249
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida davlat
byudjetining holatini belgilab beruvchi tushunchalarga
quyidagicha ta‘riflar berilgan
1
:
Davlat byudjeti daromadlarining byudjet xarajatlaridan
oshish holati yuzaga kelganda
byudjet profitsiti
paydo bo‗ladi.
Byudjet profitsiti, odatda, davlatning qarz majburiyatlarini
to‗lashga va likvidli mablag‗larini ko‗paytirishga jalb etiladi.
Mustaqillikning
dastlabki
yillarida
davlat
byudjet
siyosatining eng muhim vazifasi iqtisodiyotni barqaror-
lashtirish doirasida byudjet taqchilligining ortib borayotgan
sur‘atini jilovlashdan iborat bo‗ldi. Bu vazifaning hal etilishi
natijasida o‗ta muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan joriy
xarajatlargagina mablag‗larni ajratish yo‗lidan borildi va
taqchillikning eng maqbul darajasi ta‘minlandi. Islohotlarning
2-bosqichi yakunlariga kelib, byudjet taqchilligini yo‗l qo‗yilgan
eng kam darajasi (YaIMning 3-3,5 foizi) doirasida cheklashga
erishildi. 2000-2004-yillar davomida byudjet taqchilligi darajasi
YaIMning 1-1,2 foizidan oshmadi. 2005-yildan 2008-yilgacha
0,1-1,5 foiz profitsit bilan ijro qilingan bo‗lsa, 2009-yildan
2016-yillargacha bo‗lgan davrda davlat byudjeti taqchilligi
YaIMga nisbatan 0,1-0,4 foiz darajasida bo‗ldi.
Sobiq Ittifoqda ma‘muriy-buyruqbozlik yillarida davlat
byudjeti taqchilligi uzoq vaqtlargacha mustaqil iqtisodiy
kategiriya
sifatida
tan
olinmagan.
Davlat
byudjetini
shakllantirishda moliyaviy resurslarga bo‗lgan talabdan kelib
chiqqan holda ularni moliyalashtirish uchun mablag‗lar qidirib
topilar va shu asosda davlatning moliyaviy manfaatlari
ta‘minlanar edi. Rejali iqtisodiyot ma‘lum davrlargacha hech
qanaqa larzalarsiz, bir tekisda ma‘muriy-buyruqbozlik asosida
rivojlanib borishi daromadlar va xarajatlar orasida ―kasallik‖
alomatlarini aniq ko‗rsatmadi. Ammo keyingi davrlarda (80-
yillarning oxiriga kelib) sobiq Ittifoqda byudjet taqchilligi holati
yuzaga chiqa boshladi. Dastlabki yillardagi byudjet taqchilligi
1
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi (O‗RQ-360-son. 26.12.2013). 3-modda.
250
jamg‗arma kassalaridagi aholiga tegishli bo‗lgan mablag‗lar,
uzoq
muddatli
hayot
sug‗urtasi
badallari
hisobidan
shakllangan mablag‗lar va aholi o‗rtasida davlatning ichki
yutuqli zayom obligatsiyalarini chiqarish (sotish) hisobiga
qoplab borildi. Bu turdagi qarzlar oldindan mavjud bo‗lgan
resurslarni qayta taqsimlash asosida amalga oshirilganligi
uchun moliyaviy-moddiy balansning buzilishiga olib kelmadi,
ammo bu jarayon davlat qarzlarining o‗sishiga olib keldi. 1986-
yilda byudjet taqchilligining juda tez sur‘atda o‗sib ketishi (45,5
mlrd. rubl) Ittifoq moliya tizimining parokandalik holatini
boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: