177
-tabiiy gazning tarkibidagi kondensat, gidratlar hosil bо‘lishiga qarshi
qо‘llanilgan ingibitorlar va qatlam suvi kabilarning tomchilarin ajratib olish
uchun tо‘rli gaz separatorlari;
-mash’ala gazlarini suyuqlik tomchilaridan tozalash uchun separatorlar.
Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasida suyuqliklar tо‘planadi
va separatorda
hosil qilinadigan bosim va haroratlarning kamayishi natijasida suyuqlik
tarkibida erigan gazlar tо‘liq ajralib chiqadi. Lekin bir qancha miqdordagi gazlar
suyuqlik tarkibida hali qoladi. Shuning uchun bu seksiya ikki qismga ajratiladi,
seksiyaning yuqori qismi uglevodorodli komponentlar uchun va pastki qismida
qatlam suvlari tо‘planadi.
Suyuqliklarning balandliklari sath о‘lchagichlar bilan rostlanib turiladi.
Suyuqliklarni tо‘plash seksiyasi apparat vertikal joylashganda seksiya balandligi
apparat diametriga teng qilib, gorizontal apparatlarda esa apparat diametrining
yarmiga yoki uning 0,75 qismiga teng qilib bajariladi.
Namliklarni ushlash seksiyasi gaz separatorining yuqori qismida
joylashgan bо‘lib, uning vazifasi gaz oqimlari bilan birga yuqoriga
harakatlangan suyuqlik
zarrachalarinini ushlab, ya’ni tutib qolishdir. Bu
seksiyaning konstruksiyalari shvellerlardan, jalyuzalardan, simli tо‘rlardan,
simlar о‘ramidan, hamda perfirlangan bir tekis pо‘lat polosalardan iborat
bо‘lgan qattiq sirtlardan iboratdir. Bu qattiqsirtlarga suyuqlik tomchilari urilib
ushlanib qolinadi va ularning о‘zaro birikib pastgi tushishi hamda pastki
seksiyaga oqib tushishi yuzaga keladi (1-rasm).
Keltirilgan har bir seksiyaning balandliklari,
shuningdek, suyuqlik
tarkibidan gazni ajratib olish darajasi, tomchi ushlash seksiyasidan gaz oqimi
bilan birga chiqib ketadigan suyuqlikning miqdori va gaz oqimi bilan birga
ketadigan suyuqlik miqdori kabi kо‘rsatkichlar qо‘llanilayotgan gaz
separatorining samaradorlik kо‘rsatkichlarini belgilaydi. Keltirilgan
kо‘rsatkichlarning qiymatlari qanchalik kam bо‘lsa qurilmaning ishlash
samaradorligi shunchalik yuqori deb hisoblanadi.
Ba’zi bir vertikal gaz separatorlarida sepatsiyalangan gazni о‘lchash bilan
bir qatorda ajralib chiqayotgan qatlam suvlari
va suyuq uglevodorod ham
о‘lchanadi va shuning uchun u turdagi separatorlani о‘lchash tо‘rli separatorlari
deb ham yuritiladi.
Bu turdagi separatorlarda ba’zi qollarda isitish tizimi qо‘llaniladi. Isitish
tizimining qо‘llanilishi asosiy maqsadi suyuqlik tarkibidagi erigan gazlarning
ajralishini jadallashtirish va kо‘pik hosil bо‘lishi jarayoni oldini olish kabilardir.
Isitish tizimida yonilg‘i sifatida separatorning yuqori qismidan tozalanib
chiqayotgan gazdan foydalaniladi.
178
1- Rasm. Gaz separatorining umumiy tuzilishi. 1-korpus; 2-qopqoq; 3-lyuk; 4-gaz
kirish quvuri; 5-gaz chiqish quvuri; 6-suyuqlik chiqishi.
Separatorda ajralib chiqayotgan separatorning pastki qismidan va neft
yoki gazkondensati yon tomonidan tangensial yо‘nalishda chiqariladi. Lekin
amaliyotda kо‘pgina hollarda nfet-suv aralashmalari separator tub qismidan
birgalikda chiqazib olish konstruksiyalari kо‘p qо‘llaniladi.
Tabiiy gaz
tarkibidan mexanik qо‘shimchalar va suyuqliklar (qatlam suvlari zarrachalari,
og‘ir ulevodorodlar va ingibitorlarnig tarkibidagi qо‘shimchalar) ning
zarachalarini ajratib olish uchun asosan gaz separatorlari qо‘llaniladi. Bu turdagi
separatorlar ta’sir samaradorligiga bog‘liq ravishda gravitatsion, inersion,
jalyuzali, markazdan qochma, tо‘rli va filtrli separatorlarga bо‘linadi ( 2-rasm).
Tabiiy gazni mexanik qо‘shimchalar va suyuqliklardan tozalash uchun
gabarit о‘lchamlari kattaligi va konstruksiyaning og‘irligi tufayli gravitatsion
separatorlar juda kam qо‘llaniladi. Bu о‘rinda inersion separatorlar juda
ustunlikga ega. Chunki tabiiy
gaz juda inersion hisoblanib, uni tozalashda
gazoqim yо‘nalishini о‘zgartirish separatorlar konstruksiyalarida juda yengil
amalga oshirish hamda yо‘analtiruvchi elementlarni qо‘llash odiyligidadir.
179
Inersion turdagi bajarilishga ega bо‘lgan gaz separatorlari konstruksiyalari
bajarilishlari oddiy bо‘lsada ular gaz tozalash samaradorligi bо‘yicha markazdan
qochma va tо‘rli separatorlarga nisbatan kamroq kо‘rsatkichlarga ega.
Gaz separatorlari ichida gazni mexanik qо‘shimchalar va suyuqlik
tomchilaridan tozalash uchun eng samaralisi filtr-separtorlar hisoblanadi.
Inersion, jalyuzli va tо‘g‘ri oqimli markazdan qochma kuch ta’sirida
ishlaydigan separatorlar neft va gaz sanoatida gazlarni tozalash texnologik
jarayonlarida uzoq vaqtlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Oxirgi yillarda esa
filtrli separatorlarning qо‘llanilishiga alohida e’tibor berilmoqda va bunda
filtrlovchi elementlar konstruksiyalari va materiallari yо‘nalishida juda kо‘plab
konstruktiv bajarilishlar ishlab chiqilmoqda.
Gravitatsion separatorlar vertikal (tik) yoki gorizontal joylashgan turlarda
ishlab chiqiladi. Vertikal konstruktiv bajarilishlardagi separatorlarda gaz oqimi
separatorning pastki qismidan yuqori qismiga qarab harakatlanishi qabul
qilingan, oqim tarkibidagi mexanik qо‘shimchalar
va suyuq fazalar esa
gravitatsion og‘irlik va zichliklarining kattaligi hisobiga pastga qarab
harakatlanadi,ya’ni idish tubiga chо‘kadi.
Gorizontal bajarilishdagi separatorlarda esa gaz oqimi gorizontal
yо‘nalishda tashkil etiladi, og‘ir fazalar esa gaz oqimi mobaynida vertikal
qо‘nalishda yuqoridan pastga, ya’ni oqimga perpendikulyar ravishda
harakatlanadi. Gaz separatordan chiqqandan keyin о‘zining noturg‘un harakatini
asta sekin tekis harakatga aylantiradi.
Tabiiy gazning separatorga kirib harakat yо‘nailishini о‘zgartirganida mos
ravishda uning inersionligi ham о‘zgaradi, hamda harakat noturg‘un
harakat
kо‘rinishida bо‘ladi. Gazning noturg‘un harakatdan turg‘un harakatgacha
bо‘lgan vaqti davomiyligi relaksatsiya vaqti deyiladi. Separatorlarda gazning
noturg‘un harakatini turg‘un harakatga aylantirish uchun alohida soha
konstruksiya qilinadi . Ayniqsa bu soha vertikal konstruksiyalar uchun juda
muhim hisoblanadi. Odatda bu sohaning vertikal separatorlardagi balandligi 0,6
m dan yuqori qiymatlarda olinadi, gorizontal separatorlarda esa chо‘kish
sohasining uzunligi 2 m dan katta olinadi.
Jalyuzli separatorlar
jalyuzli nasadkalarbilan jihozlangan bо‘lib, ular egri
srtli listlar kо‘rinishida yig‘ma holda bir biridan biroz masofalarda
joylashtiriladi hamda ularning orasida kanallar kо‘rinishida oraliqlar qoldiriladi.
Ikki fazali oqim, ya’ni suyuqlik va gaz aralashmalari bu oraliqlardan ye u yerda
og‘ir faza inersion kuch ta’sirida chо‘kadi. Separatsiyalash
samaradorligi
jalyuzli paket qilib bir tekis joylashtirish sifatiga bog‘liq bо‘ladi.
180
a) b) d) e) f)
2- rasm. Gaz separatorlari konstruktiv bajarilishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: