо‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: