Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

1.1-jadval. 
Loyihalarni boshqarish usullarining rivojlanish bosqichlari 
№ 
Qo’llash sohasi va usullar 
Yillar 
1970 1975 1980 1985 1990 1995 
2000-
h.v. 
1 Setli rejalashtirish texnikasi 







2 Loyiha ustida ishlarni tashkil etish 






3 Loyihani tizimli rejalashtirish 





4 Logistika 





5 Dasturlarning maxsus paketlarini ishlab chiqish 





6 Loyihaning qayta tuzilishi usullari 





7 Funktsiyalarni tizimli boshqarish 




8 Tizim ostidagilarni tizimli boshqarish 




9 Loyihani yopish fazasi va ekspluatatsiya fazasi 
to’g’risida tizimli tasavvur 




10 Maxsus, 
shu 
jumladan, 
o’ta murakkab 
loyihalarni boshqarish 




11 Boshqaruvning 
ob’ektga 
yo’naltirilgan 
tuzilmasini shakllantirish 




12 Risklarni boshqarish 



13 Loyihalarni 
boshqarishning 
psixologik 
jihatlarini boshqarishning to’liq nazariyasini 
ishlab chiqish 



14 Loyihalar 
komandasini 
shakllantirish 
metodologiyasi 


15 “Loyihalarni boshqarish” intizomi to’g’risida 
tizimli tasavvur 

16 Loyihalarni boshqarish falsafasi 

Loyihalarni boshqarish loyihaning mohiyatiga ko’ra amal qilinishi maqsadga 
muvofiq sanaladi. Bunda loyihaning quyidagi alohida belgilariga e’tiborni qaratish 
muhimdir: 
- bir qator texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va boshqa talablarning bir 
vaqtning o’zida bajarilishi bilan erishilishi zarur bo’lgan aniq maqsadlar; 
- loyihani amalga oshirish jarayonida muvofiqlashtirilishi talab etiluvchi 
vazifalar, operatsiyalar va resurslarning tashqi va ichki o’zaro bog’liqligi; 
- loyihaning boshlanish va yakunlanish muddatini aniqlash; 
- resurslarning cheklanganligi; 
- loyiha maqsadlarining betakrorlik darajasi va amalga oshirilish shart-
sharoitlarini aniqlash; 


30 
- turli xil kelishmovchiliklardan qocha bilmaslik. 
Iqtisodiyot transformatsiyasi va xalqaro integratsiyalashuvi, iqtisodiyotda 
tarkibiy va tuzilmaviy o’zgarishlar tobora kuchayib borgan sari yangi xo’jalik 
sub’ektlarining paydo bo’lishi, ularning va mavjudlarining kuchli raqobat va turli 
omillari ta’siri yuqori bo’lgan sharoitda yashab qolishi va rivojlanishi tobora 
murakkablashib boraveradi. Bu holat investitsiya loyihalarini boshqarishga nisbatan 
bo’lgan talab va mas’uliyatni ham yanada oshirishga olib keladi, o’z navbatida, 
yangidan-yangi usullarning paydo bo’lishiga ham sabab bo’ladi. 
Ta’sir etishi kuchaygan omillar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin: 
1. Buyurtmachilarning talablar va ularning mas’uliyati oshishi. 
2. Loyihalarning yakuniy mahsulotlarining xususiy murakkabligi. 
3. Loyihalarning tashqi atrof bilan o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri (iqtisodiy, 
siyosiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy muhit). 
4. Risk va noaniqlik darajasi. 
5. Tashkiliy qayta qurish. 
6. Texnologiyalar almashuvi chastotasi. 
7. Rejalashtirish va narxni shakllantirishdagi xatoliklar va boshqalar. 
Yuqoridagi omillarning ta’siri loyihalarning bajarilish muddati buzilishiga, 
ortiqcha mablag’lar sarfiga, talablarning bajarilmasligiga, oxir-oqibat, foydaning 
kamayishi va zararlarning ko’payishiga olib keladi. Bunga misol qilib, Sidneydagi 
opera binosi qurilishini keltirish mumkin. Bunda mazkur bino qurilishi xarajatlari 
boshlang’ich stema qiymatiga nisbatan 16 martaga oshib ketishi yuz bergan. 
Amaliyotda minglab loyihalarning rejalashtirilgan xarajatlar va muddatlari bo’yicha 
buzilishi natijalari va sabablari yuzasidan ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Bunga 
quyidagi jadvalda keltirilgan tadqiqotlar natijalarini misol qilib keltirish mumkin. 
Loyihada ko’zlangan maqsadlarga erishilmaslik va unga sabab bo’lgan omillar 
ta’siri oqibatini bartaraf etishda, odatda, an’anaviy usullardan, jumladan, rahbariyatni 
almashtirish, buyruqbozlikni kuchaytirish asosida boshqaruvni yo’lga qo’yish kabi 
usullardan foydalanilganlik holatlari amaliyotdan bizga ma’lum. Biroq, bunday 
boshqaruv usullari loyihalarning samarali amalga oshirilishi, yakunlanishida maqbul 


31 
usullardan emasligi amalda o’z isbotini ko’rsatdi. Shu sababdan loyihalarni 
boshqarishda yangicha, loyiha samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi oldindan 
tanlangan, o’z ustuvorligiga ega usullardan foydalanishga bo’lgan talab orta bordi.
Umuman olganda, investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi va uni 
qo’llashning dolzarbligini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin: 
1. Investitsiya loyihalarini boshqarish usullarining paydo bo’lish sabablari: 
- loyiha tushunchasi; 
- jamiyatda, korxona va tashkilotlarda faoliyatning loyihaviy shakllari 
kengayishi; 
- hajmi, tuzilishi, qiymati, vaqti, atrof-muhit va jamiyatga ta’siri, risklarning 
ortishi bo’yicha investitsiya loyihalarining murakkablashishi; 
- an’anaviy tashkiliy shakllarning qanoatlantirmasligi; 
- turli kelishmovchilik va muammolar sonining ortishi; 
- samarasiz, omadsiz loyihalarning qo’llanilish holatlari. 
2. Investitsiya loyihalarini boshqarishni qo’llashning dolzarblik kasb etishi va 
uning ortib borishi. 
3. Investitsiya loyihalarini boshqarishning muqobillari yuzaga kelishi. 
4. Investitsiya loyihalarini boshqarishning mohiyatini o’rganishga bo’lgan 
talabning ortib borishi: 

maqsadning 
natijaga 
qaratilganligi. 
Huquq 
va 
majburiyatlarning 
ravshanlashib borishi; 
- matritsali tashkil etish; 
- kelishmovchilik va muammolardan ogohlantirish; 
- investitsiya loyihalarini boshqarishni omadli qo’llashga misollarning 
mavjudligi. 
Shunga muvofiq, investitsiya loyihalarini boshqarish usullari quyidagilarni 
ta’minlashi lozimligi muhim hisoblanadi: 
- loyiha maqsadini aniqlash va uning asoslanishini amalga oshirish; 
- loyihaning tarkibiy tuzilishini aniqlash (maqsad yo’nalishlari, bajariladigan 
ishlarning asosiy bosqichlari); 


32 
- loyihani moliyalashtirishning zaruriy hajmi va manbalarini aniqlash; 
- ijrochilarni aniqlash, jumladan, konkurs va tender jarayonlari orqali aniqlash; 
- shartnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirish; 
- loyihani bajarish muddatini aniqlash, uni amalga oshirish garfigini ishlab 
chiqish, zaruriy resurslarni hisoblab chiqish; 
- loyiha smetasi va kapital byudjetini hisoblab chiqish; 
- risklarni rejalashtirish va hisoblash; 
- loyihaning bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash va boshqa 
ishlar. 
Yuqoridagilarga asoslanib, investitsiya loyihalarini boshqarishning quyidagi 
mazmunini keltirib o’rinlidir: 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish