instituti qo'lyozm a fondi tajribasini um um lashtirib, magistrantlarga
tushuntirishga harakat qilgan.
Bulardan tashqari yozma manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki
ensiklopedik tamoyili ham mavjud. Biz uning namunasini «O'zbekiston
ensiklopediyasi» va «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi* sahifalarida
ko'rishimiz mumkin.
M ustaqillik davrida m anbashunoslikka oid B.A .A hm edovning
« 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari* va «O'zbekiston tarixi manbalari*
asarlari chop etilgan edi. Olim manbalaming yozilgan tillariga qarab va
yana
huquqiy hujjatlar, yozishmalar, geografiya va kosmografiyaga oid
asarlar, biografik, mem uar asarlar, sayyohlaming, elchilarning esdaliklari
mavjudligini qayd etadi.
B.A.Ahmedovning asarlarida yozma manbalar alohida emas, balki
muallif nomi ostida keltirilgan. Bundan tashqari
tarixchi har bir tarixiy
daviga qisqa ta ’rif be^gan. Mazkur darsliklaming ijobiy xususiyati sifatida
ularda daliliy m a’lumotlami ko'pligi, ilmiyligini qayd etish mumkin.
Faqat ularda materiallar akademik nashrlar kabi joylashtirilgan va dars
o'tish xususiyatlari inobatga olinmagan.
A.Habibullayevning «Adabiy m anbashunoslik va matnshunoslik*
qo'llanmasi va A.A.Madraimov tuzgan «Manbashunoslikdan m a’ruzalar
majmuasi* da yozma manbalar to'g'risida talabalarga ma’lumotlar berishda
dars jarayoni xususiyatlarini e ’tiboiga olishga harakat qilingan. Faqat
A.Habibullayev qo'llanmasida adabiy manbashunoslikka katta e ’tibor
berilgan. Unda ma’lumotlar quyidagi tartibda bayon etilgan: Mavzu nomi.
Adabiyotlar. Dars mazmunining qisqa izohi. So'ngra dars mazmunining
bayoni, alohida atam alar va oxirida savollar berilgan.
A.A.Madraimov tuzgan ma’ruzalar matnida ma’lumot bayoniningtartibi
quyidagichadir 1. Mavzu nomi. 2. Dars rejasi. 3. Asosiy tushunchalar. 4.
Darsning mufassal mazmuni. 5. Materialni mustahkamlash uchun savollar
va oxirida adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.
A.Madraimov va G. Fuzailova tuzgan “Tarixiy manbashunuslik” (2006)
o'quv qo'llanmasida har bir ma’ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni,
rejasi, asosiy tushunchalar berilgan. Asosiy matnda ma’ruza mavzui rejaga
muvofoq atroflicha yoritilib, uning so'ngida mavzuga oid asosiy adabiyotlar
ro'yxati, mavzuni mustahkanlash uchun berilagan savollar ilova etilgan.
Ushbu maxsus kataloglar va darsliklardan tashqari qo'lyozma
kitob
to'g'risida va sharq manbashunosligiga oid to'plam va kitoblar ham mavjud
bo'lib, ularda muhim yozma manbalaming har biriga alohida e ’tibor
berilmagan. Lekin, ularda eng m uhim lari to'g'risid a m atn orasida
20
m a ’lu m o tla r keltirilgan
hamda manbalaming umumiy xususiyatlari tadqiq
etilgan.
Z ik r etilgan
darslik va qo'llanma, maxsus adabiyotlaming barchasida
o'ziga
xos foydali m a ’lu m o tla r
mavjudligini tan olamiz. Lekin, ulaming
birontasini h am ilm iy -m e to d ik jih a td a n
talabalarga manbalar to ‘g‘risida
dare
berish u ch u n m u k am m al n a m u n a
deb olish mumkin emas.
Mavjud ilmiy adabiyotlaming tahlili va shaxsiy tajribalarimiz
asosida
yozma manbalar to ‘g‘risidagi texnik m a’lumotlar va asar mazmunini
talabalarga kompleks tarzda tushuntirishning eng samarali va ilmiy-
metodik asoslarini ishlab chiqishga harakat qilindi.
Talabalarga manba to ‘g‘risida kompleks tarzda m a’lumot berish kerak.
Bu esa yozma manbaning kodikologik m a’lumotlar, muallif va uning
yashagan davri, asar tarkibi va mazmuni tahlili, uning tarixnavisligini
tushuntirishdan iboratdir. Darsning o ‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning
rejasi, mavzuga oid asosiy tushunchalarni izohlash va qo'shim ch a
ko'rgazmali qurollardan foydalanishni qayd etish mumkin.
Yozma manbalarto‘g‘risidagi ma’lumotlami quyidagi
tartibda tushuntirishni
eng ma’qul va samarali ilmiy metodologik uslub deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: