Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


 Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

 
6. Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi 
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamchi ishlab 
chiqarishlar tashkil etiladi. grdamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi: 
-
turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; 
-
transport xizmatini ko‘rsatish; 
-
asosiy vositalarni ta’mirlash; 
-
instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish; 
-
yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; 
- kishlok xo‘jalik mahsulotlarini to‘zlash va konservalash. 
yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi 
hisobvaraqlar ochilgan: 
2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Bu hisobvaraq aktiv bulib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar,
kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning 
haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. 2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar 
kreditlanadi: 0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan
asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga; 
1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan 
material 1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida;
2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab 
chiqarishlarga o‘tkazilganida; 
2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yukotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga 
o‘tkazilganida; 


190 
3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida; 6710 - hisobvaraq - 
ishchilarga ish haqi hisoblanganida; 
6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy sug‘urtaga va davlat maksadli fondlariga ajratma 
hisoblanganida; 
4730-hisobvaraq moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga 
o‘tkazilganida. 
-
Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan 
xizmatlar quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi: 
-
yukxatlar - omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdori ko‘rsatilgan holda; 
-
ta’mirlangan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi - bajarilgan va 
topshirilgan ishlar hajmiga
-
marshrut 
varakalar 

yuk 
avtomobillari 
tomonidan 
tashilgan 
yuk 
hajmiga. 
2310-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi: 
-
1010, 1070, 1090 - hisobvaraqlar ishlab chiqarilgan extiyot qismlar va ishlab chiqarishdan 
-
chiqqan chiqitlar kirimga olinganida; 
-
2610 - tuzatib bo‘lmaydigan brakning hisobdan chiqishi; 
-
2810 - hisobvaraq - yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim qilinishi; 
-
5910-hisobvaraq - kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi. 
-
9110, 9130 hisobvaraqlar - chetga' junatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan 
-
xizmatlar qiymatiga; 
-
9210, 9220 - hisobvaraqlar - asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish 
-
bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; 
-
9410 - hisobvaraq - mahsulot sotishga ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatlarini hisobdan 
-
chiqarishga. Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari xar bir sex bo‘yicha alohida tuziladigan 12-
kaydnomada yuritiladi. 
-
Umumishlab chiqarish xarajatlari 
-
asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ishlab 
chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir. 
-
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi 
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning 
asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, mazkur hisobvaraqda quyidagi xarajatlar aks ettirilishi 
mumkin: 
-
mashina va uskunalarni saqlash hamda ulardan foydalanish chiqimlari; 
-
ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni 
remont qilish xarajatlari
-
ishlab chiqarish mol-mulkini sug‘urta xarajatlari; 
-
ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari; 
-
ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar hamda ishlab chiqarishda foydala-niluvchi boshqa 
ijaraga olinadigan vositalar uchun ijara haqi; 
-

ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish 
haqi to‘lash; shunga uxshash maksadlardagi boshqa xarajatlar. 
-
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha 
hisob-kitoblar bo‘yicha hisobi yuritiladigan hisobvaraklarning kredit kismidan olib «Umumishlab 
chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 
2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va 
«Yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi. 
-
Yuqorida keltirilgan muomalalar hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar bo‘yicha quyidagicha 


191 
buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: 
-
ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi 
hisoblanganda: 
-
D-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 370000 sum. 
-
K-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» - 370000 sum. 
-
• 
umumishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
mahsulotlar 
tannarxiga 
o‘tkazilganda: 
D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarishlar» 
- 200000 sum. 
-
K-t2510-«Umumishlab 
chiqarish 
xarajatlari» 

200000 
sum. 
D-t 2310-«grdamchi ishlab chiqarishlar» 
- 170000 sum. 
-
K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 170000 sum. 
-
Umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi alohida yuritiladigan obyektlar o‘rtasida taqsimlash 
tartibi tegishli me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan 
-
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘ining tahliliy hisobi korxonaning alohida 
bo‘linmalari va xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi. 
Korxonalarda umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri taqsimlash katta 
ahamiyatga ega. Agarda, umumishlab chiqarish xarajatlari turlp mahsulotlarga taqsimlansa, 
shunday optimal usullardan foydalanish kerakki, mahsulotlar tannarxini oshirib yubormasin. 
Xorijiy amaliyotda quyidagi taqsimlash usullaridan foydalaniladi: 
bevosita taqsimlash usuli; 
kayta taqsimlash usuli; 
tenglamalar sistemasi usuli; 
ketma-ket taqsimlash usuli. 
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarining taxlili shuni ko‘rsatadiki, korxonalar 
uchun eng maqbul usullar bu - tenglamalar sistemasi va kayta taksimlash usullaridir. Agarda, bu usullar 
bilan umumishlab chiqarish xarajatlari taqsimlansa, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
hech kaysisining tannarxi oshib yoki kamayib ketmaydi. Bu mahsulotni bozordagi mavqeini saqlab 
qolishga yordam beradi. 
Taqsimot bazasini aniqlash umumishlab chiqarish xarajatlarni taksim lashdagi yan a bir
muammolardan biridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi taksimsl bazalariga nisbatan 
taksimlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi: -ishlab chiqarish binolari ijara haqi ularning joylashgan 
maydoniga muvofiq ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalar ijara haqi haqikatda ishlagan ish 
soatlariga muvofiq 
-ishlab chiqarish binolarini yoritish, isitish va saklash xarajatlari ularning joyl ashgap maydoniga 
muvofiq; 
-ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi 
xarajatlari Hisoblangan ish haqiga mutanosib ravishda; 
-asosiy ishlab chiqarish vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratm alari hamda ularni 
remont qilish xarajatlari ularning boshlangich qiymatlariga muvofiq 
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha quyidagi misolni kurib chiqamiz. 
Faraz qilaylik shakar ishlab chiqarish korxonasida ikkita ishlab chiqarish va bitta ishlab chiqarishga 
xizmat kiluvchi bulinma mavjud. Ishlab chiqarishga xizmat kiluvchi bulinmada turtta ishchiga 55000
sum ish haqi Hisoblangan. Birinchi ishlab chiqarish bulinmasidagi ishchilarga 300000 sum ish haqi 
Hisoblangan, ikkinchisidagi ishchilarga esa 250000 sum Hisoblangan. Umumishlab chiqarish 
xarajatlarini taksimlaymiz: Ishlab chiqarishga xizmat kiluvchi bulinmadagi ishchilarga ish haqi xarajatlar 
mahsulotlar tannarxiga taksimlanishi kerak Bunda, taksimot bazasi ish haqi Hisoblanadi. Taqsimlash 
bazasi foiz ko‘rsatkichlarda quyidagicha bo‘ladi. 300000: (250000+300000) xYu0%-55% 
250000:(250000+300000)xYuO%=45% 


192 
Demak taksimlanishi lozim bo‘lgan 55000 sum yukoridagi foiz nisbatlarida taksimlanadi. 
55000:100x55%=30250 sum 55000:100 x45%=24750 sum 
Birinchi ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 302500 sum 
o‘tkaziladi, ikkinchi ishlab chiqarish bulinmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 247500 sum 
o‘tkaziladi. Umumiy xarajatlar mivdori 550000 (302500+247500) sum. Yuqoridagi muomalalar
buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i - 
302500 sum. K-t 2510-«Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i - 30250 sum D-t 2020-
«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i - 247500 sum K-t 2510-«Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari» 
hisobvarag‘i - 247500 sum.Har kanday umumishlab chiqarish xarajatlari o‘zlarining taksimot bazasiga 
nisbatan yukoridagi tartibda taqsimlanadi

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish