Psixologiya fakulteti



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana23.04.2022
Hajmi0,83 Mb.
#575591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5390888391246092104

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Harakat maqsadini ahglash 
Harakatlanishga qaror qilish 
Моtivlar kurashi 
Таshqi irodaviy harakat 
Ichki irodaviy harakat 
Iroda kuchi 
Iroda aktining psixologik tuzilishi
Harakatni ijro etish maqsadi 
tilak 
havas 
Rasm. Iroda akti psixologik tuzilishining chizmasi. 


20 
Kasbga xos diqqat ma’lum bir kasbga ko’p yil ishlash natijasida shu kasbning 
talablari va ob’yektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi, 
Masalan: chorrahada ko’cha harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop 
yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut 
qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv 
xususiyatlarini talab qiladi.Ixtiyoriy diqqat ongning oldindan belgilangan maqsadga 
muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan ob’yektga yo’nalishi va 
unga to’planishdan iborat diqqat turi.Ixtiyoriydan keyingi diqqat diqqatning muayyan 
ob’yektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan 
sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha 
psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.Diqqat chalg’ishi ma’lum bir 
faoliyat jarayonida diqqatning bir ob’yektdan boshqa bir ob’yektga ixtiyorsiz 
ravishda o’tib turishidan iborat salbiy xususiyati.Diqqatning hajmi diqqatning bir 
vaqgning o’zida qamrab olishi mumkin bo’lgan mustaqil ob’yektlar miqsori bilan 
bslgnlanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2—6 mustaqil 
ob’yektga tengdir. Diqqatning ob’yektlari o’rtasida qancha lik yaqin bog’lanishlar 
mavjud bo’lsa, uning hajmi shunchalik keng bo’ladi va aksincha.Diqqat ob’yekti 
ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo’naltirilgan va faol to’plangan narsa 
yoki hodisa. Diqqat ob’yekti faqat ob’yektiv narsalar emas, balki sub’yektiv 
hodisalar, o’z histuyg’ularimiz, fikrlarimiz, hayol yoki xotira tasavvurlarimiz va 
boshqa shu kabilar ham bo’lishi mumkin.Ixtiyorsiz diqqat ongimizning oldindan 
belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan ob’yektga yo’naltirilishi va unga 
to’planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat ob’yektlari narsa va hodisalarning 
odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir. Diqqatsizlik diqqatni ob’yektga 
yo’naltira va to’play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki 
iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.Diqqatning o’zgarib turishi idrok, xotira, 
tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum va ichida dam kuchayib, dam 
susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25—30 marta ham 
o’zgaradi. Diqqatning o’rtacha o’zgarishtebranish chastotasi 2—3 sekundga 
tengdir,Ko’ruv diqqati narsa va hodisalarni ko’ruv organi orqali idrok qilish, esga 


21 
tushirish munosabati bilan namoyon bo’ladigan diqqat turi.Ikkinchi tartibli ixtiyoriy 
diqqat ongimizning muayyan ob’yektga ixtiyorsiz ravishda yo’naltirilsada, uning 
ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to’planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; 
diqqat to’plangan ob’yektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy 
diqqatga aylanishi.Ichki diqqat ongimizning o’z sub’yektiv taassurotlarimiz, 
histuyg’ularimiz va intilishdarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi. Tashqi diqqat 
ongimizning ob’yektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va 
xususiyatlariga yo’naltirilish, ularda faol to’planadigan diqqat turi. Bedor holat bosh 
miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo’zg’alishi bilan 
belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina 
ma’lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi. Qo’zg’alish markazi markaziy asab 
tizimining qo’zg’alish jarayoni ro’y bergan uchastkasi. Diqqat depressiyasi (lot. 
dergezyu pasayish) turli tashqi va ichki omillarga ko’ra ob’yektda to’planish va 
mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi. Paradoks fazasi kuchli 
qo’zkatuvchilarga qaraganda kuchsiz qo’zg’atuvchilarning kuchli reaksiyasining 
vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi). Oriyentir refleksining 
elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi ixtiyoriy diqqat buzilganda 
maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish 
hamda vaziyatga qarab uni o’zlashtirish orqali insonda oriyentirovka refleksini 
qaytadan tiklashdan iborat korreksion faoliyat.Diqqat korreksiyasi (lot. soggesIo 
tuzatish) insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va 
uslublardan foydalanib tuzatish.Ta’lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan 
ixtiyoriy diqqat yosh ulg’ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning 
ta’siri ostida o’sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir 
narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki 
yoshga etishi bilan ko’rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to’planishi va 
barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o’ziga 
jalb qiladigan qo’zg’atuvchilarning taassurotini engishga to’g’ri keladi. Katta kishilar 
bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo’lishga va jamiyatda yashash koidalariga 
o’rgatadilar. Bo’larning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 


22 
yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o’z tashabbusi bilan ham o’sa boshlaydi. 
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o’sa boshlaydi. O’qish 
jarayonining o’zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to’planishi va barqarorligining 
o’sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning ayrim 
sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi o’sib boradi. Bolalarning 
diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan 
kuchishi va bo’linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor 
kontsentratsiyalashgan diqqatni ko’rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib 
bir qo’liga ushlatib qo’yib, ikkinchi qo’liga boshqa narsa bersak, u birinchi 
qo’lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o’z qo’lida ushlab turgan 
narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik 
diqqatining 
bo’linuvchanligi 
kattalar 
yordami bilan bolalarning o’yin faoliyatlarida, o’qish va amaliy mehnat jarayonida 
o’sib boradi. Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning kuchi va 
barqarorligi o’sa boradi. Bu xususiyatlari o’yin, mehnat va o’qish jarayonlarida 
o’sadi. O’qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror 
bo’lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o’sishiga bolalar ongining 
mazmunan boyishi va ular tafakkurining o’sishi katta yordam beradi. Bola 
hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo’ladi. SHuning uchun avval 
bola tashqaridan keladigan qo’zg’atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, 
ta’sirli bo’ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob’ektning tashqi
tomonlariga ko’proq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga ko’proq qarashi, 
uni og’ziga solishi mumkin. Yaltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi. Bola 
yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana 
boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo 
bo’la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o’yin katta ahamiyatga 
egadir. Agar bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo’lmasa, 
ixtiyoriy diqqat mustahkam bo’lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o’quv 
jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya’ni darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, 
o’qituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ 
uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo’ladi. Maktab yoshidagi 


23 
bolalar o’z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o’yin 
davomida faqat epizodik tarzda sodir bo’ladi. O’quv faoliyati juda murakkabligi, 
majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar 
kuyadi. Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqa
tining o’sib borishidir. quyi sinf o’quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga 
sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligir. 
SHuning uchun o’qituvchi o’quvchilar diqqatini tarbiyalashda o’quv materialining 
mumkin qadar qiziqarli ko’rgazmalar, xilma - xil bo’lishiga harakat qilishi 
kerak, o’quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg’ulot davomida tanaffus berish 
imkoniyatlarini avvaldan o’ylab ko’rishi lozim. O’quv faoliyatini to’g’ri tashqil
etish boshlangich sinflardaek shakllanib, o’smirlik yoshida mustahkamlanadigan 
diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O’smirda har xil narsalarni bilishga 
qiziqish, ko’p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo’shqin g’ayrat, istak 
uyg’onadi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o’yin katta ahamiyatga egadir.Bu 
bir tomondan, diqqatning to’planishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. 
Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg’ish hollarini keltirib chiqaradi, 
chunki hali o’smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars 
materialiga yo’naltirish va unda tutib turish imkonini beradi.
O’qituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati o’rta yoshdagi 
o’quvchilarning diqqatini to’g’ri tarbiyalashni ta’minlaydi. Bunday sharoitda 
o’smirning o’zi ham o’zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk 
yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish 
bilan bog’liq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta’limga oliy 
ma’suliyatli bo’lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning 
birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so’nggi ixtiyoriy diqqatning, ya’ni irodaviy 
diqqatning paydo bo’lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Ko’p yillik o’qish
davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati 
paydo bo’ladi, uning natijasi yuqori sinf o’quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz 
bo’lgan ish ustida o’z diqqatini nisbatanengil to’play oladigan bo’ladi 


24 
Bunday yigit qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan 
o’rganish qobiliyatiga ega bo’ladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, hatto 
o’smir ham ko’rgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj bo’ladi. Yuqori 
sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda o’qitishning mazmundorligi, 
mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ o’ynaydi. Faollikda namoyon bo'ladigan inson 
psixikasining xususiyati o'z taqdirini o'zi belgilash tashqi va ichki to'siqlar, ta'sir va 
ta'sirlarga qaramay, uning faoliyati va o'zini tutishini o'zi tomonidan tartibga solish.
V. tushunchasi qadimgi davrda harakatning paydo bo'lishini tushuntirish 
uchun kiritilgan, ammo hech qanday emas, balki unga bo'lgan intilishdan mahrum 
bo'lgan odam. Boshqa ikkita asosiy tushuncha (lar) singari V. tarixida ham fan 
tushunchasi farqlandi. V. muammosidan V. mustaqil bo'lib chiqdi: iroda erkinligini 
o'rganish, va yaqinda o'zini o'zi boshqarish. Muammoda ham o'zgarish yuz berdi, 
uning doirasida V. kontseptsiyasining zarurligi to'g'risida savol tug'ildi Dastlab 
Aristotel asarlarida V. harakatni uning zarurligi to'g'risida asosli qaror asosida ishlab 
chiqarish muammosi bilan bog'liq, ammo motivatsion jihatdan ta'minlanmagan holda 
kiritildi. Ya'ni, bu zarur bo'lgan, ammo ular uchun sub'ektiv ravishda tajribali 
istaklarga ega bo'lmagan harakatlar haqida (aksincha, kerakli harakatni inhibe qilish 


25 
bilan bog'liq, ammo ijtimoiy yoki shaxsan qabul qilinishi mumkin emas). Keyin V.ga 
motivlar va maqsadlar qarama-qarshi bo'lgan taqdirda tanlov funktsiyasi berila 
boshlandi. V. haqidagi bu tushuncha Spinoza asarlarida aniq ko'rsatilgan. 
Yigirmanchi asrda V.ning muammosi harakatga turtki berishni kamaytiradigan 
to'siqlarni engib o'tish vazifasi bilan bog'liq ravishda muhokama etila boshlandi. K. 
N. Kornilov, V. I. Selivanov, P. A. Rudik, A. Ts. Puni va boshqalarning asarlarida V. 
harakatlarni amalga oshirish natijasida kelib chiqadigan tashqi va ichki to'siqlarni 
engish uchun harakatlarni safarbar qilish bilan bog'liq edi. L. S. Vigotskiy V.ning 
muammosini "o'zini o'zi egallash" vazifasi, ya'ni o'zboshimchalikni rivojlantirish, 
insonni uning jarayonlari va xatti-harakatlari bilan ongli ravishda boshqarish bilan 
bog'liq holda qo'ydi. Hozirda Vni tushunish va tadqiq qilishning bir necha variantlari 
mavjud: yoki V. kontseptsiyasi kiritilgan barcha haqiqatlarni ajratib ko'rsatish va 
ulardan birini V ning zamonaviy tushunchasiga mos ravishda tanlash; yoki umumiy 
bo'lgan barcha haqiqatlarda tanlov, bu ularning barchasini V bilan bog'lashga imkon 
beradi; yoki ba'zi yangi haqiqatni belgilash. Diqqatning rivojlanishi. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish