Talim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universitutining



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#577969
Bog'liq
“FALSAFA’’3



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
 
TALIM VAZIRLIGI 
 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITUTINING 
 
JIZZAX FILIALI 
‘’AMALIY MATEMATIKA’’ FAKULTETI 
‘’IQTISODIYOT ‘’KAFEDRASI 
 
“FALSAFA’’ FANIDAN 
 
MUSTAQIL ISH 
MAVZU: 
Korrupsiya tushunchasi va uning oqibatlari

Topshirdi: 924-gruh talabasi 
Salohiddinov S. 
 
Qabul qildi: 
Ortiqov O. 
 
 
 
 
 
Jizzax 2021 
Baxriddinov E.
Ortiqov O.


REJA 
 
 
Kirish 
1.
Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga qarshi 
kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar. 
2. 
3. 
Xulosa 
2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini BMTning Korrupsiyaga 
qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilishi. O‘zbekiston Respublikasi 
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni.(2017 yil fevral). 
Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik. 


Kirish 
Qadimgi yunon faylasufi Аristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida 
eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish 
kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Hozirgi kunda 
dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya 
muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon 
siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat 
islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga 
erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma'lum. Mustaqillikning dastlabki 
kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik 
jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun 
ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud- 
huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan 
qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida 
mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlashning huquqiy asoslari 
shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Eng avvalo, 
respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS 
(BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash 
rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 
y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash haqidagi 
deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash 
konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga 
qarshi kurashda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh 
Аssambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31 
oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo’lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to’liq 
ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi. Barcha mamlakatlar korrupsiya 
illatini tag-tomiri bilan qo’porib tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik 
qilayotgan bo’lsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning o’zida olib borilishi muhim 
ahamiyatga ega. Zero, yuqoridagi Konvensiya milliy qonunchilikni yanada 
takomillashtirish yo’nalishlarini belgilab beradi. O’zbekiston bu borada qat'iy qadam 
tashlab bormoqda. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizlik konsepsiyasida korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga 
tahdidlardan biri, deya e'tirof etildi. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Mamlakatimiz 2008 yil 
7 iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konvensiyasiga qo’shildi. Davlatimiz 
2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul 
qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) 
qo’shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga 
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Yevroosiyo guruhi 
to’g’risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya 
qilingan. Davlat organlarida ham tashkiliy jihatdan qator ishlar amalga 
oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi tizimida 
korrupsiyaga qarshi maxsus tuzilmalar (boshqarma va bo’limlar) tashkil etilib, qator 
vazirlik va idoralarda ichki xavfsizlik inspeksiyalari tuzilgan. Ularning faoliyatini 
yanada jonlantirish, huquqiy targ’ibotini kuchaytirish, shu jumladan, huquqni 


muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash 
maqsadida internet va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng 
foydalanilmoqda. Аytish joizki, O’zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib 
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun 
ijrosini ta'minlash yuzasidan Аdliya vazirligi tomonidan bir qator idoraviy normativ- 
huquqiy hujjatlar davlat ro’yhatidan o’tkazilgan. Bunga lizing xizmatlari ko’rsatuvchi 
tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, rieltorlik 
tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, jinoiy 
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga 
qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, 
kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O’zbekiston 
Markaziy banki tomonidan qo’llaniladigan choralar va sanktsiyalar to’g’risida nizomni 
misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, Аdliya vazirligi va Bosh prokuratura 
tomonidan Konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarining aksilkorrupsiyaviy ekspertizasini o’tkazish metodikasi ishlab chiqilgan 
va 2011 yil 20 oktyabrda tasdiqlangan. “O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi 
kurashishni kuchaytirishni yanada takomillashtirish Milliy dasturini tasdiqlash 
to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hozirda takomiliga yetkazilmoqda. Shu 
narsani alohida ta'kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 
institutsional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasi-ning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e'lon qilingan 
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontseptsiya 
talablaridan kelib chiqib, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan 
holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu 
jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun 
ustuvorligini ta'minlash bo’yicha adliya organlarining rolini kuchaytirish choralari 
ko’rildi. Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish 
hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini 
yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, 
ma'muriy to’siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruhsat berish tartib- 
taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat 
xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini 
yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish 
uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 
2016 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan va 24 noyabrda 
quyi palata tomonidan qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senatining 8-sessiyasida 
ma'qullangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun korruptsiyaga 
qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, 
davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga 
oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, 
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda 


korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat 
qilishi bilan ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy 
prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab 
qo’yilgan. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning 
qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g’ayriqonuniy 
tajovuzlarni, tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga 
ko’maklashadi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda korrupsiya; 
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; manfaatlar to’qnashuvi atamalari asosiy tushunchalar 
sifatida berilgan. Qonunda «korrupsiya» tushunchasi «shaxsning o’z mansab yoki 
xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini 
ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda 
foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» 
deya ta'riflangan. «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik» deganda, «korruptsiya 
alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik 
nazarda tutilgan qilmish»ni tushunish lozim. 
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va 
kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida 
qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud- 
huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib 
kelinmoqda. 
Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning 
institutsional va 
huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning 
samarali tizimi yaratildi. 
Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi 
va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston 
Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi. 
2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga 
qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi. 
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini 
takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan 
Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi 
to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, 
«Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul 
qilindi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda 
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari 


mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini 
tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish 
maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar 
kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan 
boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” 
gazetalarida chop etildi. 
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va 
“manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. 
Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, 
shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; 
korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar 
ustuvorligi keltirib o‘tilgan. 
Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 
keltirib o‘tadi: 

aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda 
korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish; 

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish 
bo‘yicha choralarni amalga oshirish; 

korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va 
keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar 
sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish. 
Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha 
choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va 
hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar 
faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan 
ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish 
tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi 
aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama 
rag‘batlantirish choralari ko‘riladi. 


Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq 
bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri 
hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan 
shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, 
qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman 
olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham 
korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki 
boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning 
tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. 
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan 
ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik 
ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar 
tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik 
orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi 
sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan 
o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy 
mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida 
vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan 
oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy 
tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik 
korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish 
imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimov. Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan 
islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi 
iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning 
rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. 
Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘- 
aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, 
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib 
bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga 
endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim 
shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning 
yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning 
avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va 
erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. 
“Qonunlar va farmonlarni qabul 
qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning 
eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum 
bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning 
ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa 
chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi 
uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski 
zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini 
tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi 
rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy 


tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli 
hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi 
hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, 
tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni 
qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y- harakatlari korrupsiya tushunchasiga 
ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda asosiy muammo – 
korrupsiyaga qarshi kurashni qanday qilib va qaysi vositalar yordamida amalga 
oshirish zarur degan savolga javob topish ikkinchi darajali ahamiyat kasb etib 
qolmoqda. Bu savolga mamlakatimiz rahbari Islom Karimov aniq javob berdi: 
“Mana shundaynoma’qul holatlarga butunlay barham berish uchun boshqaruv 
sohasida, avvalambor, samarali ishlaydigan izchil sistema, tizimni shakllantirish 
kerak. Va bu tizim shunday ishlashi kerakki, bordiyu biror-bir mansabdor shaxs 
davlat siyosatidan chekinib, qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanadigan, o‘z 
manfaatini davlat, xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan bo‘lsa, u kimligi, kimning 
qarindoshi, qaysi rahbarning og‘aynisi ekanidan qat’i nazar, muqarrar ravishda 
jazosini olishi shart. Ya’ni, bunday jazoning muqarrarligini shu odamdan yuqori 
lavozimda o‘tirganlar emas, balki tizimning o‘zi talab etishi zarur. Jamiyatda ana 
shunday qarash, ana shunday tushuncha shakllangan taqdirdagina qonun ustuvorligi 
so‘zda emas, amalda ta’minlanadi”. Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat 
amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z 
xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh manfaatlarda foydalanishi bilan 
tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa. Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. 
Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib 
boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va 
shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan 
esa, bu muammolarni yechishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy 
kurash olib borish ko‘maklashadi. Korrupsiyaga qarshi nafaqat sud va 
huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib 
kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Barchamizga ma’lumki, 
so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. 
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq 
bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri 
hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan 
shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, 
qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman 
olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham 
korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki 
boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning 
tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. 
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan 
ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik 
ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar 
tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik 
orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi 
sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan 
o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy 


mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida 
vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan 
oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy 
tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik 
korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish 
imkonini bermoqda”, deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. 
Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga 
qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy 
munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini 
sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan 
“xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya 
domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘- 
aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, 
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib 
bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga 
endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim 
shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning 
yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning 
avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va 
erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul 
qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning 
eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum 
bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning 
ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa 
chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi 
uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski 
zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini 
tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi 
rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy 
tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli 
hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi 
hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, 
tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Beshinchidan, nopok yo‘l bilan 
boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya 
qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. 
Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy 
iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi 
hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda 
ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush 
hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega 
ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib 
keldi. 


O‘zA muxbiri O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 
kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirg‘izboevning 
korrupsiyaning jamiyat hayoti uchun xavfi, unga qarshi kurash usullari, rivojlangan 
davlatlar tajribasi, bugun mamlakatimizda bu borada qilinayotgan ishlar haqidagi fikrlari 
bilan qiziqdi. 
– Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi 
XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin 
taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga 
qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi. 
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda 
yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi 
davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning 
siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish 
va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi 
sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. 
“Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya 
“o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: “Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l 
cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik 
uchun o‘lim jazosini qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun 
ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib 
olish jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif 
etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq 
to‘planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: 
“Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”. 
Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri 
Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga 
ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora 
oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!". 
Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz 
Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida quyidagi 
pandni bergan edi: 
“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir 
kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab 
bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Va pora 
olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”. 
XX asrga kelib Shvesiya, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarda 
korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur davlatlar fuqarolari va 
davlati orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi kurashga ruhlantirmoqda. 
Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy 
foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning 
quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi: 
1.
Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va 
kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi. 
2.
Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. 
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, 


mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt 
mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi 
omillardir. 
3.
Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, 
ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p 
miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday 
holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi. 
4.
Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli 
davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda 
davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional 
va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora 
beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan 
ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining 
bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, 
investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, 
boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. 
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro 
Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency 
Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan 
(korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past 
darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini 
ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga 
Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali
Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 
korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 gacha. 
Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat 
mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, 
cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy 
bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer 
xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo‘liga 
sun’iy to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy 
ta’lim muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba 
bo‘lgandan so‘ng esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida 
ayrim “ustoz”larning ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, 
nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab 
darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni 
taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb ataluvchi ko‘rinishi urchiy 
boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer maydoni ajratish, davlat 
mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi talab-ehtiyoji 
yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech 
kimga sir emas. 
To‘g‘ri, mustaqillik davrida korrupsiyani jilovlash va tugatish borasida birmuncha 
islohotlar amalga oshirildi. 2008 yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi 


konvensiyasiga qo‘shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining 
Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. Xalqaro 
va milliy huquq me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning Milliy rejasi 
ishlab chiqildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va 
unda qatnashgan shaxslarga nisbatan tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va 
Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, 
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Ichki ishlar 
organlari to‘g‘risida” kabi qonunlar qabul qilindi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va 
demokratlashtirish maqsadida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun esa axborotdan erkin 
foydalanish va bu borada xalqaro standartlar me’yorlarini implementatsiya qilishda 
muhim qadam bo‘ldi. 
Taassufki, korrupsiyaga qarshi kurashishda bu ijtimoiy illatning tomirlarigacha yetib 
borilmadi, oqibatda ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar besamar ketdi. 
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktabr oyidan 
boshlandi. Shu yilning 14 oktabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 
konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi, qonun 2017 yil 4 
yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, davlat boshqaruvi organlari 
hamda fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashi yuzasidan 
ko‘rayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va 
madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish 
ko‘zda tutildi. 
Shuningdek, bu davrda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi turli sub’ektlar faoliyatini 
muvofiqlashtirib, ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida respublika 
idoralararo komissiyasi tuzildi, uning tarkibiga davlat organlari vakillaridan tashqari 
tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari 
kiritildi. Umuman davlat korrupsiyaga qarshi kurashni izchillik va qat’iyat bilan tashkil 
eta olishining huquqiy asoslari yaratildi. 
Milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun ular 
muttasil ravishda takomillashtirib borildi. Chunonchi, korrupsiyaga doir jinoyatlar 
sub’ektlari doirasini kengroq ifodalab beradigan qonunchilik asoslari shakllantirildi. 
Bundan tashqari, pora va’da qilganlik yoki taklif etganlik, g‘ayriqonuniy tarzda boylik 
orttirganlik, ta’sir doirasini suiiste’mol qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni, shuningdek, 
sudyalar va deputatlarning xizmat rutbasidagi immunitetini belgilovchi huquqiy asoslar 
ishlab chiqildi. 
“Elektron hukumat”ning korrupsiyani kamaytirishdagi roli e’tiborga olinib, uni 
boshqaruv tizimiga keng joriy qilish boshlandi. Ayniqsa, davlat xizmatlaridan yuzdan 
ortig‘ini amalga oshirish elektronlashtirish va yagona elektron davlat portalini yaratish 
vositasida bajarildi. Keyingi vaqtda me’yoriy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi 
ekspertizadan o‘tkazib borish an’anasi shakllandi. Shuningdek, biznes sohasida 
ta’magirlikka sabab bo‘ladigan tartibsizliklarga chek qo‘yish chora-tadbirlari 
ko‘rilmoqda. Jumladan, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini joriy 
etish va ular samaradorligini oshirish yo‘l-yo‘riqlari belgilandi. Savdo-sanoat palatasi 


“Biznes yuritish odobi kodeksi”ni qabul qildi. Ayni chog‘da, kichik va o‘rta biznesga 
(xususiy korxonalarga) ichki nazorat tizimini barpo etishda ko‘maklashish chora- 
tadbirlari ishlab chiqish va qabul qilish rejalari hozirlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi 
kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish 
bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. 
Qonunchilik asosida “2017-2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlat 
dasturi” tasdiqlandi, unda qo‘yilgan aksariyat vazifalar amalga oshirildi. 2018 yil 9 
aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul 
qilindi. Mazkur qonunning 12-moddasi “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi” deb 
nomlanib, unda “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar 
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘ladi”, degan 
qoida belgilandi. Shuningdek, mazkur qonun kuchi bilan bu sohada davlat xizmati 
ko‘rsatishning shaffof tizimi shakllantirildi. 
Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga 
oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu 
organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, 
sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish 
prinsiplarini o‘rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz 
bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi 
samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza 
qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir 
davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart”. 
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum 
mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan 
deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq 
davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat 
rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi 
davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha 
saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq 
putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda 
“Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni 
o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan 
olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan 
hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. 
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga 
toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun 
hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh 


Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan 
ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va 
ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan 
davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha 
kamayishiga olib keldi. 
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni 
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. 
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor 
shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim 
mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga 
qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq 
miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi. 
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tush 
unmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga 
qulay sharoit yaratadi. 
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda 
aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof 
faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. 
Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. 
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi aynan bitta faoliyatning turli instansiy 
alar tomonidan tartibga solinishi: 
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; 
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda 
topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi; 
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; 
inflyasiyaning yuqori darajasi; 
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; 
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. 
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud. 
Ichki nazorat bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar 
(har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo et 
adi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini n 
azorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilis 
h organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. 
Tashqi nazorat bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshiris 
h nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib 
boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy 
axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k. 
Saylov tizimi orqali kurashish demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uc 
hun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisobla 
nadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, 
Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 


korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda 
muhim o‘rin egallaydi. 
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. 
Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat 
organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini 
oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda 
past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. 


Xulosa 
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, Prezidentimizning bizga bergan ishonchlarini oqlab, 
har bir qabul qilinayotgan qonunlarga rioya qilishimiz kerak. Shundagina bu korrupsiya 
deb atalmish illatga kurashishda o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz! Shundagina biz ham 
Vatanimiz taraqqiyoti yanada rivoj topishiga ko'mak bergan hisoblanamiz. Buning 
uchun, avvalo, barchamiz birlashib katta kuchga aylansak, har qanday illatga qarshi 
kurashib, uni ildizi bilan quritishga qodir bo‘lamiz. Korrupsiya bizning kelajagimiz 
kushandasi bo'lishiga aslo yo'l qo'ymaymiz. 
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan 
tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish 
lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi 
ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib 
turishdan iborat. 
Maʼruzada taʼkidlanganidek, oliy oʻquv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash 
borasidagi huquqiy taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan oʻrgangan odamning umri 
halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat 
qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi 
oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. 
Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini, 
yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat 
va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna 
solinmasligi kerak. Oʻzining gʻarazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap 
tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat oliy oʻquv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun 
jamiyatga ziyon yetkazadi. Rahbar hammaga oʻrnak boʻlib, halol ishlab, fidoyilik 
koʻrsatish oʻrniga, kishi bilmas poraxoʻrlik qilsa, yosh kadrlar undan nimani oʻrganadi? 
Qanaqa oʻrnak oladi? 
Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli 
yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana shunday pokiza hayotga intilmoqda. 


Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 
1.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi 
Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31 
oktyabrda qabul qilingan. www Lex.uz 
2.
O‘RQ -419, 2017 yil 3 yanvar “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 
www Lex.uz 
3.
O‘RQ -170, 2014 yil 14 may “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni 
www Lex.uz 
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “«Korrupsiyaga qarshi 
kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli qarori. www Lex.uz 
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi «Jinoyat va jinoyat 
protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PQ-3723-sonli qarori. www Lex.uz 
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi «Jamiyatda huquqiy 
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi PF-5618-sonli Farmoni. www Lex.uz 
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston 
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. www Lex.uz 
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston 
Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish 
to‘g‘risida” gi PQ-4761-sonli qarorining maqsadi. www Lex.uz 
9.
Zakon Respubliki Uzbekistan ot 7 iyulya 2008 g. № ZRU-158 «O prisoedinenii 
Respubliki Uzbekistan k Konvensii Organizatsii Ob’edinennыx Natsiy protiv 
korrupsii (Nyu-york, 31 oktyabrya 2003 goda)». www Lex.uz 
10.. Konvensiya ob ugolovnoy otvetstvennosti za korrupsiyu. — Sovet Evropы. Seriya 
Evropeyskix dogovorov. № 173. Strasburg: 1999. 27 yanv. 
11.Konvensiya o grajdansko-pravovoy otvetstvennosti za korrupsiyu.- Sovet Evropы. 
Seriya Evropeyskix dogovorov. № 174. 
12.. Konvensiya Organizatsii ob’edinyonnыx natsiy protiv korrupsii. Nyu- York: ON, 
2004. 
13.Konvensiya OON protiv korrupsii 
14.. Set po borbe s korrupsiey dlya stran Vostochnoy Evropы i Sentralnoy Azii 
antikorrupsionnыe reformы v Uzbekistane. 4-y raund monitoringa v ramkax 
15.Stambulskogo plana deystviy po borbe s korrupsiey. Elektronnaya biblioteka. 
16.Ilmiy va publitsistik ishlar: 
17.
Abu Muslim Korrupsiya M.: YUrist, 2012. 
18.
Qobilov SH.R., Abdullajonov N.B. Korrupsiya va xavfsizlik.Akademiya: T.2006y. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish