16-LABORATORIYA ISHI
Yarimo’tkazgichli diodlarni tekshirish
Qisqa nazariy ma’lumotlar:
1.
Diodlar va ularning turlari
2.
Stabilitronlar (Zener diodlari)
3.
VDR varistorlari
DIODLAR VA ULARNING TURLARI
Diodlar – yarimo’tkazgichli, teshik-elektronli
p-n
o’tish joyiga ega bo’lgan
elektr o’zgartirgich bo’lib, ular ikkita chiqish joyiga ega:
A
anod va
K
katod (7.1-
rasm).
Shartli belgilarda tokni o’tkazish yo’nalishi strelka ko’rinishida belgilanadi.
Bu elementning asosiy xususiyati – tokni bir tomonga o’tkazish. Demak,
yarimo’tkazgich qutbiga ko’ra tubdan har xil o’tkazuvchanlikka ega. Tokning
yo’nalishini o’zgtirib diodni ochish va yopish mumkin. Diodning bu xususiyatidan
turli sohalarda elektron sxemalarni tuzishda keng qo’llaniladi. Ya’ni benuqson diod
elektr tokiga nisbatan klapan sifatida ishlaydi. U elektr tokini to’g’ri
yo’nalishda,ya’ni anoddan katod tomonga o’tkazadi, teskari tomonga – katoddan
anodga esa o’tkazmaydi.
7.1-rasm. Diodlarni sxemalarda belgilanishi va tashqi ko’rinishi
Diodlar bir qator belgilar bo’yicha tasniflanadi va ularning eng muhimlari
sifatida vazifalarini, konstruktiv-texnologik xususiyat-larini, yarimo’tkazgichlarni
tayyorlashda ishlatiladigan dastlabki maxsulot-larning turlarini ko’rsatish mumkin.
Vazifasi bo’yicha diodlar to’g’rilovchi, yuqori chastotali o’ta yuqori chastotali
(YuCh- va O’YuCh- diodlar), impulьsli, yarimo’tkazgichli stabilitronlar (tayanch
diodlar), tunnelli, varikapli va boshqalarga bo’linadi; kontruktiv-texnologik
xususiyatlari bo’yicha – yassisimon va nuqtali; ishlatilgan dastlabki mahsulotlar
bo’yicha - germaniyli, kremniyli, selenli, arsenid-galliyli, karbidkremniyli,
antimonid-indiyli va boshqalar.
To’g’rilovchi diodlar.
To’g’rilovchi diodlar – bu chastotasi cheklangan doirada
(50 Gs ... 100 kGs) bo’lgan o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylanti-rish uchun
xizmat qiladigan yarimo’tkazgichli diodlardir.
7.2-rasm. Diodning voltamper tavsifnomasi
Yuqorida aytilgandek, to’g’rilovchi diodning ishi, uning p-n o’tish joyining bir
tomonlama o’tkazish xususiyatiga asoslanadi, ya’ni p-n o’tish joyi to’g’ri yo’nalishda
tokni yaxshi o’tkazadi (qarshiligi kichik bo’ladi), teskari yo’nalishda esa amalda tokni
o’tkazmaydi (qarshiligi juda yuqori bo’ladi). Buni to’g’rilovchi diodning voltamper
tavsifnomasidan (TD VAT) (7.2-rasm) ham ko’rish mumkin. TD VAT atrof muhit
haroratiga bog’liq. U ortishi bilan diodning to’g’ri va teskari tokining qiymati ham
oshadi. Ayniqsa teskari tok kuchli o’zgaradi, chunki uni harorat ortishi bilan
yarimo’tkazgichdagi soni oshadigan asosiy zaryad tashuvchilar hosil qilmaydi. To’g’ri
tokning qiymati asosan yarimo’tkazgichni aralashmalar bilan boyitilgan arajasiga
bog’liq.
Diodlarning imkoniyatlarini tavsiflovchi asosiy omillar:
1.
takrorlanadigan impulsli teskari kuchlanishni yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan
chegaraviy va to’g’ri tokning o’rtacha maksimal qiymati ( davriy toklarning butun
davr bo’yicha o’rtalashtirilgani);
2.
teskari tiklanish vaqti (diodning muhosaralash xususiyatini tiklash vaqtini
tavsiflovchi ko’rsatkichi);
3.
to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati – dioddan o’tayotgan to’g’ri tok
(bunda asbob buzilmasdan ishlaydi);
4.
to’g’ri kuchlanishning o’rtacha qiymati (diodda kuchlanishning pasayishi) –
dioddan o’rtacha to’g’ri tokni o’tishini ta’minlovchi kuchlanish;
5.
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan teskari kuchlanish – diod ishdan chiqmasdan
ishlaydigan kuchlanish;
6.
teskari tok (sizish toki) - yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan teskari kuchlanish
ta’sirida yuzaga keladigan tok;
7.
teshib o’tish kuchlanishi-
p-n
o’tish joyi teshilib, diodni ishdan chiqishiga
olib keladigan kuchlanish;
8.
tarqatiladigan (yo’qotiladigan) nominal quvvat;
9.
diodning differensial qarshiligi.
Impulьs diodlar (ID).
ID yuqori chastotali diodlarning bir turi bo’lib, ular tez
ishlovchi impulьsli sxemalarda asosiy element sifatida ishlatiladi. ID lar qisqa
muddatli impulslar ta’sirida ishlaydi va ularning shaklini yaxshi uzatishi kerak.
Ishni bajarish tartibi:
Ishga tayyorlanish:
Yechiluvchi panelь NTC-01/16 ni karta qabul qilgich ExtLab ga
o’rnating;
Tok tarmog’iga universal kengayuvchi platforma ExtLab ni ulang;
USB-kabel yordamida ExtLab ni kompyuterga ulang;
ExtLab_01 dasturniishgatushiring.
1. Diodning voltamper tavsifnomasini olish
1.1
.
Almashinuvchi panelda 7.3-rasmda keltirilgan sxemani yig’ing;
7.3-rasm
1.2.
SA1
tumblerni diodga to’g’ri kuchlanish uzatish holatiga o’rnating;
1.3. Qurilmani kompyuterga ulanganiga ishonch hosil qiling ( asboblar
panelining pastki qismida «Подключено» yozuvi aks etishi kerak);
1.4.
R1
potensiometrning dastagini o’ng tomonga oxirigacha burang;
1.5. Tok manbaini kuchlanishini
E1 = 8 V
ga (undan ortiq emas) o’rnating;
1.6. Almashinuvchi paneldagi qo’shimcha qarshilik
R1
ning qiymatini soat miliga
teskari yo’nalishda ravon kamaytiring va
PA23, PV31
asboblarning
ko’rsatishlarini 7.1- jadvalga kiriting;
1.7. Tok manbaining kuchlanishi
E1
ni qiymatini
8V
dan
0V
gacha kamaytirib, diod
VAT ning to’g’ri qismini olishda davom eting. Shu bilan birga,
PA23,
PV31
asboblarning ko’rsatishlarini 7.1- jadvalga kiriting;
1.8. Diodning VAT ning to’g’ri qismni grafigini chizing;
1.9. Tok manbaining kuchlanishi
E1
ni
0
holatiga keltiring.
7.1- jadval
O’lchovlar
I, mА (PA23)
U, V(PV31)
Ishniyakunlash:
ExtLab_01 dasturniyoping;
Tok tarmog’idan universal kengayuvchi platforma ExtLab ni uzing;
USB-kabelni ExtLab danoling;
Yechiluvchi panel NTC-01/16 ni karta qabul qilgich ExtLab dan oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |