O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITUTINING
JIZZAX FILIALI
‘’AMALIY MATEMATIKA’’ FAKULTETI
‘’IQTISODIYOT ‘’KAFEDRASI
“FALSAFA’’ FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:
Korrupsiya tushunchasi va uning oqibatlari
.
Topshirdi: 924-gruh talabasi
Salohiddinov S.
Qabul qildi:
Ortiqov O.
Jizzax 2021
Baxriddinov E.
Ortiqov O.
REJA
Kirish
1.
Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga qarshi
kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar.
2.
3.
Xulosa
2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini BMTning Korrupsiyaga
qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilishi. O‘zbekiston Respublikasi
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni.(2017 yil fevral).
Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik.
Kirish
Qadimgi yunon faylasufi Аristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida
eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish
kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Hozirgi kunda
dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya
muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon
siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat
islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga
erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma'lum. Mustaqillikning dastlabki
kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik
jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun
ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-
huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan
qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida
mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlashning huquqiy asoslari
shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Eng avvalo,
respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS
(BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash
rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996
y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash haqidagi
deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash
konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga
qarshi kurashda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh
Аssambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31
oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo’lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to’liq
ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi. Barcha mamlakatlar korrupsiya
illatini tag-tomiri bilan qo’porib tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik
qilayotgan bo’lsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning o’zida olib borilishi muhim
ahamiyatga ega. Zero, yuqoridagi Konvensiya milliy qonunchilikni yanada
takomillashtirish yo’nalishlarini belgilab beradi. O’zbekiston bu borada qat'iy qadam
tashlab bormoqda. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
Milliy xavfsizlik konsepsiyasida korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga
tahdidlardan biri, deya e'tirof etildi. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Mamlakatimiz 2008 yil
7 iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konvensiyasiga qo’shildi. Davlatimiz
2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul
qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr)
qo’shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Yevroosiyo guruhi
to’g’risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya
qilingan. Davlat organlarida ham tashkiliy jihatdan qator ishlar amalga
oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi tizimida
korrupsiyaga qarshi maxsus tuzilmalar (boshqarma va bo’limlar) tashkil etilib, qator
vazirlik va idoralarda ichki xavfsizlik inspeksiyalari tuzilgan. Ularning faoliyatini
yanada jonlantirish, huquqiy targ’ibotini kuchaytirish, shu jumladan, huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash
maqsadida internet va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng
foydalanilmoqda. Аytish joizki, O’zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun
ijrosini ta'minlash yuzasidan Аdliya vazirligi tomonidan bir qator idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlar davlat ro’yhatidan o’tkazilgan. Bunga lizing xizmatlari ko’rsatuvchi
tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, rieltorlik
tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari,
kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O’zbekiston
Markaziy banki tomonidan qo’llaniladigan choralar va sanktsiyalar to’g’risida nizomni
misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, Аdliya vazirligi va Bosh prokuratura
tomonidan Konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarining aksilkorrupsiyaviy ekspertizasini o’tkazish metodikasi ishlab chiqilgan
va 2011 yil 20 oktyabrda tasdiqlangan. “O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi
kurashishni kuchaytirishni yanada takomillashtirish Milliy dasturini tasdiqlash
to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hozirda takomiliga yetkazilmoqda. Shu
narsani alohida ta'kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan
institutsional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasi-ning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e'lon qilingan
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontseptsiya
talablaridan kelib chiqib, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan
holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu
jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun
ustuvorligini ta'minlash bo’yicha adliya organlarining rolini kuchaytirish choralari
ko’rildi. Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish
hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini
yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish,
ma'muriy to’siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruhsat berish tartib-
taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat
xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini
yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish
uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan
2016 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan va 24 noyabrda
quyi palata tomonidan qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senatining 8-sessiyasida
ma'qullangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun korruptsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga,
davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga
oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga,
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda
korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat
qilishi bilan ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy
prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab
qo’yilgan. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning
qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g’ayriqonuniy
tajovuzlarni, tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga
ko’maklashadi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda korrupsiya;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; manfaatlar to’qnashuvi atamalari asosiy tushunchalar
sifatida berilgan. Qonunda «korrupsiya» tushunchasi «shaxsning o’z mansab yoki
xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini
ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda
foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish»
deya ta'riflangan. «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik» deganda, «korruptsiya
alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik
nazarda tutilgan qilmish»ni tushunish lozim.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va
kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida
qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-
huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib
kelinmoqda.
Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning
institutsional va
huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning
samarali tizimi yaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi
va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining
korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston
Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi.
2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga
qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi.
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan
Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi
to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi,
«Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul
qilindi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari
mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini
tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish
maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar
kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan
boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo”
gazetalarida chop etildi.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va
“manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik,
shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi;
korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar
ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini
keltirib o‘tadi:
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish
bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va
keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar
sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.
Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha
choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va
hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar
faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan
ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish
tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi
aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama
rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq
bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri
hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan
shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish,
qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman
olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham
korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki
boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning
tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan
ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik
ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar
tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik
orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi
sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan
o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy
mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida
vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan
oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy
tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik
korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish
imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov. Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan
islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi
iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning
rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi.
Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-
aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa,
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib
bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga
endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim
shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning
yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning
avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va
erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.
“Qonunlar va farmonlarni qabul
qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning
eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum
bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning
ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa
chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi
uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski
zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini
tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi
rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy
tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli
hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi
hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham,
tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni
qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y- harakatlari korrupsiya tushunchasiga
ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda asosiy muammo –
korrupsiyaga qarshi kurashni qanday qilib va qaysi vositalar yordamida amalga
oshirish zarur degan savolga javob topish ikkinchi darajali ahamiyat kasb etib
qolmoqda. Bu savolga mamlakatimiz rahbari Islom Karimov aniq javob berdi:
“Mana shundaynoma’qul holatlarga butunlay barham berish uchun boshqaruv
sohasida, avvalambor, samarali ishlaydigan izchil sistema, tizimni shakllantirish
kerak. Va bu tizim shunday ishlashi kerakki, bordiyu biror-bir mansabdor shaxs
davlat siyosatidan chekinib, qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanadigan, o‘z
manfaatini davlat, xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan bo‘lsa, u kimligi, kimning
qarindoshi, qaysi rahbarning og‘aynisi ekanidan qat’i nazar, muqarrar ravishda
jazosini olishi shart. Ya’ni, bunday jazoning muqarrarligini shu odamdan yuqori
lavozimda o‘tirganlar emas, balki tizimning o‘zi talab etishi zarur. Jamiyatda ana
shunday qarash, ana shunday tushuncha shakllangan taqdirdagina qonun ustuvorligi
so‘zda emas, amalda ta’minlanadi”. Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat
amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z
xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh manfaatlarda foydalanishi bilan
tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa. Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik.
Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib
boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va
shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan
esa, bu muammolarni yechishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy
kurash olib borish ko‘maklashadi. Korrupsiyaga qarshi nafaqat sud va
huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib
kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Barchamizga ma’lumki,
so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir.
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq
bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri
hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan
shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish,
qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman
olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham
korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi pora pul bilan emas, balki
boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning
tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan
ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik
ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar
tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik
orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi
sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan
o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy
mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida
vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan
oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”. “Tarixiy
tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik
korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish
imkonini bermoqda”, deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga
qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy
munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini
sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan
“xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya
domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-
aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa,
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib
bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga
endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim
shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning
yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir. Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning
avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va
erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul
qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning
eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum
bo‘lishiga olib boradi”. Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning
ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa
chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi
uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski
zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini
tug‘diradi”. To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi
rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy
tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli
hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi
hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham,
tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”. Beshinchidan, nopok yo‘l bilan
boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya
qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim.
Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy
iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi
hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda
ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush
hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega
ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib
keldi.
O‘zA muxbiri O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirg‘izboevning
korrupsiyaning jamiyat hayoti uchun xavfi, unga qarshi kurash usullari, rivojlangan
davlatlar tajribasi, bugun mamlakatimizda bu borada qilinayotgan ishlar haqidagi fikrlari
bilan qiziqdi.
– Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi
XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin
taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga
qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi.
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda
yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi
davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning
siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish
va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi
sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi.
“Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya
“o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: “Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l
cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik
uchun o‘lim jazosini qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun
ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib
olish jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif
etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq
to‘planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi:
“Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”.
Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri
Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga
ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora
oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!".
Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz
Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida quyidagi
pandni bergan edi:
“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir
kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab
bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Va pora
olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”.
XX asrga kelib Shvesiya, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarda
korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur davlatlar fuqarolari va
davlati orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi kurashga ruhlantirmoqda.
Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy
foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning
quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:
1.
Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va
kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
2.
Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi.
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi,
mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt
mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi
omillardir.
3.
Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki,
ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p
miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday
holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi.
4.
Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli
davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda
davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional
va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora
beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan
ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining
bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi,
investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi,
boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi.
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro
Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency
Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan
(korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past
darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini
ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga
Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali,
Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra,
korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 gacha.
Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat
mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar,
cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy
bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer
xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo‘liga
sun’iy to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy
ta’lim muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba
bo‘lgandan so‘ng esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida
ayrim “ustoz”larning ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek,
nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab
darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni
taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb ataluvchi ko‘rinishi urchiy
boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer maydoni ajratish, davlat
mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi talab-ehtiyoji
yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech
kimga sir emas.
To‘g‘ri, mustaqillik davrida korrupsiyani jilovlash va tugatish borasida birmuncha
islohotlar amalga oshirildi. 2008 yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi
konvensiyasiga qo‘shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining
Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. Xalqaro
va milliy huquq me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning Milliy rejasi
ishlab chiqildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va
unda qatnashgan shaxslarga nisbatan tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va
Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”,
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Ichki ishlar
organlari to‘g‘risida” kabi qonunlar qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va
demokratlashtirish maqsadida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun esa axborotdan erkin
foydalanish va bu borada xalqaro standartlar me’yorlarini implementatsiya qilishda
muhim qadam bo‘ldi.
Taassufki, korrupsiyaga qarshi kurashishda bu ijtimoiy illatning tomirlarigacha yetib
borilmadi, oqibatda ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar besamar ketdi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktabr oyidan
boshlandi. Shu yilning 14 oktabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi, qonun 2017 yil 4
yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, davlat boshqaruvi organlari
hamda fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashi yuzasidan
ko‘rayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va
madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish
ko‘zda tutildi.
Shuningdek, bu davrda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi turli sub’ektlar faoliyatini
muvofiqlashtirib, ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida respublika
idoralararo komissiyasi tuzildi, uning tarkibiga davlat organlari vakillaridan tashqari
tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari
kiritildi. Umuman davlat korrupsiyaga qarshi kurashni izchillik va qat’iyat bilan tashkil
eta olishining huquqiy asoslari yaratildi.
Milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun ular
muttasil ravishda takomillashtirib borildi. Chunonchi, korrupsiyaga doir jinoyatlar
sub’ektlari doirasini kengroq ifodalab beradigan qonunchilik asoslari shakllantirildi.
Bundan tashqari, pora va’da qilganlik yoki taklif etganlik, g‘ayriqonuniy tarzda boylik
orttirganlik, ta’sir doirasini suiiste’mol qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni, shuningdek,
sudyalar va deputatlarning xizmat rutbasidagi immunitetini belgilovchi huquqiy asoslar
ishlab chiqildi.
“Elektron hukumat”ning korrupsiyani kamaytirishdagi roli e’tiborga olinib, uni
boshqaruv tizimiga keng joriy qilish boshlandi. Ayniqsa, davlat xizmatlaridan yuzdan
ortig‘ini amalga oshirish elektronlashtirish va yagona elektron davlat portalini yaratish
vositasida bajarildi. Keyingi vaqtda me’yoriy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi
ekspertizadan o‘tkazib borish an’anasi shakllandi. Shuningdek, biznes sohasida
ta’magirlikka sabab bo‘ladigan tartibsizliklarga chek qo‘yish chora-tadbirlari
ko‘rilmoqda. Jumladan, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini joriy
etish va ular samaradorligini oshirish yo‘l-yo‘riqlari belgilandi. Savdo-sanoat palatasi
“Biznes yuritish odobi kodeksi”ni qabul qildi. Ayni chog‘da, kichik va o‘rta biznesga
(xususiy korxonalarga) ichki nazorat tizimini barpo etishda ko‘maklashish chora-
tadbirlari ishlab chiqish va qabul qilish rejalari hozirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Qonunchilik asosida “2017-2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlat
dasturi” tasdiqlandi, unda qo‘yilgan aksariyat vazifalar amalga oshirildi. 2018 yil 9
aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul
qilindi. Mazkur qonunning 12-moddasi “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi” deb
nomlanib, unda “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘ladi”, degan
qoida belgilandi. Shuningdek, mazkur qonun kuchi bilan bu sohada davlat xizmati
ko‘rsatishning shaffof tizimi shakllantirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga
oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu
organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi,
sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish
prinsiplarini o‘rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz
bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi
samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir
davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart”.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum
mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan
deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq
davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat
rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi
davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha
saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq
putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda
“Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni
o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan
olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan
hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga
toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun
hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh
Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan
ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va
ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan
davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha
kamayishiga olib keldi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor
shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim
mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga
qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq
miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tush
unmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga
qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda
aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof
faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi aynan bitta faoliyatning turli instansiy
alar tomonidan tartibga solinishi:
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda
topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
inflyasiyaning yuqori darajasi;
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar
(har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo et
adi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini n
azorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilis
h organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshiris
h nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib
boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy
axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uc
hun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisobla
nadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur,
Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda
muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi.
Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat
organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini
oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda
past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Xulosa
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, Prezidentimizning bizga bergan ishonchlarini oqlab,
har bir qabul qilinayotgan qonunlarga rioya qilishimiz kerak. Shundagina bu korrupsiya
deb atalmish illatga kurashishda o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz! Shundagina biz ham
Vatanimiz taraqqiyoti yanada rivoj topishiga ko'mak bergan hisoblanamiz. Buning
uchun, avvalo, barchamiz birlashib katta kuchga aylansak, har qanday illatga qarshi
kurashib, uni ildizi bilan quritishga qodir bo‘lamiz. Korrupsiya bizning kelajagimiz
kushandasi bo'lishiga aslo yo'l qo'ymaymiz.
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan
tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish
lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi
ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib
turishdan iborat.
Maʼruzada taʼkidlanganidek, oliy oʻquv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash
borasidagi huquqiy taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan oʻrgangan odamning umri
halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat
qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi
oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi.
Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini,
yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat
va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna
solinmasligi kerak. Oʻzining gʻarazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap
tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat oliy oʻquv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun
jamiyatga ziyon yetkazadi. Rahbar hammaga oʻrnak boʻlib, halol ishlab, fidoyilik
koʻrsatish oʻrniga, kishi bilmas poraxoʻrlik qilsa, yosh kadrlar undan nimani oʻrganadi?
Qanaqa oʻrnak oladi?
Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli
yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana shunday pokiza hayotga intilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi
Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31
oktyabrda qabul qilingan. www Lex.uz
2.
O‘RQ -419, 2017 yil 3 yanvar “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni
www Lex.uz
3.
O‘RQ -170, 2014 yil 14 may “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni
www Lex.uz
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “«Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli qarori. www Lex.uz
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi «Jinoyat va jinoyat
protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-3723-sonli qarori. www Lex.uz
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi «Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida»gi PF-5618-sonli Farmoni. www Lex.uz
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. www Lex.uz
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” gi PQ-4761-sonli qarorining maqsadi. www Lex.uz
9.
Zakon Respubliki Uzbekistan ot 7 iyulya 2008 g. № ZRU-158 «O prisoedinenii
Respubliki Uzbekistan k Konvensii Organizatsii Ob’edinennыx Natsiy protiv
korrupsii (Nyu-york, 31 oktyabrya 2003 goda)». www Lex.uz
10.. Konvensiya ob ugolovnoy otvetstvennosti za korrupsiyu. — Sovet Evropы. Seriya
Evropeyskix dogovorov. № 173. Strasburg: 1999. 27 yanv.
11.Konvensiya o grajdansko-pravovoy otvetstvennosti za korrupsiyu.- Sovet Evropы.
Seriya Evropeyskix dogovorov. № 174.
12.. Konvensiya Organizatsii ob’edinyonnыx natsiy protiv korrupsii. Nyu- York: ON,
2004.
13.Konvensiya OON protiv korrupsii
14.. Set po borbe s korrupsiey dlya stran Vostochnoy Evropы i Sentralnoy Azii
antikorrupsionnыe reformы v Uzbekistane. 4-y raund monitoringa v ramkax
15.Stambulskogo plana deystviy po borbe s korrupsiey. Elektronnaya biblioteka.
16.Ilmiy va publitsistik ishlar:
17.
Abu Muslim Korrupsiya M.: YUrist, 2012.
18.
Qobilov SH.R., Abdullajonov N.B. Korrupsiya va xavfsizlik.Akademiya: T.2006y.
Do'stlaringiz bilan baham: |