O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

birinchidan,
davlat qarzi hisobidan moliyalashtirish: davlat 
qarzi, o‗z navbatida, ichki manbalar (bunda davlat byudjeti 
taqchilligi faqat mamlakat ichidagi manbalar hisobiga 
moliyalashtiriladi) va tashqi manbalar (bunda taqchillik 
mamlakat 
hukumati 
tomonidan 
xorijiy 
mamlakatlar 
hukumatlaridan, xalqaro moliya institutlaridan hamda yirik 
xalqaro banklardan olinadigan davlat qarzlari) hisobiga 
moliyalashtiriladi;
ikkinchidan,
muomalaga yangi pullarni emissiya qilish 
hisobiga.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki guruhi 
―qarzli moliyalashtirish va emissiyali moliyalashtirish‖
2
deb 
ham ataladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki 
usuli bilan birga davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning 
ma‘lum qismini moliyalashtish usulidan ham foydalaniladi. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning har qaysi usulini 
qo‗llashning iqtisodiyotga ta‘siri bir xil bo‗lmaydi. Turli 
mamlakatlarda 
byudjet 
taqchilligini 
moliyalashtirish 
manbalarini guruhlarga ajratadigan bo‗lsak, ularning bir 
guruhi emissiyali (pulli) moliyalashtirishga, boshqa bir guruhi 
qarzli moliyalashtirishga mansubligini ko‗rish mumkin: (1) 
Markaziy bankdan qarz olish yoki taqchillikni emissiyali 
moliyalashtirish (pulli moliyalashtirish), (2) tijorat banklaridan 

1
Финансы, денежное обращение и кредит. Учебник. /Под ред. д.э.н. академика 


В.К. Сенчагова. –М.: Проспект, 2007. 
2
Жумаев Н., Бурханов У. Молиянинг долзарб муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 
2003. 


263 
qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (3) mamlakat ichkarisidagi 
nobank sohalardan qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (4) 
mamlakatning valyuta zaxiralarini byudjet taqchilligini 
qoplashga safarbar qilish yoki boshqa xorijiy davlatlardan qarz 
olish (qarzli moliyalashtirish), (5) davlat mulkini sotish (davlat 
aktivlarini sotish orqali moliyalashtirish).
Byudjet taqchilligini boshqarishda mamlakat hukumati 
yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan usullarning biridan yoki bir 
nechtasidan foydalanishi mumkin. Bunda foydalaniladigan 
usullarning har birining iqtisodiy tabiati turlicha, shu sababli 
ular mamlakatning moliyaviy holatiga turlicha, ayrim 
holatlarda bir-biriga teskari ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Byudjet 
taqchilligini qisqartirish borasida hukumat tomonidan noto‗g‗ri 
siyosatning tanlanishi mavjud taqchillikning ortishiga va 
buning natijasida iqtisodiy holatning mushkullashuviga hamda 
aholi o‗rtasidagi noroziliklarga olib kelishi mumkin.
Davlat byudjeti taqchilligini tartibga solishning quyidagi 
turlarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
1. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun 
mamlakat markaziy bankidan kredit olish, ya‘ni muomalaga 
qo‗shimcha pul emissiyasini amalga oshirish.
2. Davlat byudjeti xarajatlarining hajmini qisqartirish.
3. Davlat byudjeti daromadlarini ko‗paytirish, ya‘ni 
amaliyotga yangi soliq turlarini kiritish yoki amaldagi soliq 
stavkalarini oshirish.
4. Davlat mulkini mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarga 
sotish.
5. Mamlakat aholisidan, mahalliy xo‗jalik yurituvchi 
subyektlardan, xorijiy mamlakatlar hukumatlaridan, xalqaro 
moliya tashkilotlaridan va yirik xorijiy tijorat banklaridan qarz 
olish.
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning eng 
oson, lekin juda qaltis usuli bo‗lib mamlakat Markaziy 
bankidan qarz olish hisoblanadi. Ta‘kidlash lozimki, Markaziy 
bankdan kredit olish o‗z mohiyatiga ko‗ra muomalaga 


264 
qo‗shimcha pul emissiyasini amalga oshirish hisoblanadi. 
Ushbu usul orqali mamlakatda davlat byudjeti taqchilligining 
rasman moliyalashtirilishiga erishiladi, lekin Markaziy 
bankdan haddan tashqari ko‗p kredit olish mamlakatda 
shiddatli yoki jilovlanmagan inflyatsiyani keltirib chiqarishi 
mumkin. Xalqaro amaliyotda ko‗plab rivojlanayotgan, shu 
jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi mamlakatlarida 90-
yillarning 
boshlarida 
davlat 
byudjet 
taqchilligini 
moliyalashtirishda ushbu usuldan keng foydalanilgan. 
O‗zbekiston Respublikasida ham davlat byudjeti taqchilligini 
qisqartirishda 2003-yilgacha Markaziy bank kreditlaridan 
foydalanilgan
1
. Bugungi kunda mamlakatimizda kuchga kirgan 
yangi Byudjet kodeksining 151-moddasiga asosan, O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat byudjeti 
taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yo‗l 
qo‗yilmaydi
2
, deb belgilab qo‗yilgan.
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda byudjet 
xarajatlarini kamaytirish usulidan foydalanishda mamlakat 
hukumati tomonidan juda ehtiyotkorlik bilan qat‘iy siyosat olib 
borish talab etiladi. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga 
o‗tayotgan mamlakatlarda davlat byudjeti tomonidan ijtimoiy-
madaniy sohalarga yo‗naltiriladigan xarajatlarni qisqartirish 
mamlakat aholisi o‗rtasida norozilikni yuzaga chiqarishi 
mumkin. Ushbu xarajatlarni amalga oshirishda asosan, 
ijtimoiy xarajatlarning maqsadliligini ta‘minlash, boshqaruv va 
mudofaa xarajatlarini qisqartirish hisobiga davlat byudjeti 
taqchilligini qisqartirishga erishish mumkin. Ushbu usuldan 
AQSH Prezidenti R.Reygan (1980-1988-yillar) foydalangan, yani 
mehnatkashlar 
va 
ishsizlarga 
to‗langan 
nafaqalarni 
qisqartirgan hamda ish haqini kamaytirgan. Buning natijasida 
AQSHda kambag‗al fuqarolar soni 1979-yildagi 26,1 mln. 
kishidan 1982-yildagi 55,3 mln. kishiga yetdi. Ushbu holatni 

1
Жумаев Н., Бурханов У. Молиянинг долзарб муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 


2003. 
2
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi (O‗RQ-360-son. 26.12.2013). 151-modda. 


265 
monetarizm g‗oyasining asoschisi Milton Fridmen ijobiy 
baholagan, chunki uning fikricha, ijtimoiy xarajatlarning 
qisqartirilishi natijasida AQSHda davlat byudjeti taqchilligining 
qisqarishiga erishilgan. Ishsizlarga beriladigan ijtimoiy 
nafaqalarni qisqartirish natijasida ishsizlar ishlashga majbur 
bo‗lganlar va AQSHda 1984-yildan boshlab, ishsizlar sonining 
ma‘lum darajada kamayishiga erishilgan
1
. Mazkur holatni 
Yevropa Ittifoqiga a‘zo davlatlarning byudjet siyosatida ham 
kuzatish mumkin. Yevrohududning 16 davlati moliya 
vazirlarining muzokaralaridan so‗ng 2010-yilda Gretsiyaga uch 
yil muddatga 110 mlrd.yevro miqdorida yordam paketi 
ajratiladigan bo‗ldi. Albatta, Yevropa Ittifoqi 
tomonidan Gretsiyaga ko‗rsatiladigan yordam 
oddiy kreditdan boshqa narsa emas. Ammo 
ajratiladigan kreditning foiz stavkasi bozordagi 
mavjud stavkadan pastroq bo‗ladi (qariyb 5 foiz 
atrofida). Bunga javoban Gretsiya hukumati-
dan mehnat va pensiya qonunchiligini erkin-
lashtirish talab etildi. Ushbu yo‗nalishda byud-
jet tashkilotlaridagi ishchi xodimlar sonini 
qisqartirish, ishlayotgan xodimlarning ish 
haqlarini ―muzlatib qo‗yish‖ kabi chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu choralar 
yaqin ikki yil mobaynida byudjet defitsitini 30 
mlrd. yevroga qisqartirish imkonini berishi 
kutilayotgan edi
2
.
Davlat byudjeti taqchilligi darajasini kamaytirish usul-
laridan yana biri – byudjet daromadlarini ko‗paytirish 
hisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanishda asosan quyidagilar 
amalga oshiriladi: amaliyotga yangi soliq turlarini kiritish; 
mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning foiz stavkalarini 
ko‗tarish; amal qilayotgan soliqlar bo‗yicha soliq to‗lovchilarga 

1
Финансы капитализма. Учебное пособие. /Под ред. проф. Б.Г. Болдырева. –М.: 


Финансы и статистика, 1990. 
2
http://korrespondent.net/business/economics/1072974-greciya-poluchit-110-mlrd-
evro-ot-es-i-mfv 
Artur Laffer (1940-yil 
14-avgustda tug‘ilgan) 
– amerikalik iqtisodchi, 
iqtisodiyotda taklif 
nazariyasining 
asoschilaridan biri. 
AQSh Prezidenti 
R.Reygan boshqaruvi 
davrida mashhur 
bo‘lgan.


266 
berilgan imtiyozlarni cheklash yoki umuman bekor qilish. 
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda faqatgina ushbu 
usuldan foydalanilganda iqtisodiyotda ―Laffer samarasi‖ yuzaga 
chiqadi. A.Lafferning fikricha, soliq stavkalarini asossiz 
ravishda oshirib yuborish natijasida ma‘lum muddat davomida 
davlat byudjetiga daromadlarning ortishi kuzatiladi. Lekin soliq 
stavkasi chegaradan ortib ketsa, soliq to‗lovchilarning 
―soliqlardan qochishi‖ yuzaga chiqadi. Ushbu holat esa, davlat 
byudjetiga to‗lovlarning kamayishiga olib keladi.
1
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, hozirda Yevropa 
Ittifoqiga a‘zo mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligini 
qisqartirish maqsadida ayrim soliq turlari stavkalarini (asosan 
qo‗shilgan qiymat solig‗i va aksiz solig‗i) oshirish hamda boy 
fuqarolar uchun qo‗shimcha daromad solig‗ini joriy qilish 
amaliyoti olib borilmoqda. Fransiyada fuqarolardan olinadigan 
daromad solig‗ining eng yuqori stavkasi 75 foizga ko‗tarildi. 
Shuningdek, ayrim yevrohu-
duddagi davlatlarda qo‗shil-
gan qiymat solig‗i stavkasi 
oshirildi. Yana bir misol, 
Yaponiyada davlat byudjeti 
taqchilligini qisqartirish maq-
sadida 2013-yildan boshlab 
savdodan olinadigan soliq 
stavkasi 5 foizdan 8 foizgacha 
ko‗tarilgan.
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda o‗tgan asrning 
70-yillaridan boshlab, davlat mulkini xususiylashtirishdan 
olingan mablag‗lardan foydalanish amaliyotga kiritilgan. 
―AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda keng miqyosda ―reprivatizatsiya‖, 
ya‘ni davlat mulkini sotish va davlat mulkiga asoslangan 
korxonalarni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish amalga 

1
Laffer, A., & Seymour,]. (Eds.). (1979). The economics of the tax revolt: a reader. New 


York, NY: Harcourt Brace Jovanovich. 


267 
oshirildi. AQSH Prezidenti R.Reygan va Buyuk Britaniya bosh 
vaziri M.Tetcher davlat mulkini xususiylashtirish va ular 
asosida aksiyadorlik jamiyatlari hamda xususiy korxonalarni 
tashkil etishga juda katta e‘tibor qaratganlar. Xalqaro 
amaliyotda ular olib borgan ushbu iqtisodiy siyosat 
―reyganomika‖ va ―tetcherizm‖ deb ataladi. Ushbu siyosat 
natijasida davlat mulkchiligidagi korxonalarni xususiy-
lashtirish asosida tashkil etilgan xususiy korxonalar 
raqobatbardosh ekanligi va davlat mulkidagi korxonalar yangi 
investitsiyalarni moliyalashtirishni amalga oshirishga qodir 
emasligi isbot qilindi. Eng asosiysi, xususiylashtirishdan 
kelgan juda katta miqdordagi mablag‗lar davlat byudjeti 
taqchilligini qisqartirishga sarflandi.
Davlat byudjeti defitsitini o‗rganishga bag‗ishlangan ilmiy 
tadqiqotlarning natijalari shuni ko‗rsatdiki, byudjet defitsiti 
jahon amaliyoti uchun nisbatan yangi hisoblangan voqelik 
sanaladi. Xususan, XIX asrning o‗rtalariga qadar rivojlangan 
ilg‗or mamlakatlarning davlat byudjetlari uchun daromad-
larning xarajatlardan ortiq bo‗lishi xarakterli xususiyat edi. 
Shuning uchun ham mazkur davlatlarda urushlar davrida yoki 
katta talofat keltiruvchi tabiiy ofatlar yuz berganda paydo 
bo‗ladigan byudjet defitsiti favqulodda holat hisoblanar edi. XX 
asrning 50-yillaridan boshlab bu mamlakatlarda byudjetning 
defitsitlik holati, ularning jahon iqtisodiyotidagi o‗rnidan, 
geografik, geopolitik mavqeyidan qat‘iy nazar tabiiy hol bo‗lib 
qoldi. Ushbu holat hozirga qadar davom etib kelmoqda. 
Masalan, AQSHda 1974-yil uchun Byudjet to‗g‗risidagi 
qonunning qabul qilinishida Kongress federal byudjetning 
Reyganomika (
ingl.


Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish