rejalashtiruvchi
– investitsiya strategiyasi va siyosatini ishlab chiqishni
amalga oshirishdagi boshqaruv jarayoni stadiyasi. Investitsiya strategiyasi xo’jalik
sub’ektining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati siyosati bilan bevosita bog’liqdir va
uning barqarorligi va joriy va istiqbolli davrdagi ishonchliginini ta’minlashga
yo’naltirilgan;
-
tashkiliy
– ishlab chiqilgan investitsiya strategiyasi va siyosatini amalga
oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan talab, o’zlik va jalb etilgan mablag’lar
nisbatini, mablag’larni jalb etish shakllarini aniqlashni talab etadi. Strategik
investorlarni, birmuncha foydali investitsiya loyihalarini va portfellarni, investitsiya
jarayonining maqsadga muvofiq boshqarilishini tashkil jtish algoritmini izlab topish
muhim hisoblanadi;
-
muvofiqlashtiruvchi
– investitsiya faoliyatidan samarali natijani olish uchun
investitsiya jarayonining har bir bosqichida monitoring va investitsiya siyosatida
28
ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishga yo’naltirilgan barcha harakat va
chora-tadbirlarni amalga oshirish, investitsiya bozoridagi kon’yunktura o’zgarishi
bilan bog’liq qabul qilingan qarorlarni moslashtirish zarur hisoblanadi.
Investitsiya menejmenti quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’ladi:
- xo’jalik sub’ektining ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy o’sishini
ta’minlashga;
- investitsiya loyihasi, ob’ektining daromadliligini maksimallashtirish;
- investitsiya faoliyati, loyihasi risklarini minimallashtirish;
- investitsiya ob’ekti, loyihasining risk va daromadliligini hisobga olgan holda
tahlil qilish, tanlash va baholash (yana bir bor).
Shunga ko’ra,
investitsiya menejmentining maqsadi
ko’proq foyda
(daromad) keltiruvchi va kamroq riskka ega bo’lgan investitsiyalarni, investitsiya
loyihalarini tanlashdan iboratdir. Investitsiya menejmentining o’zi – bu bir san’atdir.
Uning ahamiyati shunda namoyon bo’ladiki, u sabab investorda boshqa investorlarga
nisbatan ko’proq daromad olish va nisbatan kamroq riskka duchor bo’lishga imkon
beruvchi investitsiya ob’ektlari, loyihalarini izlab topish va tanlash imkoniyati
yaratiladi va o’z maqsadi va ustunligiga erishadi.
Loyihalarni boshqarish amaliy va sintetik fan hisobanadi. Loyihalarni
boshqarishning alohida fan sifatida yuzaga kelishi loyihalarni boshqarishga bo’lgan
talab va boshqarish usullarini ishlab chiqish va tanlashga bo’lgan zaruriyatning
ortishi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Bu, ayniqsa, 1970-yillarda G’arb
mamlakatlaridagi yirik kompaniyalarning aksariyat qismida faoliyat sohalarining
kengayishi va murakkablashib borishi, raqobat sharoitlarining kuchayishi sabab
loyihalarni boshqarish usullarining rivojlanishi va keng foydalanilishiga katta ta’sir
ko’rsatdi. Mazkur jarayonning faollashuvi axborotlarni qayta ishlashning
kompyuterlashtirilgan tizimini keng joriy etish imkonini keltirib chiqardi va buni
quyidagi 1.1-jadval orqali ham ko’rish mumkin.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |