Amir Temur bu maktubni “Temur tuzukJari”ning “Tadbiriar va kengashlar”
deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur
maktub haqida, xususan, mana bulami o'qiymiz: “ Pirim Zayniddin Abubakr
T aybodiy m enga y o z m ish la rk im , “ A b u lm an su r T e m u r sa lta n at
yumushlarida to'rt ishni qo'llasin, ya’ni 1) kengash; 2) mashvarutu maslahat;
3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki, kengash va
mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va (podshohning)
aytgan
gaplari xato bo'lgan. Unday podshohni johil odamga qiyoslash mumkin.
Uning so'zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan.
Shunday ekan, saltanatni boshqarishda, mashvarutu maslahat va tadbir
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmagaysan.
Yana shuni ham bilginkim, saltanat ishlarining bir qismi sabr-u toqat
bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko‘rib-ko‘rmaslikka
solish bilan bitur. (Xullas) tadbiriardan ogoh
qilingandan keyin shuni
ham aytish joizdurkim, qat’iylik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik,
ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom.”
Amir Tem ur pirining bu o'gitlariga um r bo'yi, butun faoliyati davomida
amal qildi. “ Bu maktub,
- deb yozadi hazrat sohibqiron, - menga yo‘l
boshlovchi yanglig' rahnamolik qildi. U menga saltanat ishlarining to'qqiz
ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich
bilan bajo keltirilishini anglatadi” 1.
“To‘plam ”dagi quyidagi m aktublar Am ir Tem um ing Eron(Fors),
Ozarbayjon va Turkiyaga nisbatan 1381 —1404-yillarda olib borgan
siyosatini va nomlari sanab o'tilgan mamlakat hukmdorlarining Amir
Temurga qarshi harbiy ittifoq tuzish xususida olib borgan siyosatini
tushunishda yordam beradi:
Iroq hukmdori Sulton Ahmad jaloir (1 3 8 2 -1 4 10)ning Fors hukmdori
MuzafTariy Shoh Shujo’ (1359— 1384)ga yozgan maktubi;
Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1 3 8 9 - 1420)ning Yildirim
Boyazid
I (1389-1402) ga yo'llagan maktubi;
Yildirim Boyazid I ning Qora Yusufga javob maktubi;
Shoh Shujoning birodarzodasi Shoh M ansur (1387-1393) ning
Yildirim Boyazid I ga yozgan xati;
Yildirim Boyazid I ning Shoh M ansuiga javob maktubi;
Amir Temur ko'ragonning Gilon hokimi Mir Said Aliga maktubi;
__Sultoni A'zam Amir Tem ur ko'ragonning Sayyid Ali Kiyo buzurgga
(Gilon)
yuborgan xati;
1 “ T em u r tuzuklari". -T o sh k cn t. 1996. 25-bct.
33
Sayyid Ali Kiyo buzurgning Amir Temurga yozgan javob xati;
Amir Temur ko'ragonning Bag'dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirga
yoMlagan maktubi;
Bag'dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirning hazrat Amir Temurga
javob maktubi;
Amir Temur ko'ragonning Misr podshosiga yozgan maktubi;
Sulton Ahmad jaloirning Yildirim Boyazid I nomiga yoMlagan maktubi;
Yildirim Boyazid 1 ning Sulton Ahmad Jaloirga yuborgan javob xati;
Qora Yusuf Qoraqo‘yunluning Yildirim Boyazid Iga yuborgan nomasi;
Amir Temuming Yildirim Boyazid I ga
yoMlagan yoMlagan birinchi
maktubi;
Sulton Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga gustoxona javob xati;
Amir Temuming Rum qaysariga yozgan ikkinchi maktubi;
Rum podshosi Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga yozgan javob
xati;
Amir Temuming Rum qaysari Yildirim Boyazid I ga yoMlagan uchinchi
maktubi;
Yildirim Boyazid I ning Amir TemuiTga javob maktubi;
Amir Temuming Sulton Boyazidga yoMlagan to ‘rtinchi maktubi;
Sulton Yildirim Boyazid I ning hazrat Amir Temurga yoMlagan javob
maktubi;
Amir Temuming Yildirim Boyazid I ga sulh taklif qilib Marog'adan
jo'natgan maktubi;
Sulton Boyazidning Amir Temurga yuborgan javob xati1.
Do'stlaringiz bilan baham: