Mehnat vositalari
– insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta'sirini o‘tkazuvchi vositalar
hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari (mashinalar, asbob - uskunalar,
asboblar) etakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarini
tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar.
Mehnat vositalariga shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo‘jalik inventarlari
ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib,
uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash
jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat
qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari va xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab
qoladilar. Shu bilan bir vaqtda mehnat vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga va davr harajatlariga (amortizatsiya ajratmalari
ko‘rinishida) o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatini kamayishiga olib keladi.
Mehnat buyumlari
mahsulot tayyorlanadigan boshlang‘ich materialdan iborat. Ularga
xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu
guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi
:
Operatsiya
Aktiv RM
Passiv RM
Xususiy kapital
A
+20,000
=
0
+
+20,000
V
+2,500-2,500
=
0
+
0
S
-350
=
0
+
-350
D
0
=
+120
+
-120
E
+300
=
0
+
+300
F
+180
=
0
+
+180
G
-70
=
0
+
-70
23
shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinib, o‘zlarining
qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi.
Xom-ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil
qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida
mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan metalning har xil turlari (po‘lat, cho‘yan va
boshqalar) xizmat qiladi. Xom-ashyo deganda hisob amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta,
qand lavlagisi va boshqalar) tushuniladi.
Yordamchi materiallar, asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan mahsulotning asosini
tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda ular mehnat vositalarining normal
ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish (biriktirish) yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini
kiritish uchun (bo‘yoqlar, laklar, elimlar), yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun - binolarni
yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini ta'minlab turish uchun
(elektrotexnikaviy materiallar, sovun, qipiq va shu kabilar) ishlatiladi.
Yoqilg‘i, o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi materiallar
singari, ular yoki mehnat vositalari tamonidan iste'mol qilinadi (energetik yoqilg‘i) yoki asosiy
materiallarga qo‘shiladi (texnologik yoqilg‘i), mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi
(isitish uchun ishlatiladigan yoqilg‘i). Hisobda yoqilgi yordamchi materiallar tarkibidan alohida
guruhlarga ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining xususiyati
shundan iboratki, u o‘zining natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin
sarflangan yoqilg‘ining qiymati, yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish
chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar, ba'zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor mahsulotga
aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur
bosqichdagi (ma'lum sex yoki ma'lum uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalanini o‘tgan bo‘lsalar
ham, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqich (navbatdagti sexga, uchastkaga)
yo‘naltirishishi kerak bo‘ladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik zavodining
tayyorlovchi sexi tomonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash sexida ishlanishi
davom etadigan detallar kiradi. Bir sexda ishlovdan o‘tgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar
odatda omborga topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bo‘lgan ehtiyojga qarab, navbatdagi
sexga ishlov yoki yig‘ish uchun kelib tushadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan mehnat
buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga o‘xshab, ba'zibir ishlov
bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi.
Lekin, yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa,
tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi lozim
bo‘ladi.
Muomaladagi mablag‘lar, ya'ni muomala buyumlari, pul mablag‘lari, hisob - kitobdagi
mablag‘lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat.
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo‘ljallangan tayyor
mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va
ortib jo‘natilgan tovar (tayyor mahsulot)ga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni muomala
buyumlariga qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar (kassa
usulida) ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash (nachislenie) usulidan
foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki
bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik
qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu xolda mazkur obyekt muomala doirasidan hisob-
kitobdagi mablag‘larga o‘tadi.
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har xil binolar,
asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor mahsulot omborlarining
binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi
asbob-uskunalar (tarozilar, sovituvchi qurilmalar, tokchalar hamda shu yerda joylashgan xo‘jalik
inventarlarining buyumlari – stollar, stellar, shkaflar va hokazolar) kiradi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |