Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

tayyor mahsulot 
xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi subyektning kundalik 
faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy 
zahiralari tarkibiga kiradi. Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan 
olinishi, uning harakati, sotilishi va haridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi. 
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, texnika 
nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar 
mahsuloti tushuniladi. Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, haridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin
uning uchun haridorlar trmonidan xali puli tulanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. Ma’sul 
saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, haridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga 
ko‘ra (sifatiga ko‘ra haridorning talabini qondirmaydigan, haridorlarga adashib borib kolgan, ya’ni bir 
korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib kolgan tovarlar va shu kabilar) sotib 
olish uchun qabul kilinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z 
javobgarligiga qabul kilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun 
bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda 


198 
kurgazmada kuyilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmaga qo‘yilgan tayyor 
mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar dir. 
Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi 
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. Baho - qiymatning 
puldagi ifodasidir. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat 
tashkil qiladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy 
zaxiralar» nomli 4-son BHMSdan foydalaniladi. 4-sonli BHMSning 7-bandiga binoantayyor mahsulotlar 
eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida. hisobot davri oxirida 
mahsulotning haqikiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning ishlab 
chiqarilishi har kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan javo joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash 
kerak Tayyor mahsulotlarning operativ hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki shartnoma bahosida 
yoxud chakana bahoda I yuritiladi. Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22 
bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda 
foydalanadigan boshqa xom-ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, 
tannarx qiymatidan past narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi
materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar 
sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud 
shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va 
mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash harajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning 
hisob-kitob narxidir. 
Demak mazkur BHMSdagi baholashga muvofiq agar korxona ishlab chiqargan 
mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona
o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda 
tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon bahoda baholanishi mumkin: 
6.
Zaxiralarni sotish narxi arzonlashganda 
7.
Zaxiralarga zarar etganda; 
8.
Zaxiralar to‘la va qisman eskirganda. 
Korxonalarda mahsulotning reja va haqikiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga solish kerak 
haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan belgilanadi. hisobot davri 
oxirida haqikiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Tayyor mahsulotlar kaysi 
hisobvaraqlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘ishishlar ham shu hisobvaraqlarda tejalgan bo‘lsa - qizil storno 
usulida, ortiqcha harajat bo‘lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Tayyor mahsulot harakati hisobini 
to‘g‘ri _ tashkil qilish korxona tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ruyxati
nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, 
ya’ni ushbu korxonada ishlab chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib 
turuvchi ma’lum belgilari yotadi. Nomenklatura ruyxatini tuzishda asos kilib quyidagi belgilar olinadi: 
model, fason, artikul, marka va xokazo.Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har 
xil sonlardan iborat bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi 
xizmatlarida foydalaniladi: 

dispetcherlik 
xizmat 
turi 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
grafigining 
bajarilishini 
nazorat qiladi 

sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentami qilishda, omborga tayyor
mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi; 

marketing 
bo‘limi 
jo‘natish 
bo‘limi 
shartnomalarini 
bajarish 
imkoniyatlarini 
nazorat qilish uchun; 
buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma’lumotlar va hisobotlar 
tuzish uchun foydalaniladi. 


199 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish