O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Maktabgacha ta‟lim muassasalari xarajatlarini



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
15.4. Maktabgacha ta‟lim muassasalari xarajatlarini 
rejalashtirish va moliyalashtirish
 
Mustaqillik yillarida respublikamizda milliy ta‘lim va 
tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‗nalishi 
darajasiga ko‗tarildi. O‗zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab 
chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilgan 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy 
etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‘lim tizimi 
barpo etildi.
Maktabgacha ta‘lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‗g‗ini 
hisoblanadi va butun ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi 
bo‗lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


377 
Maktabgacha ta‘lim bolalarda o‗qishga havas uyg‗otish, 
ularni tizimli ravishda o‗qishga tayyorlash, sog‗lom va barkamol 
shaxs bo‗lib shakllanishiga xizmat qiladi. Bu ta‘lim olti-etti 
yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk shaklidan qat‘i 
nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-
sentabrdagi ―Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5198-sonli 
farmoni
182
bilan ―uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo‗g‗ini 
bo‗lgan maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, 
samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha 
ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‗ini kengaytirish, 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali 
pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim 
muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, 
ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‘lim dasturlari va 
texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama 
intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda 
ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash 
maqsadida: 

O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, 
Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi, 
viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning 
tuman(shahar)lardagi bo‗limlari tashkil etildi; 

respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o‗ringa 
mo‗ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim 

182
―O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami‖, 2017-yil 9-oktyabr, 40-son, 


1054-modda. 
Maktabgacha ta‘limning maqsadi

bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlash, sog‗lom, har tomonlama yetuk, 
erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarning qobiliyatini ochish, ularda o‘qishga, 
muntazam ta‘lim olishga havas uyg‗otishdan iborat. 


378 
muassasalarini qo‗shimcha barpo etish orqali bolalarni 
maktabgacha ta‘lim bilan bosqichma-bosqich to‗liq qamrab 
olish, bolalarga maktabgacha ta‘lim-tarbiya berishning muqobil 
turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturlar 
ishlab chiqildi. 
2018-yil boshiga kelib respublikada 4 911 ta davlat 
maktabgacha ta‘lim muassasasi (MTM) faoliyat olib borayotgan 
bo‗lib, 2 mln. 450 mingga yaqin bog‗cha yoshidagi (3-7 yosh) 
bolalarning 739 ming 600 nafari (30,2 foizi) MTM bilan qamrab 
olingan
183
. Ushbu sohada sog‗lom va har tomonlama 
rivojlangan o‗sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli 
hissa qo‗shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar 
mehnat qilmoqda
184

Maktabgacha ta‘lim, shakli va usullaridan qat‘i nazar, 
quyidagi vazifalarni bajaradi (15.5-rasm): 
– 
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‗lig‗ini mustah-
kamlash; 
– bolalarda xalqimizning yuksak ma‘naviyati va insonparvarlik 
an‘analariga sadoqat tuyg‗ularini
 
shakllantirish; 
– bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda 
uni boshlang‗ich ta‘limni olishga tayyorlash; 
– 
ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va tex-
nologiyalarini joriy etish; 
– bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‗rishida, eshitishida) 
yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyat xususiyatlariga 
ko‗ra quyidagi tiplarga bo‗linadi: 

umumiy tipdagi maktabgacha ta‘lim muassasalari; 

ixtisoslashtirilgan (jismoniy va ruhiy rivojlanishida turli 
nuqsonlari mavjud bo‗lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim 
muassasalari; 

183
Fuqarolar uchun byudjet. O‗zbekiston Respublikasi Molia vazirligi, BMTTD. T.: 


2018. 37-b. 
184
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi ―Maktabgacha 
ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3261-son 
qaroriga sharh (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 37-son, 
984-modda). 


379 

sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni 
boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo‗lgan bolalar 
uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish