ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Special issue
| 2022 "Challenges and Solutions of Modern Linguistics"
Analytical Journal of
Education and Development
195
Axloq ilmiy yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlaming
kamolotga erishish yo‗lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo'lgani kabi uning axloq odobi
ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi olamini
o'rganish, bilish, tahlil qilish g'oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog'liq holatdir. Axloqli,
odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi hislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolat-
diyonat, hayoyu-iffat, imon-e‘tiqod kabilar mujassam bo‗ladi, ayni paytda shu hislatlaming aksi-
beburd, axloqsiz kimsalar fe‘lida ko‗rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro‗-shuhrati
kishilarning axloq-odobi, yaxshi hislat fazilatlari bilan belgilanadi.Oila tarbiyasi kabi katta
mas‘uliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o‗rinda bir narsani alohida
aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta‘sirchan kuch qudrat bu — Onadir. Ota ko‗pchilik
xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta‘minlash, qolaversa oilaning xo‗jalik
ishlari bilan band bo‗ladi. Bu o‗zbek oilalarining tarixidan ma‘lum bo‗lgan haqiqat va ota-
bobolarimizdan meros bo‗lib qolgan an‘anadir. Shunga ko‗ra bola bilan ko‗proq ona birga
bo'ladi. Axir xalqimiz: «Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi» deb bejiz aytmagan. Yuksak axloq-
odob aqidalari bola qalbiga ko‗proq ona suti bilan kiradi.Oila ota-bobolarimizdan meros bo‗lib
qolgan an‘anadir. Shunga ko‗ra bola bilan ko‗proq ona birga bo'ladi. Axir xalqimiz: «Sut bilan
kirgan jon bilan chiqadi» deb bejiz aytmagan. Inson nafaqat mehnati tufayli o‗zini va oilasini
boqadi, balki unda yerga va yurtga bo‗lgan muhabbati ham paydo bo‗ladi. Zotan har bir inson
o‗zi o‗sib ulg‗aygan zaminni, mamlakatni eng yaxshi va go‗zal mamlakat deb tushunmog‗i
kerak». Bu fikrlardan har bir inson faqat o‗zining emas balki farzandlarini ham mehnatsevar
qilib tarbiyalashi lozim. Chunki mehnatsevar bo'lmasdan turib, o‗z yerini, o‗z vatanini seva
olmasligi tabiiy.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso alXorazmiy qarashlarida ham mavjuddir.
Uning aytishicha, «Ota-onalar ikki xil: tug‗ilish otasi va ta‘lim berish otasi: birinchisi jismoniy
hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli». Shunga ko'ra ulami uzviy birlikda olib qarash
tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so‗zlari anchayin ibratlidir:
«Zamondan yaxshiroq ta‘lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta‘lim oladigan o‗quvchini
ko‗rmadim». Uning bu so‗zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal
qiluvchi ta‘sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta‘lim natijasida kamolotga erishib
borishi mumkinligini sezamiz.
Bundan ko'rinib turibdiki, axloq-odobning normalari - kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat,
halollik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik va shu kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr qilingan
pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liqdir.
Deylik, dehqon dunyoqarashi uning halol mehnat qilib, dastlab oila to‗kinligi so'ng xalq
farovonligini ta‘minlashda ko'rinadi. Uning barcha faoliyati shu oliyjanob tuyg‗u bilan
uyg'unlashgan. Bu oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Turmushning hamma
qirralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan mehnatkash inson har sohada o‗z yo‗lini topa
oladi.Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'on»da «Alloh sizlarnii onalaringiz qornidan biron
narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukur qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko'zlar va dillarni
berdi. «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini
birovlaridan (ya'ni erkaklami ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o'z
mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Ibodat-itoatli va erlari yo'qligida Allohning hifzu-
himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o'z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir»
. Har bir insin yoshligidan orzular bilan yashaydi, xalqiga, Vataniga foydasi tegadigan kishi
bolib yetishishni o`ylaydi.Demak, kimki oldinga qarab intilsa, yuksak orzular bilan yashasa, u
tom manoda o`sib, ulg`ayib, mukammallashib, fazilati ortib boraverad. Fazilat o`rniga nuqsonlari
ko`ziga tashlanib qola boshlaydi. Buning mukammalligini, yani qusurli va nuqsonli odam
Do'stlaringiz bilan baham: |