153
aralashtirish to’xtatilib, haroratning vaqt o’zgarishi kuzatilib, jadval ko’rinishida yozib boriladi.
Termometr ko’rsatkichi va vaqti xar minutda yoziladi. SHu jadval asosida koordinata grafigi
tuziladi. Bu grafikdan qotish harorati aniqlanadi.
4 -laboratoriya ishi
Mavzu:Margarinni namligini aniqlash.
Margarin sariyoga o’xshash yo sifatida 1869 yilda franstuz kimyogari Mej-Mure
tomonidan ishlab chiqarilgan. U eritilgan mol yoining tez eriydigan qismini sigir oshqozonidagi
zardob yordamida emulsiyalab, hosil bo’lgan aralashmani o’ta sovuq suvda sovutib, yarim
qattiq,
och sariq rangli, yaltiroq donachalar hosil qiladi. Mej-Mure ularni margarin deb atadi.
(Margjaret – franstuzcha – marvarid). Moylarning oziqa qiymati ularning energetik qiymati va
fiziologik ta’siri orqali aniqlanadi. Margarin kishi organizmiga singishi jihatidan sariyodan
qolishmaydi va energetik qiymati jihatidan esa undan yuqori turadi.
Ma’lumki mayda zarrachali emulsiya holatidagi yolar kishi organizmiga yaxshi singadi.
Bunga yolarning suyuqlanish harorati ham ta’sir etadi. Shu sababli, margarin uchun
ishlatiladigan yolarning suyuqlanish harorati 31-34
0
S dan yuqori bo’lmasligi kerak. Margarinda
mavjud bo’lgan essenstial (to’yinmagan) yo kislotalari uning fiziologik qiymatini oshiradi.
Hozirgi vaqtda, yo-moy sanoatida xilma-xil margarinlar, kulinar, qandolat va nonpazlik yolari
ishlab chiqariladi.
Margarin, bu mayda zarrachali suv-yo emulsiyasi bo’lib, uning tarkibiga
yolar, o’simlik moyi, sut, emulgatorlar, rang va hid beruvchi moddalar, tuz, shakar, vitaminlar
kiradi. Sut margaringa tabiiy yoki achitilgan (qatiq) holida sariyoga hos maza va hid berish
uchun qo’shiladi. Yana shu maqsadda turli hid beruvchi moddalar (aromatizatorlar),
turun
emulsiya olish uchun MG, MGD, quruq sut kabi emulgatorlar ishlatiladi.
Margarin restepturasiga, unga sariyo rangini berish uchun ozuqaviy rangli moddalar, tuz
va shakar esa maza berish uchun kiritiladi. Bundan tashqari tuz va shakar margarinni saqlash
muddatini uzaytiradi.
Kulinar, qandolat va nonpazlik yolari margarindan farq qilib, deyarli suvsiz bo’ladi.
Ularni tayyorlash uchun tozalangan va hidsizlantirilgan, gidrogenlangan moylar, hayvon yolari
va o’simlik moylari ishlatiladi.
Margarin tarkibida 82% yo bo’lishi, namlik miqdori 16.5% dan oshmasligi, tuz 0,2-0,7%,
Ketstorfer darajalarida kislotaligi 2,5 mg KON dan oshmasligi kerak.
Margarindan ajratilgan
yoning erish harorati 27-33
0
S, nikel miqdori juda kam (izlari ko’rinishida) bo’lishi kerak.
Organoleptik ko’rsatkichlarga ko’ra margarin toza, mazali va xushbuy bo’lishi, mazasi va
xushbo’yligi bilan sariyoga o’xshashi, konsistenstiyasi bir jinsli va plastik bo’lishi, rangi butun
massa bo’yicha bir xil bo’lishi, bo’yalgan margarin uchun – och sariq, bo’yalmagani uchun oq
bo’lishi kerak.
Qovurishda margarin sachramasligi kerak. Margarinni analiz
qilishda quyidagilarni
aniqlash kerak: namlik miqdorini, kislotaligini, quruq modda miqdorini, yoini va uning
organoleptik ko’rsatkichlarini.
Margarin analizi vaqtida uning namligi,
kislota soni, quruq qoldiq miqdori, tuz va yo
miqdori, shuningdek organoleptik ko’rsatgichlari hid, ta’m 18
o
S dagi konsistenstiyasi va rangi
aniqlanadi.
Margarin analizi uchun namunalar ishlab chiqarilayotgan har bir partiyadan olinadi.
Yashiklardan (monolit) namuna shup bilan yashikning oldi devoridan solinib yon balandlikka
parallel ravishda tiqib olinadi. Bochka yoki fanerli barabanlardan namuna shupni yon chetidan
markazgacha tiqib olinadi. Agar margarin bo’laklarda ishlab chiqarilayotgan bo’lsa unda
analizga ajratilgan bo’laklarning qoozi olinadi va qoq markazidan ikkiga bo’linadi.
Kesimning
154
hamma yuza qismidan 50 g ga yaqin margarin namunasi olinadi. Olingan namunalar bankalarga
joylashtiriladi va harorati 40-45
o
S bo’lgan suv hammomiga solinadi. Margarin erib ketmasdan
ma’lum bir harakatchanlikka ega bo’lishi uchun uni har 2 min orasida aralashtirib turiladi.
Margarin harakatchan bo’lishi bilan banka suv ichidan olinadi va massa qotib qolguncha
aralashtiriladi. Analiz uchun namuna shu qotib qolgan massadan olinadi.
Namlikni massa ulushini ikkita usul bilan aniqlash mumkin: margarin namunasini quritish
shkafida doimiy oirlikkacha quritish (arbitraj usuli); elektrplitada quritish (tezlashtirilgan usul).
Operativ nazorat uchun ko’pincha ikkinchi usuldan foydalaniladi.
Usul prinstipi. Usul, margarin namunasini 160-180
o
S haroratda quritishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: