O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

―pul 
o‗quvchining ortidan boradi‖
gan tamoyilga (―pul o‗quvchining 
ortidan boradi‖gan tamoyilda mablag‗lar muassasaga o‗quvchi 
soniga ko‗ra ajratiladi, agar o‗quvchi boshqa maktabga yoki 
bog‗chaga o‗tib ketsa, pul ham uning orqasidan shu 
muassasaga o‗tib ketadi) asoslangan jon boshiga qarab 
moliyalashtirishdan iborat muqobil mexanizmini tanlash 
quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan: 

ta‘limga ajratilgan byudjet mablag‗larini taqsimlash 
jarayonining shaffofligi, obyektivligi va aniqligini oshirish, 
muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash jarayonlarida turli xil 
kelishuvlar, 
muvofiqlashtirishlarga 
ketadigan 
vaqtni 
kamaytirish; 

xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz 
kechish; 
Ta‘lim muassasalarini jon boshiga (o‗quvchi soniga ko‗ra) moliyalashtirish 
bir o‗quvchiga nisbatan o‗rnatilgan xarajat me‘yori, o‗quvchilar soni hamda 
ta‘lim muassasalarining xususiyatlarini aks ettiruvchi maxsus 
koeffitsiyentlarga asoslangan ta‘lim muassasalari xarajatlarini aniqlash va 
shunga ko‗ra mablag‗ ajratish tizimidir. 


372 

muassasa darajasida resurslardan foydalanish samara-
dorligini oshirish (ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish 
maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik (Kuzatuv) kengashlari 
oldidagi hisob berish tizimini yaxshilash. 
Eng oddiy shaklda o‗quvchi soniga ko‗ra moliyalashtirish 
usulida byudjet mablag‗larining har bir muassasaga 
taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu muassasadagi 
mavjud o‗quvchilar soniga bog‗liq: har bir maktab har bir 
o‗quvchisi uchun bir xil summadagi mablag‗ni oladi. 
Amaliyotda bu formula odatda, maktabning joylashgan o‗rni, 
maktabning tipi kabi bir nechta omillarni hisobga oluvchi 
koeffitsiyentlar 
asosida 
korrektirovka 
qilinadi. 
Ta‘lim 
tizimlarida 
moliyalashtirish 
formulasi 
qo‗llanilayotgan 
mamlakatlarda formulani ishlatishda qaysi koeffitsiyentlarni 
qo‗llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular 
soni nechta bo‗lishi kerakligi to‗g‗risida yagona yondashuv 
mavjud emas. Masalan, Rossiyada moliyalashtirish formulasini 
qo‗llash amaliyotida quyidagi omillarni hisobga oluvchi 
koeffitsiyentlar ishlatiladi
181


maktablarning joylashgan o‗rnidagi farqlar (shahar va 
qishloq maktablari); 

maktablarning hajmlaridagi farqlar (maktablarning fizik 
o‗lchamlari: bino va inshootlarining hajmi, isitish tizimi, egallab 
turgan maydoni va sh.k); 

ta‘lim turidagi farqlar (boshlang‗ich ta‘lim, kasb-hunar 
ta‘limi, umumiy ta‘lim va sh.k.); 

aqliy rivojlanishda ortda qolgan bolalarni o‗qitishning 
maxsus dasturlarini amalga oshirish; 

salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda 
o‗qitish; 

181
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и 


проблемы. Всемирный банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2004. 16-стр. 


373 

alohida fanlarni chuqurlashtirib o‗qitish dasturlarini 
amalga oshirish. 
Garchi tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qo‗llash natijasida 
alohida olingan muassasa oladigan mablag‗lar summasi 
o‗quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir qator omillarga bog‗liq 
bo‗lsada, har holda, muassasalar, hajmlari obyektivlik va 
shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag‗lariga ega 
bo‗ladilar. Lekin formulani ishlab chiqishda shunga alohida 
e‘tibor berish kerakki, formulada tuzatuvchi koeffitsiyentlar 
soni qancha ko‗p bo‗lsa, formula tushunish va qo‗llash uchun 
shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalash-
tirish tamoyillariga ziddir. 
Byudjet mablag‗lari hisobidan ta‘minlanadigan aksariyat 
byudjet tashkilotlari kabi, ta‘lim muassasalari ham o‗z 
faoliyatlari bilan bog‗liq ehtiyojlarini qondirish uchun zarur 
mablag‗larning yetishmasligi muammosiga duch keladilar. 
Ushbu muammolar byudjet mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojni 
an‘anaviy tartibda (ya‘ni ish natijalaridan qat‘i nazar, 
smetalarni sinf(guruh)lar soni, o‗quv soatlari soni, kvadrat 
metrlarda hisoblanadigan muassasa maydoni, o‗tgan yildagi 
haqiqiy xarajatlar kabi natural va qiymat me‘yorlaridan 
foydalanib ishlab chiqish) aniqlash bilan bog‗liq holda yuzaga 
keladi. 
Muassasa 
tomonidan 
hisoblangan 
byudjet 
mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya 
organlari yoki mahalliy boshqaruv darajasida (masalan, 
tuman/shahar xalq ta‘limi bo‗limlarida) ko‗rib chiqiladi va 
tegishli byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzatishlar 
kiritiladi. Bunda ta‘lim muassasasi uchun ajratilayotgan 
byudjet mablag‗larining haqiqiy miqdori aksariyat hollarda 
muassasa tomonidan hisoblab chiqarilgan va aniqlangan 
ehtiyojga nisbatan ancha kam bo‗ladi. Alohida olingan 
muassasaning tasdiqlangan byudjeti xarajat moddalari 
bo‗yicha batafsil yoyib chiqilgan xarajatlar ro‗yxatidan iborat 


374 
bo‗ladi. Muassasalar oyma-oy ushbu ro‗yxatga muvofiq 
xarajatlarning har bir moddasi bo‗yicha byudjet mablag‗larini 
oladilar. 
Amaliyotda muassasalar o‗z ehtiyojlari uchun zarur 
bo‗lgan xarajat miqdorlarini oshirib ko‗rsatishdan manfaatdor 
bo‗ladilar, ammo qat‘iy xarajat moddalari asosida byudjetdan 
moliyalashtirish jarayoni ta‘lim muassasalari rahbarlarining 
mablag‗larni taqsimlashdagi qarorlar qabul qilish bo‗yicha 
mustaqilligini cheklab qo‗yadi. Moliyalashtirishning ushbu 
tizimini 
qo‗llash 
oqibatida 
ta‘lim 
muassasalarini 
boshqarishdagi mustaqillik ma‘lum darajada cheklanib qoladi. 
Natijada muassasa rahbarlari ta‘lim sifati va samaradorligini 
oshirish maqsadida o‗z resurslarini samarali boshqarish 
imkoniyatidan mahrum bo‗ladilar. 
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini hisobga 
olgan holda, respublikaning ayrim hududlarida byudjet 
mablag‗larini rejalashtirish bo‗yicha tajriba loyihalarini 
boshlash, 
ushbu 
loyihalar 
doirasida 
jon 
boshiga 
moliyalashtirishning yangi tizimini sinab ko‗rish to‗g‗risida 
qaror qabul qilindi. Loyiha dastlab umumta‘lim muassasalarini 
qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta‘lim muassasalari uchun 
ajratiladigan byudjet resurslarini boshqarish va muassasa 
byudjetini shakllantirishning muqobil mexanizmlarini joriy 
etish maqsadlarini ko‗zlab amalga oshirildi.


375 
15.3-javdal 
 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish