84
ma’rifiy, o’quv-tarbiyaviy ishlar ko’lami kengaymoqda, mazmuni sifat jihatidan
yangilanmoqda, sohada faoliyat olib boradigan pedagoglardan chuqur ijodiy izlanish, ishga
yangicha yondashuv, fidoiylik, mas’uliyat hamda o’z kasbining haqiqiy ustasi, jonkuyari
bo’lishi talab etilmoqda.
Hozirgi kunda o’quvchi-yoshlarga turli kasb sirlarini o’rgatish, ularni hayotga
tayyorlash va qiziqishlariga qarab maktabda olgan bilimlarini rimvojlantirish, amaliyotga
mustahkamlash maqsadida bugungi kunda respublikamiz miqyosida jami 580 dan ortiq
maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Hozirda viloyatda 11 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etilgan bo’lib,
maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan Davlat talablari asosida viloyat bo’yicha 6
yo’nalishda,70 dan ortiq turdagi jami 231 ta to’garaklar tashkil etildi.
Ushbu tashkil etilgan to’garaklarga 231 nafar mutaxassis pedagog xodimlar jalb
qilingan. Maktablarda faoliyat olib boradigan jami pedagog xodimlarning 76 nafari oliy
ma’lumotli,
10
nafar tugallanmagan oliy ma’lumotli va 191 nafari o’rta maxsus ma’lumotli
kadrlardir. Viloyat bo’yicha 231 ta to’garaklarda 5734 nafar to’garak a’zolari kasb-hunar
sirlarini o’rganib kelmoqdalar.Tashkil etilgan to’garaklardagi jami guruhlar soni 570 tani
tashkil etdi. Shundan, Badiiy ijodiyot yo’nalishidagi 128 ta to’garaklarga 3273
nafar to’garak
a’zolari, Texnik ijodkorlik yo’nalishidagi 51 ta to’garaklarga, 1311
nafar to’garak a’zolari,
O’lkashunoslik va ekologiya yo’nalishidagi 42 ta to’garaklarga 895 nafar to’garak a’zolari,
tillar yo’nalishidagi 13
ta to’garakka 195
nafar to’garak a’zolari muntazam qatnab kelmoqda.
Shuningdek, viloyatda 13 ta jismoniy tarbiya va sport to`garagiga
310 nafar o`quvchi jalb etilgan.
1
Bugunda viloyat maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga qo’yilgan davlat talablari
asosida kadrlar salohiyatini yaxshilash, ularning ijodiy qobilyatlaridan kelib chiqqan holda
to’garaklar turini ko’paytirish, o’zaro tajriba almashish, o’quv jarayoniga innovatsion
g’oyalar va texnologiyalarni tadbiq etish, faoliyati jarayonida hamkor tashkilotlar, o’quvchi-
yoshlar va keng jamoa fikridan foydalana olish, iqtidorli o’quvchilar bilan bir qatorda
ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan o’quvchilarni ham o’z mahoratlariga
ko’ra to’garaklarga jalb eta olishi, hamda o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli
o’tkazishga qaratilgan amaliy jarayonlar o’tkazilib kelinmoqda.
Bugunda “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Axborot tenologiyalari”, “Dasturlash”,
“Mexatironika”, “Robototexnika” kabi zamonaviy to’garaklar tashkil etilmoqda.Lekin
hozircha mutaxassislar etishmovchiligi mavjud. Ta`kidlash o`rinliki, viloyat maktabdan
tashqari ta`lim muassasalari zamon bilan hamnafas
Do'stlaringiz bilan baham: