24
javobgarlikni o’z bo’yniga oladi – bu loyihaning to’liq yoki bir qismi bo’lishi
mumkin. Shartnomachi maqsadi – mumkin bo’lgan eng yuqori foyda olish. Asosiy
shartnomachi vazifalariga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish, subshartnomalar bilan
shartnoma tuzish va tanlash, ularning ishlarini boshqaruvini ta’minlash, bajaruvchilar
ishlarini qabul qilish va to’lash. Shartnomachi sifatida loyiha raxbari yoki loyihaning
boshqa faol ishtirokchilari chiqishi mumkin.
Subshartnomachi – yuqoriroq darajadagi shartnomachi yoki subshartnomachi
bilan shartnoma aloqalariga kirishida. Shartnoma bo’yicha ish va xizmatlarni
bajarishga javobgardir.
Loyihalovchi – yuridik shaxs bo’lib, loyiha doirasida
loyihaviy izlanish
ishlarini shartnoma bo’yicha bajaradi. Loyihaning asosiy shartnomachisi yoki
bevosita buyurtmachi bilan shartnoma aloqalariga kirishadi.
Asosiy vositachi – yuridik shaxs bo’lib, uning taklifi buyurtmachi tomonidan
qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni bajaralishiga javobgar. Alohida ishlar va
xizmatlarni bajarishga subvositachilar bilan shartnomalar tuzadi va tanlaydi. Qurilish
loyihalarida asosiy vositachi vazifasini odatda qurilish yoki loyiha-qurilish firmalari
va tashkilotlari bajaradi.
Ta’minotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil yetkazib
berish ishlari –
materiallar, uskunalar, transport vositalari va boshqalarni amalga
oshiradi.
Ruxsatnoma beruvchilar – tashkilotlar bo’lib, yer maydoniga egalik qilish
huquqi, savdo qilish, ma’lum turdagi ish va xizmatlar
va hakazolar uchun ruxsat
beradi.
Hukumat tashkilotlari – o’z manfaatlarini loyiha ishtirokchilarida soliq solish
yo’li bilan qondiruvchi tomon bo’lib, loyihani amalga oshirish bilan bog’liq.
Ekologik, ijtimoiy va boshqa umumiy va davlat talablarini olg’a suradi va qo’llaydi.
Yer maydoni egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lib, loyiha jalb qilingan
yer maydoni egasidir. Yerga egalik qilish yoki foydalanish xuquqini shartnoma
asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi.
Loyihaning yakuniy mahsuloti ishlab chiqaruvchisi – hosil bo’lgan asosiy
25
foizlardan foydalanishni amalga oshiradi va yakuniy mahsulotni ishlab chiqaradi.
Asosiy maqsad – tayyor mahsulotni iste’molchilarga sotishdan daromad olish.
Loyihaning barcha bosqichlarida ishtirok etadi va loyihaning
asosiy ishtirokchilari
bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Uning roli va vazifasi loyihaning yakuniy
natijalarida mulk hissasiga bog’liq. Ko’p hollarda, loyiha buyurtmachisi va
investordir.
Yakuniy mahsulot iste’molchilari – yuridik va jismoniy shaxslar bo’lib,
mahsulot sotib oluvchilari va foydalanuvchilaridir, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot
va ko’rsatilayotgan xizmatlarga talablarni belgilab unga talabni shakllantirishadi.
Loyiha xarajatlari iste’molchilar vositalari hisobiga qoplanadi va loyihaning barcha
ishtirokchilari foydasi shakllanadi.
Loyihaning boshqa ishtirokchilari. Loyihani amalga oshirishga loyiha
muhitining boshqa tomonlari ham ta’sir ko’rsatib, ular loyiha ishtirokchilari bo’lishi
ham mumkin, bu: asosiy ishtirokchilarning raqiblari; loyihani amalga oshirishda
iqtisodiy manfaatlari to’qnashadigan ijtimoiy guruhlar
va noiqtisodiy loyiha
xomiylari; turli injenerlik tashkilotlari, (loyihaga jalb etilgan) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: