O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

tarkibiy defitsit
tushunchasi ham qo‗llaniladi. Tarkibiy defitsit, deganda 
aholining to‗liq bandligi sharoitida davlat byudjetining salbiy 
qoldig‗i tushuniladi. Bunda byudjet defitsitining miqdori davlat 
tomonidan iqtisodiyotni tartibga solinishning joriy tadbirlari 
bilan emas, balki siklik tebranishlar bilan belgilanadi. Iqtisodiy 
inqirozlar paytida odatda, ishsizlik ko‗payadi, bu esa, tarkibiy 
defitsit miqdoriga bevosita ta‘sir qiladi. Demak, iqtisodiy 
inqirozlarni nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti 
uchun, balki rivojlangan mamlakatlar amaliyoti uchun ham 
xos bo‗lgan omil sifatida qayd etish mumkin. 
Davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining obyektiv 
sabablarini tan olmaslik, defitsitsiz byudjet siyosatiga tayanish 
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga jiddiy ziyon yetkazganlik 
holatlari xalqaro amaliyotda bir necha bor kuzatilgan.
Davlat byudjeti defitsitining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini 
ochib berishga xizmat qiladigan asosiy masalalardan biri 
byudjet defitsiti hajmini aniqlash metodologiyasini tahlil qilish 
hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda byudjet defitsitining hajmini 


257 
aniqlashda ikkita metodologiyadan keng foydalanilmoqda: 
sof 
defitsit va umumiy defitsit.
Sof defitsit byudjet investitsiyalaridan tashqari bo‗lgan 
davlat byudjeti xarajatlari asosida aniqlanadi. Umumiy 
defitsitni aniqlashda esa nafaqat to‗g‗ri byudjet investitsiyalari, 
balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan 
kafolatlangan 
kredit 
hisobidan 
amalga 
oshiriladigan 
investitsiyalarga xarajatlar ham inobatga olinadi.
Umumiy defitsit byudjet defitsitining real hajmini to‗laroq 
ifoda etadi, chunki bunda hukumat kafolatlangan kreditlardan 
samarali foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo‗ladi. 
Ikkinchi metodologiyaning O‗zbekiston hukumati uchun 
katta ahamiyatga ega ekanligining asosiy sababi shundaki, 
hozirgi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan 
kreditlarning aksariyat qismi hukumat kafolati asosida olingan 
kreditlardan iborat. Demak, ulardan foydalanish nazoratini 
kuchaytirish byudjet defitsiti darajasining oshib ketishining 
oldini oladi. 
Davlat byudjeti defitsitining iqtisodiyotga ta‘siri va uning 
mo‗tadil darajasini baholash masalalari ham murakkab va ko‗p 
qirrali masalalardan hisoblanadi. J.M.Keynsning byudjet-soliq 
siyosatining 
iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishda 
birlamchi 
ahamiyatga ega ekanligi xususidagi qoidasiga ko‗ra defitsitning 
yoki profitsitning miqdori ijtimoiy talab, daromadlar va baholar 
darajasini aniqlashda markaziy o‗rinni egallaydi. Bunda 
J.Keyns 
byudjet 
defitsitini 
hukumatning 
byudjet-soliq 
siyosatining 
natijasi 
sifatida 
iqtisodiyotni 
muvozanat-
lashtiruvchi asosiy omil, deb baholaydi. Ammo hozirgi vaqtda, 
ayrim rivojlangan davlatlarning amaliyotida shunday holatlar 
sodir bo‗lmoqdaki, uni Keynsning byudjet-soliq siyosati 
xususidagi ta‘limoti doirasida tushuntirib bo‗lmaydi. Masalan, 
Yaponiyada 1999-yilda davlat byudjetining defitsiti yalpi ichki 
mahsulotning 11,4-foizini tashkil etgani holda, to‗lov 
balansining ijobiy qoldig‗i 130 mlrd. AQSH dollarini tashkil 
qildi. 
Holbuki, 
Keynsning 
qoidasi 
bo‗yicha 
davlat 


258 
xarajatlarining oshishi baholar darajasining o‗sishiga olib 
kelishi lozim edi. Ammo Yaponiyada baholar darajasining 
o‗sish sur‘ati boshqa bir qator yetakchi ilg‗or mamlakat-
lardagiga nisbatan sezilarli darajada past bo‗ldi. 1990-yilda 
Yaponiyada byudjet profitsitining yalpi ichki mahsulotdagi 
salmog‗i 2,9 foizni tashkil qilgani holda, 1990-1999-yillar 
mobaynida iqtisodiyotning barqaror o‗sish sur‘atlari kuzatildi. 
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotni muvozanat-
lashtirishdagi roliga baho berishda har bir mamlakatning 
moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim. Byudjet 
defitsitining o‗sishi natijasida makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarda 
qanday ijobiy o‗zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim. 
Masalan, byudjet defitsitining yuqori darajada o‗sishi 
davlatning investitsiya xarajatlarining o‗sishi oqibati bo‗lishi 
mumkin. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga 
ta‘sirini baholash uchun iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi, soliq 
tushumlaridagi o‗zgarishlarni va ishsizlik darajasini baholash 
kerak. Chunki investitsion xarajatlar ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirish, yangi ish o‗rinlarini yaratish imkonini 
beradi. Ayni vaqtda, investitsiya xarajatlarini samarasiz tarzda 
amalga oshirish byudjet defitsitining iqtisodiyotga nisbatan 
salbiy ta‘sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlatning 
mablag‗lari 
hisobiga 
moliyalashtirilgan 
investitsion 
loyihalarning o‗zini oqlamasligi qilingan xarajatlarning ―o‗lik‖ 
kapitalga aylanishiga, hukumat to‗lovlarining oshib ketishiga 
olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash 
muammosi yanada chuqurlashadi va ko‗pchilik hollarda 
hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion manbalaridan 
foydalanishga majbur bo‗ladi. Bunda byudjet defitsiti o‗zining 
passiv shakliga
kiradi. Byudjet defitsitining oshishi hisobiga 
iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga erishilsa, u holda byudjet 
defitsiti 
aktiv shaklga
ega bo‗ladi. 
O‗zbekistonda byudjet defitsitini boshqarishda quyidagi 
talablarga e‘tibor berish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 


259 
milliy valyutaning barqarorligini saqlashning aniq 
dasturlari ishlab chiqilishi; 
byudjet defitsitini qoplashning samarali yo‗llarini qidirib 
topish; 
davlat 
byudjeti 
hisobidagi 
tarmoqlarni 
iqtisodiy 
moliyalashtirishni qisqartirish, harbiy xarajatlarga mablag‗ni 
oqilona sarflash; 
- sekvestr (xarajatlarni proporsional ravishda qisqartirish) 
mexanizmlaridan foydalanish. 
Umuman, 
byudjet 
defitsitini 
boshqarish 
byudjet 
siyosatining ustuvor yo‗nalishi bo‗lib, bunda iloji boricha 
mablag‗larni 
ishlab 
chiqarish 
sohasini 
rivojlantirishga 
yo‗naltirish va aholini to‗liq ish bilan bandligiga erishishni talab 
qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, byudjet defitsitini qoplashning 
noinflyatsion usullaridan foydalanishga ustuvorlik berish 
byudjet defitsitining darajasini xalqaro byudjet amaliyotida 
qabul qilingan mo‗‘tadil darajada saqlab turish choralari 
iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti defitsitining 
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan yuzaga 
keladigan salbiy ta‘sirining oldini oladi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish