Sovunlash
natriy karbonat (kalstiyli soda) yordamida olib boril-ganligi uchun sanoatda
karbonatli sovunlash deb yuritiladi. Karbonatli sovunlashda qozonga 28-30%-li natiriy karbonat
eritmasi hisoblangan miqdori beriladi, o’tkir bug’ bilan qaynashgacha qizdirilib, resteptura
bo’yicha issiq yog’ kislotalar kiritiladi (avval yog’ kislotalar keyin sintetik yog’ kislotalar). Agar
avval yog’ kislotalar keyin soda berilsa, nordon sovun hosil bo’lib qolishi mumkin. Sovun
massasida Na
2
CO
3
miqdori 0,5% dan ko’p bo’lmasa, karbonatli sovunlash tugagan deb
hisoblanadi.
To’liq sovunlash
40-42% li NaOH (kaustik soda) eritmasi bilan davom ettiriladi. NaOH
ishqori qozonga qaynash va aralashtirishda porstiyalab beriladi. Ishqorning ortiqcha miqdori
sovun massasini pishirishning oxirida 0,1-0,2% bo’lishi lozim. Kaustik soda yordamida to’liq
sovunlash 30minut davomida qaynatilgandan so’ng, ishqor miqdori o’zgarmas bo’lganda oxiriga
etgan deb hisoblanadi.
Tuzlashda
sovunli elimga o’tkir bug’ bilan qaynatib va aralashtirib turib 20% li NaS1
eritmasi qo’shiladi. Tuzlash tugagach, massa bir tekis qaynaydi. Pulat andavachadan elim yupka
qatlam bo’lib oqib tushadi.
Tindirish
tuzlashdan keyingi jarayon bo’lib, sovunli massa bir necha soat davomida
tindiriladi: asosiy qism (sovun yadrosi) + sovunosti elimi hosil bo’ladi. Asosiy qism 60-63%
yog’ kislotalardan iborat. Tindirish davomiyligi qozon sig’imiga bog’liq. Masalan, qozon sigimi
50m
3
bo’lsa, tindirish 20-30 soat davom ettiriladi. Tindirish natijasida sovun yadrosi va sovun
osti ishqori ajraladi. Sovun osti ishqori ajratilib, sovun yadrosi quritishga uzatiladi.
Silliklash
asosan atir sovunlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bu jarayon issiq suv bilan
yoki qaynatib aloxida porstiyalar bilan qo’shiladigan NaOH va NaS1 eritmalari bilan bajariladi.
Ishqor miqdori 0,5-0,8% , NaCI 0,7–1,0% miqdorda ushlab turiladi. Silliqlash suvning oxirgi
porstiyasi qo’shilgandan so’ng bir soat intensiv qaynatilgandan keyin tugatiladi. Tayyor atir
sovun asosi tarkibi quyidagicha bo’ladi: yog’ kislotalari 61,5% dan ortiq, NaOH 0,06-0,12%,
sovunlanmagan yog’ 0,2% dan ko’p emas, NaCI miqdori 0,4% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Sovun asosini qayta ishlash va uni tovar xolatga keltirish
xo’jalik sovuni sovutiladi,
quritiladi, mexaniq ishlov beriladi, formovka qilinadi, bo’laklarga bo’linadi, muxrlanadi va
tayyor sovun bo’laklari yaщiklarga joylanadi.
Atir sovuni esa sovutilgandan, quritgandan va mexanik ishlov berilgandan so’ng,
xushbo’y moddalar, bo’yoqlar, oksidlanishga qarshi va boshqa qo’shimchalar qo’shilib,
qo’shimcha mexanik ishlov berilib, formovka qilinadi, kesiladi, tayyor bo’lgan bo’lakchalar
quritib, muxrlanadi va o’ralib qutilarga joylanadi.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |