Bu yerda, oqova suv 1-oʹrtalash apparatiga beriladi. Yuqoridan esa 2-va 3-appa
ratlarda tayyorlangan ohakli suv eritmasi 4–dozatorlar orqali beriladi. Keyin ular 5–
neytralizatorda aralashtiriladi, choʹkma hosil boʹlgandan keyin suv 6–tindirgichga
yuboriladi. Tindirgichning tagidan choʹk ma ajratilib olinadi,
tozalangan suv esa
tindirgichning yuqori qismidan oqib chiqadi. Oqova suv tarkibida sulfat kislota
uchraganda, tozalash jarayonida CaS0
4
2H
2
0 – gips hosil boʹladi.
Ishqoriy oqova suvlar turli kislotalar va kislotali xususiyatga ega boʹlgan gazlar bilan
ham neytrallanadi. Bunda kislotali gazlar sifatida CO
2
, S0
2
, NO
2
, N
2
0
3
va shu kabi gazlar
qoʹllaniladi (X.9.3-rasm).
Yuqorida keltirilgan qurilmada neytralizatsiya jarayoni aralashtiigichli reactorda
amalga oshiriladi. Bunda tutun gazlari ventilator yordamida aralashtirgichning halqali
boʹshligʹiga beriladi va aralashtirgich yordamida oqova suvda pufakcha va oqim
koʹrinishida taqsim lanadi. Suv va gaz oʹrtasidagi toʹqnashish
yuzasining yuqoriligi
sababli tezda neytralizatsiya jarayoni sodir boʹladi. Gaz tarkibida S02 gazining boʹlishi
ishqoriy suvlaming neytralizatsiya qilinishiga yordam beradi. Neytralizatsiya uchun
kerak boʹladigan kislotali gazning miqdori quyidagi tenglama asosida aniqlanadi:
M=χβcFΔc
bu yerda, M-neytralizatsiya uchun sarf boʹladigan kislotali gazning miqdori; χ -
tezlanish faktori; βc -suyuq fazadagi massa berish koeffitsienti; F–fazalararo kontakt
yuzasi; Δc-jarayonning yurituvchi kuchi.
Ishqoriy
xususiyatdagi
oqova
suvlarni
zararsizlantirish
qurilmalari
tsement ishlab chiqarish korxonalarida oʹrnatilgan. Bunda
ushbu korxonada muhit pHi
12-13 ga teng suvlar ajraladi. Bu suvlar tarkibida -6% S0
2
gazlari boʹlgan tutun gazlari
bilan tarelkali kolonnalarda neytralizatsiya qilinadi.
Oksidlash. Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi oksidlovchilar qoʹllaniladi:
gazsimon va suyuq xlor, xlor dioksidi, kaltsiy xlorid,
kaltsiy gipoxlorid, kaliy perman-
ganat, vodorod peroksidi, havo kislorodi, ozon va boshqalar.
Oksidlash jarayonida oqova suvdagi zaharli birikmalar zararsiz holgacha parcha-
lanadi va ular suvdan ajratiladi. Oksidlash jarayonida katta
miqdorda reagentlar sarf
boʹladi. Shuning uchun bu usul qolgan boshqa usullar yordamida oqova suvni
zararsizlantirishning iloji boʹlmagandagina qoʹllanilanadi. Masalan, oksidlash usuli –
sian, mishyak birikmali oqova suvlarni zararsizlantirish lozim boʹlganda qoʹllanilishi
mumkin.
Har bir oksidlovchining oksidlash potentsiali boʹlib, ularning aktivligi shu koʹrsatkich
orqali belgilanadi. Oksidlovchilarning ichida ftor eng aktivdir, ammo uning toksik
xususiyati ftorni suv tozalash jarayonida keng ishlatish imkonini bermaydi.
Qaytarish usuli: Oqova suvni qaytarish usulida
tozalash – suvda tez qaytariluvchi moddalar uchraganda
qoʹllaniladi.
Bu usul oqova suvdan simob, xrom,
mishyak moddalarini ajratish uchun keng qoʹllaniladi va
ular tindirish, filtrlash yoki flotatsiya usullari yordamida
suvdan ajratiladi.
Suvda simobning organik birikmalari uchrasa, avval
organik modda parchalanadi, soʹng simob kationlari
metall holigacha qaytariladi.
Oqova suvlarni olti valentlik xromdan tozalash uchun
u avval qaytarish jarayoni
asosida uch valentlikka
oʹtkaziladi, keyin xrom gidrooksidini ishqoriy muhitda
choʹktirish amalga oshiriladi. Bunda qaytaruvchi
sifatida aktivlangan koʹmir, temir sulfat, natriy bisulfat,
vodorod, oltingugurt dioksidi, pirit kuli va shu kabilar
qoʹllaniladi. Amalda koʹpincha
natriy gidrosulfat
(bisulfit) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: