644
–
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga
oshiradi;
–
sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o’rinbosari
–
jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’atining
raisi hamda rais
o’rinbosarlari
–
fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov
hay’atlarining raislari, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining
sudyalaridan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyidagi tarkibda ish olib boradi:
–
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
–
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
–
Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’ati;
–
Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati;
–
Ma’muriy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati;
–
Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpog’iston
Respublikasi
sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
ning majlislarida
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, adliya vaziri,
sudyalar, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat
kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi to’rt
oyda kamida bir
marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir
hujjatlar loyihalari O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
a’zolariga, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma
kun ilgari yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a’zolarining
kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:
–
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko’rib chiqadi va
qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha tushuntirishlar beradi;
645
–
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga
binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat
kengashi tarkibini
tasdiqlaydi;
–
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga
binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov
hay’atlarining tarkibini,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining
kotibini tasdiqlaydi;
–
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi to’g’risidagi
axborotni, shuningdek, sudlov hay’atlarining faoliyati haqidagi
ma’ruzalarni tinglaydi;
–
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent
shahar sudlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonun
hujjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo’llash masalalari
bo’yicha tushuntirishlarini bajarish to’g’risidagi ma’ruzalarini tinglaydi;
–
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir
hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;
–
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati
reglamentini tasdiqlaydi;
–
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi O’zbekiston
Respublikasi Bosh
prokurori yoki O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
raisi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishliligi ularning ma’ruzalari
yoki ular vakolat bergan shaxslarning ma’ruzalari bo’yicha
eshitiladi. Ushbu masalalarning muhokamasida O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan
shaxslar ishtirok etishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda
ishtirok etayotgan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul
qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining
tushuntirishlari sudlar, ushbu
tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo’llayotgan boshqa
organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar