Ch i r ch i q daryosi Sirdaryoning nisbatan yirik irmoqlaridan hisoblanadi. U Piskom va
Chotqol daryolari qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. Xo‗jakent qishlog‗i yaqinida daryoda Chorbog‗ suv
ombori qurilib, ishga tushirilgandan so‗ng (1970 yil) Chirchiq daryosi bevosita suv omboridan oqib
chiqadi. Daryoning o‗rtacha yillik oqim miqdori 7,82 mlrd. m
3
ga tengdir.
Chotqol va Qurama tog‗ tizmalariga yoqqan yog‗inlar hisobiga to‗yinuvchi qo‗shni O h a n g
a r o n daryosining suv resurslari juda kamdir (yiliga 1,22 mlrd.m
3
). Uning ko‗pdanko‗p chap va
o‗ng irmoqlarisoylari (Dukantsoy, Qorabag‗irsoy, Niyozboshsoy va boshqalar) ham kamsuvli
bo‗lib, ularning umumiy o‗rtacha yillik suv sarfi boryo‗g‗i 2 m
3
/s ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |