Psixologiya fakulteti



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana23.04.2022
Hajmi0,83 Mb.
#575591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5390888391246092104

1.1. Diqqatning mohiyati 
Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga 
sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilam belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat 
keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli Diqqat yaxshi Diqqat 



hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok 
qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq. 
Odamga xar bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‘p narsa va hodisalar ta’sir 
etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalaryning hammasi bir xil 
aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari anik yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari 
shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu 
odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratishiga bog’liqdir. 
Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq; va to‘la aks ettiriladi. 
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan 
maxsus refleks yotadi. Bunday refleks akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan «bu 
nima ran refleksi» deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan 
birorta yangi narsaning ta’siri yoki haddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil bo’ladi. 
Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi xisoblanadi, chunki 
bu refleks bosh miya yarim sharlarining po‘stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan 
iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda xar bir daqiqada organizmga turli 
narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan orientirovka yoki 
tekshirish refleksi ayni chog‘da nisbatan kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini 
yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po‘stida paydo bo’ladigan kuchli 
qo‘zg‘alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo‘zg‘alish 
bo’ladi. 
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning 
hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.Odamning ko’z o’ngida 
paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining tashqi ko’rinishi jixatidan 
odatdagi narsalardan keskin farq kiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq, 
tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga 
keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya o’qish mashg’uloti paytida 
to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning qattiq; va baxaybat tovushi hammaning 
diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi. 
Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli 
ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va xodisalarga qaratishimizga 



aytiladi.Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan 
amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni uqish, o’yin va 
mexnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat 
ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, 
u zo’r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf kilishlikni talab etadi. 
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - 
diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va 
diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kura 
odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jixatidan bir-biridan farq kiladi. 
Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati 
kuchsiz va beqaror bo’ladi.Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini 
biror narsa yoki xodisaga uzoq muddat davomida muttasil karatib tura olishiga 
aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson xayotida juda katta ahamiyatga ega. 
Chunki diqqatni ma’lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda 
karatib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va xatto uxlay ham olmaydi 
turlaridan iboratdir. Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb 
ko’rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi 



olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan 
qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va 
xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning 
dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi. 
Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan 
hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 

Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo’lishi. 

 Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning 
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. 
Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin 
uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir. 
Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda axborotlar oqimini 
qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi 
olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi 
a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir. 
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol 
yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va 
tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish 
jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. 


10 
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning 
va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati 
qanchalik 
murakkab, 
serzahmat, 
davomiylik jihatdan 
uzoq 
muddatli, 
mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar 
qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning 
turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. 
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti harakatlari 
ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, 
uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni 
bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. 
Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur 
qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz 
diqqatning ob’yekti bo’la oladi. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish