112
ma’lumotnomalarini berish to’g’risida Yo’riqnoma”, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalar to’lash
me’yorlarini takomillashtirish to’g’risida” gi 71-son qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda boshlab
xodimning
xizmatlari, mehnat staji, kasallik toifasi, bolalarining soniga qarab quyidagicha belgilangan:
1.Ish haqining 100 % miqdorida:
•
Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari
hisoblangan xodimlarga;
•
Baynalmilalchi jangchilarga va ularga tengashtirilgan shaxslarga;
•
Qaromog’ida 16 yoshga (o’quvchilar uchun –18 yosh) to’lmagan uch nafar va undan ko’p farzandi
bo’lgan xodimlarga;
•
Chernobыl AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobыl AESdagi
avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan
evakuasiya qilingan xodimlarga;
•
Ko’chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma,
rak) va xavfli o’smalar bilan bog’lik kasalliklarga chalingan xodimlarga;
•
Yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya
yoshidagi shaxslar qatoridan
nogiron xodimlarga;
•
Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga.
2.Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo’lgan miqdorda:
•
Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo’yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular tomonidan davlat
ijtimoiy sug’urtasiga badallar to’lab kelinishi muddatiga (ish stajiga) qarab.
3.Oylik ish haqining 60%dan 80 % gacha bo’lgan miqdorda - qolgan hollarda, xodimlarning umumiy
ish stajiga qarab.
Davlatimiz qonunlariga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqalar o’z sog’ligiga
ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida, jinoyat sodir etgan va ular bilan bog’liq
boshqa hollarda vujudga kelganda hisoblanmaydi va to’lanmaydi.
Bizning misolda keltirilgan buxgalter barcha ko’rsatkichlari bo’yicha uchinchi guruh bo’yicha
nafaqa oluvchi hisoblanadi. Shuning uchun uning bir kunlik nafaqa summasi to’lov koeffisiyentiga ko’ra
600 so’mni (1000 x 0,6 ) tashkil qiladi.
3.Bir kunlik nafaqa summasi kasal bo’lgan kalendar ish kunlari soniga ko’paytiriladi. Topilgan
summa kasal kunlar uchun hisoblanadigan nafaqaning summasini bildiradi.
Bizning misolimizda
buxgalterga hisoblanadigan nafaqa summasi 6000 so’mni (600 x10) tashkil qiladi.
Ishbay ishlovchi xodimlarga kasal kunlar uchun nafaqa hisoblashda oxirgi ikki oylik ish haqi va
o’rtacha oylik mukofat summasi asos qilib olinadi. Qolgan hisob-kitoblar yuqorida keltirilgan tartibda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: