255
imkoniyatiga ega, degan nazariy xulosalariga tayanadigan
bo‗lsak, u holda Keynsni davlat byudjeti defitsitining darajasini
davlat
tomonidan
to‗liq
nazorat
qilish
mumkinligiga
ishonganligiga shubha qilmasa bo‗ladi.
Nemis moliya fanining klassik namoyondasi A.Vagner
o‗zining ―Moliya to‗g‗risidagi fan‖ nomli asarida davlat
faolligining o‗sib borishi qonunini shakllantirdi. Ushbu
qonunga ko‗ra davlat faolligini kuchaytirishning zaruriy
shartlaridan biri davlat xarajatlarining oshib borishi
hisoblanadi. A.Vagner o‗zining empirik izlanishlariga tayangan
holda shunday xulosaga keldi: ―ilmiy-texnika inqilobiga
asoslangan sivilizatsiyaning taraqqiy etishi, ishlab chiqarish va
muomala hajmlarining, yalpi ichki mahsulot va milliy
daromadning oshishi bilan davlatning ijtimoiy takror ishlab
chiqarish jarayonlariga aralashuvi kuchayadi, davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy faolligi
o‗sadi. Bu esa, o‗z navbatida, davlat xarajatlarining shunga
muvofiq tarzda o‗sib borishiga olib keladi‖.
Zamonamizning
rus
iqtisodchi-olimi
professor
V.M.Rodionovaning fikriga ko‗ra davlat byudjeti defitsiti yuzaga
kelishining uch asosiy sababi mavjud:
1. Byudjet defitsiti davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish
maqsadida yirik miqdordagi qo‗yilmalarni amalga oshirishi
natijasida yuzaga keladi.
2. Byudjet defitsiti favqulotda holatlar (urush, tabiiy
ofatlar va h.k.) natijasida yuzaga keladi.
3. Byudjet defitsiti iqtisodiyotda inqiroz holatlarining
yuzaga kelishi, hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni
nazorat ostida ushlab turish qobiliyatini yo‗qotishi natijasida
yuzaga keladi.
1
Demak, davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining ikki
asosiy sababi taniqli iqtisodchi-olimlar tomonidan e‘tirof
etilgan. Birinchisi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bilan
1
Родионова В.М и др. Финансы. –М.: Финанcы и статистика, 2013. –С. 29-38.
256
bog‗liq xarajatlarining ko‗payishi bo‗lsa, ikkinchisi, davlatning
noishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlari hajmining keskin
oshib ketishi hisoblanadi.
Byudjet defitsitining yuzaga kelishini mamlakatdagi
iqtisodiy inqiroz holatlari bilan bog‗lash maqsadga muvofiq.
Buning sababi shundaki, iqtisodiy inqiroz paytida soliq
tushumlari
keskin
kamayadi,
hukumatning
qimmatli
qog‗ozlarini sotish darajasi pasayadi va h.k. Bu holatlar
pirovardida davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan
miqdorda tushmasligiga sabab bo‗ladi. Natijada byudjet
defitsitining hajmi yanada oshadi va hukumat uchun bank
tizimining kreditlaridan foydalanishdan ko‗ra qulayroq va
osonroq yo‗l qolmaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy inqiroz
holatlarining yuzaga kelishini alohida sabab sifatida e‘tirof
etish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Rivojlangan ilg‗or mamlakatlar amaliyotida
Do'stlaringiz bilan baham: