O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash Vazirligi Toshkеnt farmatsеvtika instituti Farmakognoziya kafеdrasi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/192
Sana23.04.2022
Hajmi3,11 Mb.
#575408
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   192
Bog'liq
mfo\'m

 
4-ma‘ruza
Mahsus fanlarni o‘qitish shakllarining umumiy tavsifi, ma‘ruza turlari 
va ularga quyiladigan talablar, seminar va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil 
etish va o‘tkazish metodikasi. 
 
Reja 
1.
O‘quv jarayonida ma'ruzani tutgan o‘rni va ma'ruzaga qo‘yiladigan talablar. 
2.
Ma'ruzani bayon qilish.
3.
An'anaviy ma'ruza o‘qish va muammoli ma'ruza.
4.
Jadallashgan (jalb qiluvchi, chuqurlashtirilgan) ma'ruza 
5.
Ma'ruza matni. 
6.
Seminar va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. 
Tayanch iboralar: 
Ma'ruza, ma'ruzaning funksiyalari, kirish ma'ruzasi, mavzu 
bo‘yicha ma'ruza, yo'1-yo'riq ko‘rsatuvchi ma‘ruza, ma'ruzada real faktlar, an'anaviy 
ma'ruza o‘qish, muammoli ma'ruza o‘qish, jadallashgan ma'ruza o‘qish, ma'ruza 
matni, seminar va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. 

Ma'ruza, uning o’quv jarayonida tutgan o’rni va unga 
qo’yiladigan asosiy talablar
 
Ma'ruza o‘quv jarayonining asosiy bo‘g‘ini, dars o‘tishning asosiy 
shakllaridan biridir. Ma'ruza bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish 
ko‘zda tutilgan, hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtnrnshning 
murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma'ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) – o‘qish) 


66 
o‘quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning mantiqiy izchil, ma'lum bir tizimga 
solingan bayonidir.
Ma'ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin:
1) o‘quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida;
2) bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish metodi sifatida. 
 
Ma'ruza boshqa og‘zaki, so‘z orqali ifodalanadigan metodlardan: 
a) nisbatan qa‘tiy belgilangan tarkibi;
b) o‘quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish;
d) tasniflash, tariff berish, obrazli isbotlash; 
e) beriladigan axborotning serobligi;
g) materialni yoritib berishning tizimliligi bilan ajralib turadi. 
Ma'ruza talabalar bilan muloqotda bo‘lishning alohida shakli va uni boshqa 
hech qanday o‘quv shakli bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ma'ruzaning oldiga 
qo‘yiladigan maqsad har xil bo‘lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi 
uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Ma'ruza o‘qitishning quyidagi 
qator funksiyalarini bajaradi: 
1. Professional ta'lim berish va dunyoqarashni shakllantirish. 
2, Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish.
Ma'ruzada talabalarning diqqat-e'tibori o‘quv materialining asosiy mazmuni, 
qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik 
faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o‘zlashtirish metodlariga 
qaratiladi. 
3.
Idrok, 
tafakkurni 
rivojlantimvchi 
— 
tinglovchilarda 
bilma- 
ganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy flkrlash va o‘z fikrini 
asoslashga o‘rgatadi. 
4.
Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, ol- 
gan axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtnrnshga o‘rgatish. 
5.
Metodologik - ma'ruza jarayonida tadqiqot metodlari 
taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi. 


67 
6.
Talabalarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, 
ma'naviy 
jihatdan 
barkamol 
bo‘lishi, 
mehnatga 
munosabati, 
ijti- 
moiy-psixologik xislatlarini shakllantirish. 
Ma'ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, 
ma'ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan maqsad, 
o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ma'ruza 
faqatgina farmasevtika rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan 
cheklanishi kerak emas, fanning songgi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning 
amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni 
yechishdagi ahamiyatini, yechish yo‘llarini ham ko‘rsatishi kerak. 
Ma'ruza qanday fandan o‘qilishidan qat'i nazar, ilmiy xaraklerga ega bo‘lishi, 
turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g‘oyalarini talabalar ongiga 
yetkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma'ruzaning 
eng zarur sharti anditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma'ruza o‘qish, eng av-
valo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma‘ruza 
mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak. 
Ikkinchidan, fan bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma'ruza rejasi va reja 
bo‘yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o‘ikazishda qo‘llaniladigan metodlarni 
tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini 
aniqlash lozim. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish