Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

 
 
 
 
 
78
Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш — давр талаби. 5-жилд. — Т.: «Ўзбекистон», 1997. — 167-бет 
79
Қ.Назаров, И.Эргашев. Миллий ғоя ва раҳбар масъулияти. Т.: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт—2007.688-бет 


88 
ТАLIM SOHASIDAGI SAMARALI ISLOHOTLAR 
(Xorijiy tillarni o‘rganish misolida) 
Elmuradova Surayyo Abdijalilovna SamDChI o‘qituvchisi 
Odilova Mehrubon Xayratovna SamDChI talabasi
Mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol 
o‘zlashtirishi, zamonaviy kasb-hunar, xorijiy tillarni o‘rganishi uchun barcha imkoniyatlar 
yaratilgan. Bugun yoshlarimiz ana shunday ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda. 
Xususan, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
islohotlar natijasida yuz minglab o‘g‘il-qizlarimiz muayyan mutaxassislik bo‘yicha ta’lim 
olish bilan birga xorijiy tillarni puxta o‘rganmoqda. 
Bugungi kun-globallashuv davridir. Bu davr insoniyatning zamon bilan hamnafas 
odimlashini talab etadi. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari oʻz ona tilini mukammal bilish 
bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishi va muloqot qila olishi maqsadga muvofiq. 
Darhaqiqat, xorijiy tillar deganda koʻz oʻngimizda barcha chet mamlakat tillari namoyon 
boʻlsa-da, afsuski, mamlakatimizda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bu borada 
oqsash yaqqol seziladi. Negaki, deyarli davlat tasarrufidagi barcha oʻrta maktablarda shu 
kunga qadar asosan ingliz tili chet tili sifatida oʻrgatib kelinmoqda edi. Biroq Prezidentimiz 
tashabbusi bilan bugungi kunda taʼlim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan 
kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini — ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk, 
arab, fors tillarini oʻrgatishni tashkillashtirishdek dolzarb masala kun tartibiga qoʻyilgan. 
Xorijiy tillarni o‘rganish va undan amaliy hayotda foydalana olish har doim dolzarb bo‘lib 
kelgan. Asosan, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan, global o‘zgarishlar zamonida xorijiy 
tillarni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib turli qonun va qarorlar qabul 
qilinmoqda. Bundan maqsad bitta – yosh avlodni yuksak intelektual, zamontalablariga javob 
bera oladigan kadr etib tarbiyalashdir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini 
mustahkamlash yili”ga oid davlat dasturining qabul qilinishi va unda xorijiy tillarnii 
mukammal o‘rganishga alohida e’tibor qaratilishi barobarida “O‘zbekiston Respublikasida 
xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib 
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul 
qilindi. Mazkur qarorga muvofiq xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor 
yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga 
malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan 
qiziqishini oshirish kabi dolzar vazifalar nazarda tutilgan. Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan o‘qituvchilarning kamida 
С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi attestasiya 
jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan sifatida baholanib, xorijiy til moduli 
bo‘yicha sinovdan ozod etilishi hamda xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan mashg‘ulotlar 
olib boradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro 
sertifikatga ega o‘qituvchilarga ellik foizgacha oylik maoshlariga ustamalar tatbiq etish 
to‘g‘risidagi qarorlar ham qabul qilingan. 
Ushbu sa’yi-harakatlarning barchasi ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni mukammal 
o‘rgatish va yosh avlodni zamon talabiga javob beradigan kadr qilib tarbiyalashga 
qaratilgandir.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishda xorijiy tajribalarga asoslangan xalqaro 
standartlarga to‘la mos keluvchi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Shuningdek, ta’lim sifatini 


89 
tubdan isloh qilish va uni xalqaro standartlarga mos ravishda, milliy mintalitetimiz, urf-
odatlarimizni inobatga olgan holda takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu borada 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda “…ta’lim va o‘qitish sifatini 
baholashning xalqaro standartlarini joriy qilish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining 
sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rag‘batlantirish, 
ilmiy va innovasion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmlarini 
yaratish…”, kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida 
malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim 
muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari 
o‘rnatishi va talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan 
ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish, ularga chet tilidan sifatli ta’lim 
bera olish, oliy ta’lim darajasini namunali bosqichga olib chiqish va tubdan takomillashtirish 
kabi dolzarb masalalar eng asosiy vazifalar etib belgilandi. 
Bundan ko‘zlangan asl maqsad bitta – yurtimizning har bir yosh, mustaqil fuqarosi o‘z 
ixtisosligi bo‘yicha jahondagi xalqaro e’tirof etilgan nufuzli tashkilotlar mutaxasislari bilan 
barobar bellasha olishi uchun chet tillarni mukammal o‘rganishi va yurtimz nomini jahonga 
yoyishdir. Zero, millatlararo munosabatlar va ijtimoiy-ma’naviy aloqalar hamda muloqotlar 
til orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham chet tillarini o‘rganish bugungi globallashgan 
davr talabidir. 
Таlim sohasidagi samarali islohotlar o‘zining natijasini bera boshlagan bugungi kunda Abu 
Ali ibn Sino va Ulug‘beklardek donishmandlar avlodi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarimizni yanada 
bilimli, zukko, intiluvchan bo‘lib ta’lim olayotganliklarini ko‘rib, barchamiz – ota-onalar 
qatori biz o‘qituvchilar ham juda xursand bo‘lamiz. O‘zbekistonimizda o‘sib kelayotgan 
avlodning o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy xislatlarini shakllantirish hamda ta’lim-tarbiyasiga 
katta e’tibor qaratilishi jahon mamlakatlari orasida alohida e’tirof etilayotganidan 
faxrlanamiz. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish