Ishbay ishlovchilar uchun
– bajarilgan ishlarning hajmini tasdiqlovchi hujjatlar (naryadlar,
ma’lumotnomalar, hisobotlar, dalolatnomalar va boshqalar), bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi
me’yori, ishga chiqish hisobi tabeli (ishni kollektiv tarzda bajaruvchilar uchun).
•
Vaqtbay ishlovchilar uchun
– shtat jadvali, ishga chiqish hisobi tabeli
•
Mehnat ta’tilini hisoblash uchun
– buyruq, xodimning ish haqi bo’yicha buxgalteriyada
yuritilgan shaxsiy schyoti varag’i.
•
Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganlikda beriladigan nafaqani hisoblash uchun
–
kasallik varaqasi, kasaba uyushma qo’mitasining qarori va xodimning ish haqi bo’yicha buxgalteriyada
yuritilgan shaxsiy schyoti varag’i.
Korxonalar buxgalteriyasi mehnatga haq to’lashga doir barcha hisob-kitob ma’lumotlarini ish haqi
kitobida, xodimlarning shaxsiy varaqalarida yoki hisob-to’lov qaydnomalarida mujassamlashtiradi. Ushbu
registrlarda keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobini
yuritishga asos bo’ladi.
Hisob-to’lov qaydnomasida yoki ish haqi bo’yicha yuritilgan kitobda hisobot davri boshidagi qarz,
shuningdek hisoblangan jami ish haqi va jami ish haqidan ushlanmalar asosida har bir xodim bo’yicha
hisobot davrining oxiridagi qarz, ya’ni korxonaning xodimga bo’lgan yoki xodimning korxona oldidagi
qarzi, aniqlanadi.
2.Ish haqini hisoblanishi va hisobi
Ishbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish
hajmini bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me’yoriga ko’paytirish yo’li bilan topiladi. Masalan,
ishchi oy maboynida 100 dona mahsulot ishlab chiqardi. Bir birlik mahsulot uchun ish haqi me’yori –300
so’m. Ishchiga hisoblanadigan ish haqi summasi bu holda 30000 so’mni (100x 300) tashkil etadi.
Vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda ishlagan
soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o’rtacha ish haqiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi.
Masalan, buxgalterning shtat jadvali bo’yicha maoshi –30000 so’m. Yanvar oyida u 15 kun to’liq ishladi,
qolgan kunlar uchun kasallik varaqasini taqdim etdi, uning mehnat staji –4 yil, bolalarining soni –2 ta.
Yanvar oyidagi kalendar ish kunlari soni –25. Buxgalterga asosiy ish haqi hisoblash uchun bir kunlik
o’rtacha ish haqi summasi topiladi. Bizning misolimizda u 1200 so’m (30000 : 25). Buxgalterning
haqiqatda ishlagan kunlariga hisoblanadigan ish haqi summasi 18000 so’m (1200 x 15).
Do'stlaringiz bilan baham: |