MAVZU: ICHKI SUV RESURSLARINING IFLOSLANISHI
REJA:
Suv resurslari haqida
Suv resurslarini ifloslanishi va buzilishi
Suv resurslarini ifloslanishi va buzilishi deganda suvda har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar to'planib qolib, uning fizik xossalari (rangi, tiniqligi, hidi va mazasi) va kimyoviy tarkibining(reaksiyasi o'zgarishi, organik va mineral qo'shimchalar ortib, zararli birikmalar paydo bo'lishi va boshqalar) o'zgarishini, suvning ustida har – xil moddalar suzib, tagiga cho'kishi, suvning tarkibida kislorodning kamayib, har xil bakteriyalar turining ko'payib, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bakteriyalarning paydo bo'lishi tushuniladi.
Suv havzalari antropogen ifloslanishining asosiy manbalari har – xil bo'lib, ularning eng muhimlari qo'yidagilar hisoblanadi:
Sanoat va maishiy, kommunal xo'jalik korxonalaridan hamda davolash-sog'lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava suvlar; yuvuvchi sintetik moddalar; rudali va rudasiz qazilma boyliklarning qazib olinishidagi chiqindilar; shaxtalarda, konlarda, neft korxonalarida ishlatilgan va ulardan chiqqan iflos suvlar; avtomobil va temir yo'l transportlaridan chiqqan tashlama suvlar; yog'och tayyorlash, uni qayta ishlash va suvda oqizishda, tashishda hosil bo'ladigan chiqindilar; chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan iflos suvlar; qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish natijasida vujudga kelgan oqava tashlandiq va zovur suvlari.
Suv havzalarining neft moyi bilan ifloslanishi juda xavflidir. Neft moyi suv yuzasini qoplab, suvga kislorodning o'tishini qiyinlashtiradi; o'simlik va hayvonlarning ekologik sharoitini yomonlashtiradi. Har yili dunyo okeaniga 2-10 mln. t neft tushadi. 1 t neft 12 km3 suv yuzasida moy pardasini hosil qiladi.
Termal yoki issiq iflos suvlarni vujudga keltiruvchi asosiy omillar metallurgiya, kimyo va boshqa zavodlar, issiqlik va atom elektr stansiyalari hisoblanadi. Birgina quvvati 2,1-2,4 mln. kVt/soat bo'lgan GRESda agregatlarni sovitish uchun sekundiga 60 m3 suv sarflanadi. Shunday quvvatga ega bo'lgan AES esa unga nisbatan 1,5-2,0 marta ko'p suv talab qiladi
Suv resurslari - foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari — daryo, ko'l, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv resurslari bor. Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi. Lekin koʻpgina mamlakatlarda suv resurslaridan qishloq xoʻjaligi., sanoat, kommunal xo'jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay daryo va koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash muammolariga bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003 y. Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi. Oʻrta Osiyoda Sr., asosan, daryo oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, tog'lardagi muzliklar va koʻllarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Daryo oqimlari togʻlarda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi. Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km³, Sirdaryoda — 39 km³, Tajan va Murgʻobda — 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.
Suv resurslarining hududiy jihatdan notekisligi suv isteʼmolidagi tanqislikni vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari va boshqalar) va Sirdaryo (Katta Fargʻona, Katta Andijon, Katta Namangan, Jan. Mirzachoʻl kanallari va boshqalar) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan (qarang Daryolarni havzalararo oqizish, Davlat suv fondoʻ).
Do'stlaringiz bilan baham: |